Ona tili fanidan seminar topshirig’i. Amaliy topshiriqlar: Eslatma
Download 204.36 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona tilida Seminar topshirigi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar: Til lug’at fondi va asosiy lug’at fondi haqida. Asosiy lug’at fondi birliklarini guruhlash.
- Topshiriqlar: 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
- 4-topshiriq.
- 5-topshiriq.
- 6-topshiriq.
Ona tili fanidan seminar topshirig’i. Amaliy topshiriqlar: Eslatma: Hurmatli talabalar, sizlarga berilgan Seminar mashg’ulot mavzulariga oid ushbu topshiriqlarni daftarga qo’lyozma ko’rinishida qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib, har biringiz alohida (ko’chirmakashlikka yo’l qo’ymasdan) javob yozishingiz va PDF (formatda) ko’rinishida jo’natishingiz shart! Daftarning har bir sahifasida ism va familiyangiz bo’lsin! Maksimal baho: 100 ball Ko’chirib jo’natilgan topshiriq javoblariga baho qo‘yilmaydi. (Seminar topshiriqlarni alohida daftarga yozing.) Savollar: Til lug’at fondi va asosiy lug’at fondi haqida. Asosiy lug’at fondi birliklarini guruhlash. Leksemaning integral-differensial belgilari. Denotativ va konnotativ semalar qiyosi. So’z ma’no ko’chishi usullari. Omonimlar (shakldoshlar) deganda nimani tushunasiz? Omonimlarning qanday turlari bor? Leksik omonimlar (shakldosh so‘zlar)ning nutqda qanday ahamiyati bor? Lug‘aviy sinonimlar nima? Sinonimlar qatorida qanday so‘z dominanta bo‘ladi? Paronimlar deganda nimani tushunasiz? Antonimlar nima? O’zbek tilining o’z qatlami tasnifi. O’zlashma qatlamning asosiy guruhlari. O’zlashma va qo’llanma so’zlar haqida. Topshiriqlar: 1-topshiriq. Тilshunos olim A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan misollar o‘qing. Xotirangizda nechtasini eslab qoldingiz. Uni daftaringizga ko‘chirib yozing. 2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning sinonimlarini topib, ular ishtirokida gaplar tuzib yozing. Ozod, rost, soqchi, mashaqqat, g‘amgin, tanti, ittifoq, ayovsiz, asil, va’dalashmoq, vaqt, dang‘illama, yorug‘, istamoq, ixlosmand. 3-topshiriq. Quyidagi ustunchalarni davom ettiring. Sifat sinonimlar Fe’l sinonimlar Gavdali, jussali, Gangimoq, dovdiramoq, barvasta, norg‘ul, esankiramoq, kalovlanmoq, barzangi talmovsiramoq 4-topshiriq. Alisher Navoiy shohbaytlarida ilgari surilgan g‘oya haqida bahslashing. Qavs ichida berilgan paronim so‘zlardan mosini qo‘yib ko‘chiring va ularga izoh bering. 1. Hunarni asrabon netkumdur (oxir, axir, oxur), Olib tufroqqamu ketkumdur (oxir, axir, oxur). 2. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz (ganch, ganj) ila. 3. Quyoshlig‘ istasang, kasbi kamol et, Kamol (kosib, kasb) etarsen, bemalol et. 4. Har kishikim, birovga qozg‘ay (chog‘, choh), Tushgay ul (chog‘, choh) aro o‘zi nogoh. 5-topshiriq. S. Zunnunova asarlaridan olingan gaplarga e’tibor qiling, ularda qo‘llangan shakldosh so‘zlarni topib, izohlang. 1. Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga Tunda qo‘ngan shabnam aridi. Qon yugurdi ol yonog‘iga, Bargi g‘ubor – changdan aridi. 2. Bolangga ham, uyingga ham qara, ham ishla, ham dam ol... 3. Dilda takrorlab otin, tilab umr-u davlatin, Soyasi bo‘lib tag‘in Saida zor o‘tdimi? 4. Shirmonxon jilovi bo‘sh bo‘lishiga qaramay, hamon o‘rnida qimirlamay turgan otga chaqqonlik bilan mindi-da, jadal qamchi bosdi. 5. Shirmonxon ixtiyoriga bo‘ysunmay oqayotgan ko‘z yoshlarini dastro‘moliga artar ekan, yana xatga termildi. 6. Yosh bo‘lib, yoshligimni bilmadim. 7. Mana bu bolalarga tut qoqib bering. 8. Bo‘ldi, o‘zingni tut. 6-topshiriq. Shakldosh va paronim so‘zlarni toping. Siz ham xuddi shunday 5 ta gap topib yozing. 1. O‘zing bilasan, lekin sen ko‘zingni och. Qorni och odam bir osham oshga qanoat qilarmikin? (Tohir Malik) 2. O‘sha yili mart kunlarining birida qor aralash yomg‘ir urib berdi. Qop-qora, sochi va mo‘ylovi op-poq, barvasta kishi engashib Anvarning yelkasiga qoqdi: – Mard bo‘l, o‘g‘lim, mard bo‘l! (Abdulla Qahhor) 3. Tushimda dadam chiqib o‘tirgan baland cho‘qqi daryoga quladi. Dadamiz baland cho‘qqiga chiqqan inson edilar. Suv – yorug‘lik. Dadangiz tushlik qilgani kelganlar. Endi ishga ketadilar. Keyin dars tayyorlaysiz. (Mir aziz A’zam) 4. Keldingmi, kir, ostonada Cho‘chib turma. Bor ekan-da peshonada, Cho‘loq turna. (Muhammad Yusuf) 5. Ichingga kir to‘lmasin, Dil yaprog‘ing so‘lmasin. (Siddiq Mo‘min) Download 204.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling