1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarni aniqlash


Download 280.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi280.52 Kb.
#184028
  1   2   3   4
Bog'liq
01 AMALIY Абсолют, нисбий ва келтирилган хатоликларни аниқлаш-конвертирован



1-amaliy mashg‘ulot 

 

Mavzu: Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarni aniqlash  

   


  O‘lchov  deb  berilgan  kattalikni  shartli  ravishda  birlik  deb  qabul  qilingan  boshqa  bir 

kattalik bilan taqqoslanadigan bilish jarayoniga aytiladi 

Q = U g 

bu  yerda  Q  –  o‘lchaniladigan  kattalik,  U  –  o‘lchaniladigan  kattalikda  qancha  birlik 

borligini ko‘rsatadigan son g – o‘lchov birligi 

  O‘lchanadigan  kattalikni  o‘lchov  birligi  bilan  taqqoslash  uchun  qo‘llaniladigan  asbob 

o‘lchov asbobi deb ataladi. 

  Texnologik jarayonlarning barcha parametrlari Xalqaro birliklar sistemasi SI (

0

К, 


0

С, М, 


кг

/

сек



м

2



/

сек


н

/



м

2

,



 

кг

/



см

2

 va boshq) bo‘yicha o‘zlarining birliklariga ega. 



  O‘lchov  asboblarining  tekshiruvi  deb,  uning  ko‘rsatmalarini  o‘lchovlardagi  xatoliklarni 

aniqlash  uchun  ishlab  chiqariladigan  yanada  aniqroq  bo‘lgan  asbob  ko‘rsatmalari  bilan 

solishtiriladi. 

  O‘lchaniladigan  kattalikning  qiymati  sonini  aniqlash  uchun  o‘lchovlarning  bevosita  va 

bilvosita usullaridan foydalaniladi. 

  Bevosita  -  o‘lchovlar  o‘lchaniladigan  kattalikni  o‘lchov  asboblarining  o‘lchamlari  yoki 

ko‘rsatmalari  (tarozi,  xajm  o‘lchash  schyotchiklari  va  bosh)  bilan  bevosita  taqqoslashga 

asoslangan.  Masalan:  uzunlikni-metr  bilan  va  bosimni  –  manometr  bilan  o‘lchash  usullari 

bevosita  usul  deyiladi.  Bevosita  o‘lchovlarning  quyidagi  asosiy  usullari  mavjud:  bevosita 

aniqlash usullari, kompensatsion (nol) va differensial (farqlash) usuli. 

  Bevosita  aniqlash  usuli  bilan  o‘lchaniladigan  kattalikning  miqdori  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

asbobning chiqish kattaligiga aylanadi va asbob bevosita o‘lchaniladigan kattalikning miqdorini 

ko‘rsatadi. 

  Kompensatsion  (nol)  usuli  deb  noma’lum  o‘lchaniladigan  kattalikni  ma’lum  kattalik 

bilan solishtirishga aytiladi. O‘lchaniladigan kattalikning miqdori tenglashtiriladigan (ma’lum) 

kattalik qiymatiga teng muvozanatda bo‘ladi. Bunday asboblar qatoriga potensiometrlar, kuchli 

kompensatsiyali asboblar va mayinli tarozilar kiradi. 

  Differensial  (farqlash)  usuli  shundan  iboratki,  asbob  yordamida  o‘lchanadigan  va 

qandaydir bir ma’lum kattalik o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Undan so‘ng o‘lchanadigan kattalik 

ma’lum kattalik qiymati va olingan farqni algebraik ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 

  Bilvosita – bunday usul bilan noma’lum kattalik Q  bevosita emas, balki o‘zi funksional 

bog‘lanish  bilan  bog‘langan  boshqa  bir  yoki  bir  necha  kattaliklarni  (A,V,S,  .......)  to‘g‘ridan-

to‘g‘ri o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘lchanadigan kattalik quyidagi formula bo‘yicha 

hisoblab chiqiladi 

Q=f (A,B,C,…) 

Masalan: bakdagi suyuqlik miqdori sathga ko‘ra 

  O‘lchov  asboblari  deb  o‘lchanadigan  kattalikni  o‘lchov  birligi  bilan  bevosita  yoki 

bilvosita taqqoslash uchun xizmat qiladigan qurilmaga aytiladi. 

  O‘lchov  asboblarining  asosiy  elementlari  -  sezgir  element  yordamida  bevosita 

o‘lchovni amalga oshiradigan o‘lchov mexanizmi va hisoblagich qurilmadan (o‘zi yozadigan va 

umumiy yig‘indisini ko‘rsatadigan) iborat. 

  Shkaladagi  belgilar  graduirovka  deb  ataladi,  miqdoriy  belgilar  esa  shkalaning 

raqamlanishi deb ataladi. O‘lchov birliklarida ifodalangan shkalaning eng kichik bo‘linmasi  – 

shkala bo‘linish bahosi (qiymati) deb ataladi. Shkalaning boshlang‘ich va  охирги белгисини 

асбобнинг қуйи ва юқори ўлчов чегараси ёки шкала диапазони белгилайди. 



  Bir  korpusga  ega  asbob  ko‘pincha  mahalliy  asbob  bo‘ladi,  bir  necha  korpusdan  iborat 

asbob  esa  –  ko‘rsatgichni  masofadan  uzatadigan  hisoblanadi.  Ko‘rsatgichni  masofadan 

uzatadigan  o‘lchov  qurilmasi  birlamchi  va  ikkilamchi  asbobdan  iborat.  Birlamchi  asbobda 

komplektning  qabul  qilib  oluvchi  qismi  o‘lchov  punktida  o‘rnatiladigan  sezgir  elementdan 

iborat.  Ikkilamchi  asbob  birlamchi  asbobdan  qabul  qilib  hisoblagich  qurilmaning  tegishli 

bo‘limiga o‘tkazgan signalni qayta o‘zgartirib, o‘lchanadigan kattalikning ko‘rsatgichini beradi. 

  Masofadan  o‘lchashda  birlamchi  asboblar  birlamchi  o‘zgartkich  (datchiklar)  bilan 

ta’minlanadilar,  bu  datchiklar  o‘lchanadigan  kattalikni  proporsional  ravishda  pnevmatik  yoki 

elektr signaliga aylantirib beradilar. 

  O‘lchov  asboblarining  sifati  -  o‘lchovning  aniqligi,  sezgirligi  va  tezkorligi  bilan 

xarakterlanadi. 

  O‘lchov asbobining aniqligi uning ko‘rsatmalarining ishonchligi bilan belgilanadi, ya’ni 

o‘lchov natijalari o‘lchanadigan kattalikning amaldagi qiymatidan qanchalik farq qilishi bilan. 

  Asbobning  sezgirligi  -  deb  uning  o‘lchanadigan  kattalikdagi  uncha  katta  bo‘lmagan 

o‘zgarishlariga  nisbatan  javob  berish  xususiyatiga  aytiladi.  Asbobning  sezuvchanligini 

ko‘rsatkich  (strelka)ning  chiziqli  yoki  burchakli,  siljishining,  o‘lchanadigan  kattalikda  ushbu 

siljish tufaylshi sodir bo‘lgan o‘zgarishiga nisbati orqali ifodalash mumkin. 

S =


ΔA

Δl

    yoki,     S =



ΔA

Δ



 

bu  shuni    anglatadiki,  o‘lchov  asbobida  o‘lchanadigan  kattalikning  chetga  og‘ishi 

qanchalik kam qayd etilsa, uning sezuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi. 

  Asbobning  tezkorligi  –  uning  ko‘rsatmalarining  kech  qolishi  tufayli  yuzaga  keladigan 

inersiyalikka bog‘liq. 

  Turli  asboblar  uchun  o‘zining  ekspluatatsiyasi  sharoitiga  bog‘liq  talablari  mavjud 

(xarorat, namlik, vibratsiya va boshq). 

  O‘zbekiston  Respublikasida  sanoat  asboblari  va  avtomatlashtirish  vositalari  uchun 

yagona davlat tizimi (GSP) amal qiladi. 

  GSP  ning  tuzilishi  o‘lchov  va  avtomatlashtirish  vositalarini  keng  standartlashtirish  va 

unifikatsiyalashni ko‘zda tutadi. 

  Signallarni  unifikatsiyalashtirish  (bir  xillash)  GSPning  asosiy  vazifasidir  (пневматик 

signal 0,02-0,1 MPN; elektr signali 0-5; 0-20 ta). 

  O‘lchashlardagi xatoliklar  Fizik kattaliklarning o‘lchovini o‘lchov asboblari va o‘lchov 

usullarining nomukammalligi oqibatida, shuningdek o‘lchov sharoitining ta’siri tufayli mutlaqo 

aniq  amalga  oshirib  bo‘lmaydi.  Bunda  paydo  bo‘ladigan  xatoliklar  soni  o‘lchov  xatoligi  deb 

ataladi, ya’ni o‘lchov asbobining xatoligi deb uning ko‘rsatmasi va o‘lchanadigan kattalikning 

haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farqga aytiladi. 

  O‘lchovning xatoligi absolyut yoki nisbiy kattalik ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. 

  Absolyut  xatolik  –  “а”  o‘lchov  birliklarida  ifodalanib,  asbob  ko‘rsatmasi  An  va 

o‘lchanadigan kattalikning xaqiqiy qiymati А

d

 o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. 



а = А

п 

- А



д

nisbiy  xatolik  “в”  esa  protsentlarda  keltirilib,  absolyut  xatolikning  xaqiqiy  qiymatga 



munosabatini bildiradi 

ya’ni                                     b = 




Download 280.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling