Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligining tuzilishi


Download 311.92 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi311.92 Kb.
#1386880
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA YARATILGAN 2 SINF ONA TILI VA OʻQISH

Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishi Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligining tuzilishi mavzusida boʻlib, avvalgi 2 sinf ona tili darsligi bilan hozirgi yangi ishlab chiqarilgan 2 sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi orasidagi farqlar va hozirgi milliy oʻquv dasturi asosida ishlab chiqarilgan darslikning afzallik jihatlari haqida keng va toʻliq fikr yuritiladi.
Kurs ishining vazifasi:Ushbu kurs ishi Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligining tuzilishi mavzusida boʻlib, biz bu mavzu asosida quyidagilarni oʻz oldimizga vazifa qilib oldik. Boshlang`ich ta`lim bo`yicha Milliy o`quv dasturining yaratilishi :Milliy o`quv dasturining afzalliklari, amaldagi dasturning kamchiliklari: 2- Sinf ona tili va o`qish savodxonligi darsligining eski 2-sinf ona tili darsligidan farqi: Yangi Milliy oʻquv dasturi asosida tayyorlanayotgan Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi ta’limga yangiliklar olib kirilishi: Yangi Milliy oʻquv dasturi asosida tayyorlangan ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklaridagi olib kirilgan yangiliklar: Milliy oʻquv dasturi asosida boshlang’ich sinflarda ona tili va oʻqish savodxonligi fanining oʻqitilishi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kompyuterlik matn boʻlib, kirish, asosiy qismi, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


I. BOB. BOSHLANG`ICH TA`LIM BO`YICHA MILLIY O`QUV DASTURINING YARATILISHI
1.1. MILLIY O`QUV DASTURINING AFZALLIKLARI, AMALDAGI DASTURNING KAMCHILIKLARI.
Avvalgi oʻquv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat boʻlib, oʻqitish metodikasi yodlatishga yoʻnaltirilgan.
Yangi Milliy oʻquv dasturi mazmuni 50% nazariya 50% amaliyotdan iborat boʻladi va oʻquvchining mustaqil faoliyatini qoʻllab-quvvatlash. Oʻquv dasturlarida baholash esa faqat eslab qolgan bilimlar hajmini aniqlagan. Yangi dastur asosida oʻquvchilarda shakllangan koʻnikmalar baholanadi. Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar qiziqishiga koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.
Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda kiritiladi. Butun dunyo ogʻir sinovni boshidan kechirayotgan bir paytda farzandlarimiz bilimida boʻshliq paydo boʻlmasligi, mavzularni oʻz vaqtida samarali oʻzlashtirishi uchun “Onlayn maktab” loyihasi tashkil etildi. Unga Respublikamizning tajribali va mohir pedagoglari jalb qilingan. Oʻquvchilar oʻtgan oʻquv yilining bir choragini onlayn tarzda oʻzlashtirdi, ayni paytda ham ayrim bolalar taʼlimni masofadan turib davom ettirmoqda. Maktablarimizda oʻquv yili karantin qoidalariga amal qilgan holda boshlandi. Barcha oʻquvchilar darsliklar va mashq daftarlari bilan taʼminlandi. Baʼzi oʻquvchilar aka-opalari foydalangan kitoblarni ishlatayotgan boʻlsa, ayrim sinf oʻquvchilari qayta nashrdan chiqqan yoki yangi chop etilgan darsliklardan foydalanmoqda. Prezidentimiz maʼruzasida taʼlim, jumladan, darsliklar xususida shu kunning dolzarb masalalari koʻtarildi. Bu esa, ayniqsa, taʼlim markazi zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi, – deydi Respublika taʼlim markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Aziz Ortiqov. – Yangi oʻquv yilida rejaga asosan 1-, 4-, 5-sinflarda jami 558 nomdagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar chop etildi, Ularning 346 nomdagisi umumtaʼlim maktablari, 160 nomdagisi imkoniyati cheklangan bolalar uchun boʻlsa, 52 nomdagi multimedia ilovalari esa oʻquvchilar bilimini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Umumtaʼlim maktablari darsliklarining 118 nomdagisi asl nusxasi, 228 nomdagisi esa tarjima nusxalaridir. Yangi oʻquv yilida oʻquvchilar foydalanishi uchun 1–9-sinflarda “Tarbiya”, 5-, 8-, 9-sinflarda “Informatika”, 4-, 5-sinlarda “Texnologiya”, 8-sinflarda “Ingliz tili”, “Nemis tili”, “Fransuz tili” darsliklari (majmua shaklida), 10-, 11-sinflarda esa “Ona tili”va “Oʻzbek tili” fanlaridan oʻquv-metodik qoʻllanmalar yangidan yaratildi. 4-, 5 –sinflar toʻliq toʻplamda, 1-sinflarda “Alifbe”, 2-, 3-sinflarda Chet tili mashq daftarlari qayta nashr etildi.
5-sinf uchun yaratilgan “Biologiya” darsligi avval “Botanika” nomi bilan chop etilgan. Eski darslikda faqat oʻsimliklar dunyosi oʻrganilgan, yangi darslikda esa biologiyaning barcha boʻlimlariga oid boshlangʻich tushunchalar berilgan. Avvalgi darslik 6 bob, 31 mavzudan iborat boʻlib, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar uchun alohida soat ajratilmagan edi, qayta nashrda esa oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilgan. Endilikda mazkur fanning 18 noati nazariy, 16 soati amaliy mashgʻulot tarzida oʻtiladi. Darslikda Oʻzbekistonda uchraydigan dorivor va zaharli oʻsimliklar, Oʻzbekiston qizil kitobi haqida ham maʼlumotlar keltirilgan. Prezidentimiz oʻz maʼruzasida darsliklar yaratishga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi. Undan kelib chiqqan holda oʻzimizga kelajakda amalga oshirishimiz lozim boʻlgan bir qator vazifalarni belgilab oldik. Darhaqiqat, fanlarni oʻqitish metodikasi, nazariy va amaliy bilimlar muvofiqligi, dasturlar uzviyligi, darsliklar mazmuni va sifatida talay kamchilik va muammolarimiz bor. Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda ularni mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga qay darajada javob bera olishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratishimiz, amaliyotchi oʻqituvchilar, fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan chuqur ekspertizadan oʻtkazishimiz lozim. Darsliklar ekspertiza xulosalari asosida uning mualliflarnashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida qayta ishlansa, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsa yana-da mazmunli va sifatli boʻladi. Darsliklarni yana-da takomillashtirish uchun jahon tajribasini kengroq oʻrganish, loyihalarimizga Respublikamizdagi eng tajribali mutaxassislarni, xorijiy ekspertlarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.
Darsliklarni tayyorlashda oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari alohida inobatga olinadi. Darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etiladi, xalqaro tajribaga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illustratsiyalariga oʻzgartirish kiritiladi. Yana bir eʼtiborli holat shuki, fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlanishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratiladi. Darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda ular mazmuniga xalqaro baholash dasturi —TIMSS, PIRLS talablari oʻquvchilar yoshiga mos tarzda yana-da chuqurroq singdiriladi. Shuningdek, mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida barcha darsliklarga QR kodlar oʻrnatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “2020–2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” qabul qilindi. Bu mamlakatimizda davlat tili toʻg‘risidagi Qonunchilikni takomillashtirish va oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi va xalqaro miqyosdagi Obroʻ-e’tiborini oshirishga xizmat qiladi.
Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida umumiy oʻrta ta’lim asosiy tayanch bosqich boʻlib, bu bosqichda oʻzbek tilidan oʻquvchilarga kundalik ijtimoiy hayotda davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot olib bora olishlariga qaratilgan tayanch bilimlar beriladi va oʻqitishning kommunikativ-nutqiy tamoyili asosida oʻquvchilarda oʻzbek tili boʻyicha egallangan bilim va koʻnikmalarni muloqot faoliyati jarayonida qoʻllash malakasi shakllantiriladi. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda tahsil oluvchi turli millat vakillariga esa oʻzbek tilini oʻqitish bilan bir qatorda oʻzbek xalq og‘zaki ijodi, zamonaviy va mumtoz adabiyoti namunalari bilan tanishtirib boriladi. Shu maqsadda ushbu maktablarda adabiy oʻqish darslari uchun qoʻshimcha soatlar ajratilgani ham nihoyatda toʻg‘ri qaror boʻldi. Bugungi kunda ta’limning eng asosiy tayanch boʻg‘ini hisoblanuvchi umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun Milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilayotgani va “Milliy oʻquv dasturi” deb nomlanishining oʻzi bizga katta umidlar baxsh etmoqda.
Shuningdek, oʻzbek tilini oʻqitish metodikasini tubdan isloh qilish, ayniqsa mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlarga oʻzbek tilini intensiv oʻrgatishni ta’minlaydigan zamonaviy darsliklar yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa oʻqituvchi obroʻsini koʻtarishga qaratilgan sa’y-harakatlar va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan juda xursandmiz. Biroq tan olish kerakki, ta’lim samaradorligi koʻp jihatdan oʻquv-uslubiy dasturlar va darsliklar saviyasiga ham bog‘liq. Xususan, Respublikamizda keyingi yillarda til savodxonligi va nutq madaniyatining keskin pasayib ketganligi, nafaqat og‘zaki, hatto yozma nutqda ham oʻzbek adabiy tili me’yorlariga amal qilinmayotganligi, husnixatga umuman e’tibor qaratilmayotganligi, oʻquv dasturlaridan insho, bayon, diktant kabi yozma ish turlarining deyarli chiqib ketganligi, darsliklarda faqat tayyor matn ustida ishlash va matn yaratish topshiriqlari berilayotganligining mevasi emasmi?! Yakuniy nazorat ishlarining test shakliga oʻtkazilishi oʻquvchilarni ijodiy fikrlash, bog‘lanishli nutq tuzish, savodli va chiroyli yozish koʻnikma-malakalarini egallashga boʻlgan intilishlarini umuman yoʻqqa chiqardi. Bugungi kunda umumta’lim maktablari bitiruvchilariga qaraganda, ularning 50-60 yoshli buvi-buvalari savodliroq va chiroyliroq yozadilar.
Shu bois, yangilanayotgan oʻquv dasturlariga katta umid bilan qaralmoqda. Milliy oʻquv dasturlari saytlarga qoʻyilishi bilan uning mazmuni va uslubiy yoʻnalishi bilan tanishib chiqishga harakat qildik.
“Oqtosh” sanatoriysida dam olayotgan bir guruh maorif xodimlari, til va adabiyot oʻqituvchilari va oʻz farzandlarining yaxshi ta’lim olishi tarafdori boʻlgan ota-onalar shu masala ustida suhbatlashib qolishdi. Oromgohning salqin ayvonchasida oʻzaro fikrlashishdan boshlangan davra suhbati tobora kengayib, aytish joiz boʻlsa, ilmiy—Amaliy seminar tusini oldi. Tasodifiy uchrashib qolgan ushbu jamoa tarkibida 40 yildan ortiq pedagogik tajribaga ega boʻlgan maorif xodimlari, oʻzbek tili oʻqituvchilari, olimlar, oʻz farzandining taqdiriga befarq boʻlmagan ota-onalar, oʻquvchilar bor edi. Ular bir maqsad uchun birlashib, ikki kun davomida ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun “Oʻzbek tili” fanidan tuzilgan Milliy oʻquv dasturini oʻrgandilar va bandma-band tahlil qildilar.
Suhbatning avvali ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar va oʻrta maxsus ta’lim boʻg‘inlarida davlat tilining oʻqitilishi, amaldagi “Oʻzbek tili” dasturlari va darsliklaridagi mavjud kamchiliklar, ularni yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalardan boshlandi. Farzandlarini rus maktabida oʻqitayotgan ota-onalar shu maktablar uchun yozilgan darsliklardagi matnlarda kam qoʻllanadigan soʻzlarning koʻp uchrashi, bolalar yoshiga mos she’rlarning kamligi, qoʻyilgan topshiriqlarning murakkabligi kabi kamchiliklarni sanay ketdilar. Suhbatimizga quloq tutib turgan bir guruh yoshlar esa maktabda oʻqib yurgan vaqtlarida oʻzbek tili fani ular uchun eng oson fan hisoblanganligi, faqat qoidalarni oʻzlashtirishda biroz qiyinchilik sezishganligini, oʻzbek tili oʻqituvchisi koʻp vaqtini shu sinfda oʻqiydigan boshqa millat vakillari bilan (ular atigi 4 ta ekan) alohida shug‘ullanishga sarflaganligi tufayli ular yangi bilimlar ololmaganliklarini aytishdi. Biroq, Uchtepa tumanidagi 107-maktabning sobiq oʻquvchisi Diyora Shotursunovaning fikricha, asosiy qiyinchilik kollejga kirgandan soʻng boshlanibdi va u buni shunday izohladi:

  • Men oʻzbek tilining oʻz tuzilishi, orfoepik va orfografik me’yorlari bor ekanligini kollejga kirganimdan soʻng bildim va ularni oʻzlashtirish uchun rosa qiynaldim. Agar maktabda bu fanni oʻquvchilarning tilni bilish darajasiga qarab tabaqalashtirib oʻqitishganda, shuncha vaqtimni besamar oʻtkazmagan va ayni kunlarda bunchalik qiynalmagan boʻlardim. Ushbu fikr-mulohazalar yig‘ilganlarni yangi dasturda bu kamchiliklar qanday yechim topdi, bolalarimiz oson va qulay yoʻl bilan oʻzbek tilini egallashlari uchun qanday oʻzgarishlar joriy etildi, degan savollar girdobiga tortdi va yangi dastur loyihasini sinchiklab oʻrganishni boshlashdi. Endi esa dastur mazmuni bilan tanishganlar fikri bilan tanishing:

Na soatda, na mavzularda aniqlik bor. Oʻzbek tili – bu alohida fan. Boshqa fanlar kabi uning ham oʻz tuzilishi, me’yorlari bor. Bu dasturni oʻqigan kishi oʻzbek tili haqida mutlaqo tasavvurga ega boʻlmaydi. Hamma narsa aralash-quralash berib tashlangan. Keyingi mavzuning avvalgi mavzu bilan qanday bog‘liqligi bor, nima asosda shu ketma-ketlikda berilgan, qaysi ma’lumot yangi berilyapti, qaysinisi takror berilyapti, mutlaqo tushunarsiz. 2-, 3-sinflarga berilgan mavzu aynan shu shaklda 7-, 8- hatto 10-sinflarda ham berilyapti. Ma’lumki, Ona tili va oʻqish savodxonligi fanini oʻqitishda asosiy e’tibor oʻquvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga oʻrgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va oʻqish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu oʻrinda ona tili va oʻqish savodxonligi ta’limiga oʻquv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Shu bois ham, darsni tashkil qilishda unga integratsion va innovatsion yondashish davr talabi boʻlib qolmoqda. Zero, boshlang‘ich sinf oʻqituvchilari zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmunini, mohiyatini, ularni darsga qanday tadbiq etish usullarini puxta bilmog‘i darkor matn mazmuni va gʻoyasini aniqlash, narsa nomlarini ajrata olish, yoʻriqnoma va koʻrsatmalarni tushunish, soʻz oxirida kelib, ogʻzaki nutqda tushib qoladigan undoshlar imlosi bilan ishlash; Og‘zaki nutq 1: suhbat jarayonida ikkinchi sinf darajasiga mos mavzular yuzasidan adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ravon soʻzlay oladi; Tinglab tushunish 4: sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglagach uning asosiy mazmunini, voqealar ketma-ketligi va gʻoyasini aytib bera oladi; Oʻqib tushunish 3: sinf darajasiga mos badiiy hamda informativ matnlarni ravon hamda ifodali oʻqiy oladi; Yozma nutq 1: asosiy husnixat qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi; Lingvistik kompetensiya 11: asosiy husnixat, imlo, boʻgʻin koʻchirish hamda tinish belgilari qoidalariga amal qilgan holda ikkinchi sinf darajasiga mos, oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gaplar hamda kichik matnlar tuzib yoza oladi. Tarbiyaviy: tarixiy meros va obidalarni asrab-avaylashga undash; Og‘zaki nutq 2: kichiklar, tengdoshlari hamda kattalar bilan suhbat hamda muhokama jarayonida muloqot odobiga (bir-birini hurmat qilish, soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan soʻrash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish) rioya qiladi va fikrini bildira oladi.


    1. Download 311.92 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling