Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu: “ Savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish” Bajardi: Qabul qildi


Download 142 Kb.
bet7/7
Sana15.09.2023
Hajmi142 Kb.
#1678970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish

Ikki qo‘llab koptokni yerga urayotgandek harakat qiladilar va she’rni aytadilar.
5. Oq qushim, oppoq qushim,
Qanot qoqib uchasan.
Bulutlardan balandlab,
Samolarni quchasan.
Bunda o‘quvchilar qo‘llarini yozib, qush qanotlarini qoqgandek qo‘llarini qimirlatadilar. Qo‘llarini ko‘tarib, oldinga harakatlantiradilar va dastlabki holatga qaytaradilar
6.Turnajonim, hoy turna!
Balanddan ucha ko‘rma.
Pastlab sekin uchgin,
Bog‘im gulzorin quchgin.
Osmonni ko‘rsatib qo‘llarini ko‘taradilar, “qanot qoqadilar”, tizzalarini bukib “pastlab uchadilar”, qo‘llarni oldinga cho‘zib, dastlabki holatga qaytaradilar
7. Qaldirg‘och g‘och-g‘och,
Qulochingni och-och.
Mana senga don beray,
So‘ng gulzordan gul teray.
O‘quvchilar quloch ochib, qo‘llarini silkitadilar. Don bergandek qo‘llarini oldinga cho‘zib, “don sepadilar”, o‘tirib gul tergandek harakat qiladilar va yana dastlabki holatga qaytadilar.
8. Oppoq qor-u, oppoq qor,
Guppillatib yog‘asan.
Bizning dala, bog‘larning,
Ko‘ngliga xush yoqasan.
Qor yog‘sin-u, qor yog‘sin,
Bizga donlar mo‘l bo‘lsin.
O‘zbekiston xalqimiz
Rizqi doim ko‘l bo‘lsin.
Qo‘llarni tepaga qilib, qor yog‘ishini “ko‘rsatadilar”, qo‘llarni dala va bog‘larni ko‘rsatayotgandek qilib, joylarida o‘ngga va chopga buriladilar. Qo‘llarni tepaga qilib, qor yog‘ishini “ko‘rsatadilar”, qo‘llari bilan o‘zlariga ishora qilib, mo‘l hosilni ko‘rsatgandek harakat qiladilar.
9. 1-o‘quvchi: Qani, qani oyog‘ing?
Hamma: Mana, mana oyog‘im.
2-o‘quvchi: Oyoqlar nima qiladi?
Hamma: Chopib, chopib horimas.
3-o‘quvchi: Qani, qani, qo‘ling qani?
Hamma: Mana, mana, qo‘lim mana.
4-o‘quvchi: Qo‘ling nima qiladi?
Hamma: Yozib, yozib hech tolmas.
Ikkisi ham barobar,
Hech ham orqada qolmas.
O‘quvchilar oyoqlarini yashirib turadilar, so‘ragandan keyin oyoqlarini harakatlantirib ko‘rsatadilar. Qo‘llarini yashirib turadilar, so‘ralgandan keyin qo‘llarini cho‘zib, yozayotgandek harakatlantiradilar. Ikkala qo‘llarini ham silkitib harakatlantiradilar.
10.”Hasharda” mashqi.
Dam olish daqiqalarida o‘tkaziladi.
Bu mashq o‘quvchilarni fikr doirasini, taffakurini kengaytirib, darsni hayot bilan, tabiat bilan bog‘lab olib borishga yordam beradi.
O‘quvchilar davraga taklif etiladi.
O‘qituvchi mashqni tushuntiradi:
- Bolalar, hozir biz siz bilan kattalarga, ota-onalarimizga yordam bergani hasharga chiqamiz, qayerga hasharga bordik desam, o‘sha yerdagi harakatni bajarib berasiz.
Paxta terimiga hasharga bordik va paxta terayapmiz. Bog‘ga hasharga bordik va olma teryapmiz, yashiklarga joylayapmiz. Qurilishda hashardamiz, yuqoriga g‘isht olib berayapmiz va hakozo.
11. Bahorda gul ochildi,
Osmondan nur sochildi.
Gulni terib olaylik,
Chakkamizga taqaylik.
Quchoq-quchoq gul terdik,
Qaytib opamga berdik.
Bizga holva qant berdi,
Quvonib rahmat dedik.
Qo‘llarini yuqoriga qilib, gullar ochilgandek qimirlatadilar, o‘tirib gul uzgandek bo‘ladilar, turib “gullarni chakkalariga taqadilar”. Qo‘llarini oldinga quchoq qilib uzatadilar, o‘zlarini ko‘rsatib, qo‘llarini ko‘ksilariga qo‘yadilar va boshlarini egadilar.
12. Kuz chog‘ida mevalar,
Hil-hil bo‘lib pishibdi.
Tagida yotgan Solining,
Kallasiga tushibdi.
Voy-voy deb, boshin ushlab,
Baqirgancha qolibdi.
Ishyoqmas dangasaning,
Adabini beribdi.
Qo‘llari bilan hil-hil pishgan mevalar ko‘rsatgandek harakat qiladilar. Qo‘llarini yuzlariga qo‘yib uxlagandek bo‘ladilar. Boshlarini ushlab, qimirlatadilar.
13. Yozdik, yozdik, charchadik,
Barmoqchalar charchadi.
Bir, ikki, uch, to‘rt,
Bir, ikki, uch, to‘rt,
Barmoqchalar Chiniqdi.
Qo‘llarni yozayotgandek qimirlatadilar, qo‘llar oldinda, barmoqlar harakatlantiriladi. Qo‘llar “bir” deganda oldinga, “ikki” deganda tepaga,” uch” deganda yonga va “to‘rt” deganda esa pastga tushiriladi, har bir sanalganda barmoqlar harakatlantiriladi.
14.Yozdik-yozdik, ko‘p yozdik,
Qo‘llarimiz charchadi.
Endi birga turamiz,
Qo‘lda chapak chalamiz.
Oyoqlarni do‘pillatib,
Barmoqlarni ochib-yopib,
So‘ngra tez o‘tiramiz,
Davomini yozamiz.
15.Kim ovqatni pishirar?
Halima
Kim ovqatni tushirar?

Salima
Kim erta tongda turadi?


Halima
Kim uyquni uradi?

Salima
Kim besh olar qator- qator?


Halima
Kim sinfni ortda tortar?

Salima
Rahmat senga, Halima!


Uyat senga, Salima!
16.O‘rnimizdan turamiz,
Qo‘llarni ko‘taramiz.
Ko‘zimizni yumib biz,
Dam olamiz biroz biz.
Ko‘zlarni ochib katta,
Chap tarafga qaraymiz.
So‘ngra o‘ngga qaraymiz,
Qo‘llarni tushuramiz,
Joyimizga o‘tiramiz.
O‘tiramiz o‘g‘il-qiz,
Barchamiz ahil-inoq.
O‘rnimizdan turamiz,
Asta joyda yuramiz.
Qo‘llarni ko‘taramiz.
So‘ngra chapak chalamiz,
17. Qo‘llarni tushuramiz.
Boshni chapga va o‘ngga,
Aylantirib olamiz.
Dam oldirib tanani,
Yana kuchga to‘lamiz.
*******************
Qarg’a qag’ qag’ etadi
Tumshuqarini cho’zadi
Qanotlarini patillatib
Qor yog’ishini kutadi
***************************
Tap tap etar koptogim
Menga o’rtoq koptogim
Ursam uni arazlab
Qochib ketar koptogim
Yarashaylik koptogim
Sira qochib ketmagin
Do’stligimiz buzmagin
*********************
Oq qushim oppoq qushim
Qanot qoqib uchasan
Bulutlardan balandlab
Samolarni quchasan
********************
Turnajonim, hoy turna
Balanddan ucha ko’rma
Pastlab sekin uchgin
Bog’im gulzorin quchgin
*******************
Oppoq qprim oppoq qor
Gupillatib yog’asan
Bizning dala bog’larning
Ko’ngliga xush yoqasan
****************
Qor yog’sinu qor yog’sin
Bizga donlar mo’l bo’lsin
O’zbekiston xalqimiz rizqi
Doim ko’l bo’lsin
***************
Bahorda gul ochildi
Osmondan nur sochildi
Gulni terib olaylik
Chakkamizga toqaylik
Quchoq quchoq gul terdik
Qaytib opamga berdik
Bizga holva qand berdi
Quvonib rahmat dedik
************************
Kuz chog’ida mevalar
Hil hil bo’lib pishadi
Tagida yotgan solining
Kallasiga tushibdi
Voy voy deb boshin ushlab
Baqirgancha qolibdi
Ishyoqmas dangasaning
Adabini beribdi
*************************
Alifbe kitoblarning bobosi
U borki yo’llar ravon
Yo’l boshlovchi donasi
Oshamiz bir bir dovon
Har yurakka nur


III. XULOSA.


Birinchi sinf o'quvchilari tabiatan hissiy, harakatchan, bezovta. Shuning uchun, agar ular boshqalarning manfaatlariga zid bo'lsa, ularning istaklari va his-tuyg'ularini cheklash qobiliyatini ularga singdirish juda muhimdir. To'liq sukunatni o'rnatish uchun bolalarni shoshilmaslik kerak: tezda "o'zingizni yig'ish" qobiliyati ham vaqt, ham jismoniy mashqlar talab qiladi. Dastlab, bolalar o'tirganda juda ko'p shovqin ko'tarishadi, ammo bir nechta mashqlardan so'ng aytish kifoya Keling, sukunatni tinglaymiz! qanday qilib ular bir soniyada tom ma'noda "muzlashadi". Siz bolalarga o'tirishni va bir daqiqa jim o'tirishni taklif qilishingiz mumkin. Bolalarni eshitgan tovushlarni tinglashga taklif qilish foydalidir. "sukunat daqiqalari" nafaqat asab tizimi uchun jismoniy dam olish, balki hibsga olingan ixtiyoriy markazlarning yaxshi gimnastikasi hamdir. "Sukunat daqiqalari" paytida bolalar harakatini muvofiqlashtirish uchun mashqlar bajarilishi mumkin. O'qituvchi u yoki bu o'quvchining ismini pichirlaydi. Uning ismini eshitib, talaba jimgina o'rnidan turib, qo'shnisiga ozor bermaslikka urinib, indamay o'qituvchiga yaqinlashishi kerak, keyin xuddi shu joyida jimgina butun joyga borishi kerak. Chaqirilgan bola uni kamroq eshitishga harakat qiladi. U barcha harakatlarini diqqat bilan muvofiqlashtiradi va tartibga soladi. Butun sinf nafas qisilib, chaqirilganlarning har bir qadamini va harakatini kuzatib boradi. O'qituvchilar darsda "dam olish daqiqalari" uchun vaqtlarini ayamasliklari kerak! Ular ta'lim jarayonining kuchayishi, bolalarning intellektual va axloqiy rivojlanishining o'sishiga mas’uldirlar!


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


  1. Boshlang`ich ta'lim bo`yicha yangi taxrirdagi Davlat ta'lim standarti. T., “Boshlang`ich ta'lim”, 2005 yil. 5- soni.

  2. O`zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod-O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori”. T., 1998 yil.

  3. O`zbеk maktablarida ona tili ta'limi Konsеpsiya G`G`Til va adabiyotG`G` ta'limi jurnali, 1994 yil 1-2-son.

  4. Abdullaеva Q. va boshqalar. “O`qish kitobi” 2-sinf “O`qituvchi ” 2004 yil.

  5. Saparova R. va boshqalar. «Alifbе», T., «Ma'naviyat», 2005 yil.

  6. Abdullaеva q. va boshqalar. Savod o`rgatishdarslari. T., “O`qituvchi ”, 1996 yil.

  7. Abdullaеva K. Diktantlar to`plami. To`rt yillik boshlang`ich maktablar uchun. T., “O`qituvchi ”, 1997-yil.

  8. O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi. I-qism Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2006 yil.

  9. Boshlang`ich sinflarning darsliklari. Sharafiddinov O., Abdullaеva K. va boshqalar. “Alifbе” (“Shodlik”); “Ona tili” (“Gulshan”). T. “O`qituvchi ”, 1999-yil

  10. Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o`stirishdan tarqatma matеriallar. T., “O`qituvchi ”, 1993-yil.

  11. Maqulova B. va boshqalar. Sinfdan tashhari o`qishmashg`ulotlari. T., “O`qituvchi ”, 1996-yil.

  12. Umarova M., Xudoybеrganov M. Bayonlar to`plami. T. “O`qituvchi ”, 1992.

  13. D.R. Babayeva «Nutq o`stirish metodikasi» Fan va texnologiya T.; 2009 yil

  14. F.R. Qodirova «Nutq o`stirish metodikasi» O`UM T.; 2012yil (electron)

  15. Q. Shodiyeva O`rta guruh bolalari nutqini o`stirish T.: O’qituvchi 1993yil.

  16. M. Asqarova va boshqalar Kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirish T.: 2001yil.

Internet saytlari :
www/pedagog/uz
w.w.w.ziyo.net
www.prezident.uz
http://hozir.org


Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling