1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarni aniqlash


Download 27.67 Kb.
bet1/4
Sana22.11.2023
Hajmi27.67 Kb.
#1793732
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg‘ulot Mavzu Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatol-fayllar.org


1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarni aniqlash




1-amaliy mashg‘ulot 

Mavzu: Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarni aniqlash

O‘lchov deb berilgan kattalikni shartli ravishda birlik deb qabul qilingan boshqa bir


kattalik bilan taqqoslanadigan bilish jarayoniga aytiladi 
Q = U g
bu yerda Q – o‘lchaniladigan kattalik, U – o‘lchaniladigan kattalikda qancha birlik 
borligini ko‘rsatadigan son g – o‘lchov birligi
O‘lchanadigan kattalikni o‘lchov birligi bilan taqqoslash uchun qo‘llaniladigan asbob 
o‘lchov asbobi deb ataladi.
Texnologik jarayonlarning barcha parametrlari Xalqaro birliklar sistemasi SI (
0
К,

0
С, М,

кг
/
сек

,
м


2

/
сек

,
н
/

м
2


,

кг
/


см
2


va boshq) bo‘yicha o‘zlarining birliklariga ega. 

O‘lchov asboblarining tekshiruvi deb, uning ko‘rsatmalarini o‘lchovlardagi xatoliklarni


aniqlash uchun ishlab chiqariladigan yanada aniqroq bo‘lgan asbob ko‘rsatmalari bilan 
solishtiriladi.
O‘lchaniladigan kattalikning qiymati sonini aniqlash uchun o‘lchovlarning bevosita va 
bilvosita usullaridan foydalaniladi.
Bevosita - o‘lchovlar o‘lchaniladigan kattalikni o‘lchov asboblarining o‘lchamlari yoki 
ko‘rsatmalari (tarozi, xajm o‘lchash schyotchiklari va bosh) bilan bevosita taqqoslashga
asoslangan. Masalan: uzunlikni-metr bilan va bosimni – manometr bilan o‘lchash usullari 
bevosita usul deyiladi. Bevosita o‘lchovlarning quyidagi asosiy usullari mavjud: bevosita
aniqlash usullari, kompensatsion (nol) va differensial (farqlash) usuli. 
Bevosita aniqlash usuli bilan o‘lchaniladigan kattalikning miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri
asbobning chiqish kattaligiga aylanadi va asbob bevosita o‘lchaniladigan kattalikning miqdorini 
ko‘rsatadi.
Kompensatsion (nol) usuli deb noma’lum o‘lchaniladigan kattalikni ma’lum kattalik 
bilan solishtirishga aytiladi. O‘lchaniladigan kattalikning miqdori tenglashtiriladigan (ma’lum)
kattalik qiymatiga teng muvozanatda bo‘ladi. Bunday asboblar qatoriga potensiometrlar, kuchli 
kompensatsiyali asboblar va mayinli tarozilar kiradi.
Differensial (farqlash) usuli shundan iboratki, asbob yordamida o‘lchanadigan va 
qandaydir bir ma’lum kattalik o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Undan so‘ng o‘lchanadigan kattalik
ma’lum kattalik qiymati va olingan farqni algebraik ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Bilvosita – bunday usul bilan noma’lum kattalik Q bevosita emas, balki o‘zi funksional
bog‘lanish bilan bog‘langan boshqa bir yoki bir necha kattaliklarni (A,V,S, .......) to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘lchanadigan kattalik quyidagi formula bo‘yicha
hisoblab chiqiladi 
Q=f (A,B,C,…)
Masalan: bakdagi suyuqlik miqdori sathga ko‘ra 
O‘lchov asboblari deb o‘lchanadigan kattalikni o‘lchov birligi bilan bevosita yoki
bilvosita taqqoslash uchun xizmat qiladigan qurilmaga aytiladi. 

Download 27.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling