Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishlari mavzulari
Download 212.5 Kb.
|
Sirtqi 4-kurslar uchun kurs ishi mavzulari Word (2)
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishlari mavzulari Qarshi-2022 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qarshi davlat universiteti Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishlari mavzulari 5111700- Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi (2-oliy) 4-kurs talabalari uchun uslubiy ko‘rsatma Tuzuvchi: dots. Sh. Rahmatullayeva Qarshi – 2022 Muqaddima Hozirgi taraqqiyot talabadan ko‘proq mustaqil ishlashni talab etmoqda. Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarning mustaqil ishini tashkil etish vazirlikning maxsus buyrug‘i bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Nizom asosida amal qilishi ko‘zda tutilgan. ,, Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi Nizom “ (2005-yil, 21-fevraldagi 34-sonli buyrug‘i) ga asosan talaba mustaqil ishi tashkil etiladi. Mazkur Nizom asosida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga alohida diqqat-e’tibor qaratiladi. Talabaning mustaqil ishidan asosiy maqsad muallimning rahbarligi va nazorati asosida ayrim ishlarni mustaqil sur’atda bajarishga bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Ona tili o‘qitish metodikasi fanini o‘rganishda ham mustaqil izlanish muhim o‘rin tutadi. Mustaqil izlanishning o‘quv shakllaridan biri kurs ishi hisoblanadi. Kurs ishini tayyorlash va uni himoya qilish jarayonida talabalar ona tili o‘qitish metodikasi fanini teranroq anglab yetishga harakat qilishadi. Bunda talaba metodik adabiyotlar bilan ishlashni, ma’lumotlar to‘planishni, xulosalar chiqarishni o‘rganadi. Kurs ishi mavzusi talaba tomonidan tanlanib, hajmi 30-35 betga ( standart yozuv qog‘ozi bo‘yicha ) mo‘ljallanadi. Kurs ishini olgan talabaga kafedradan ilmiy rahbar tayinlanadi. Rahbar ishni tayyorlashda talabaga amaliy yordam beradi. Kurs ishini yozishda quyidagilarga amal qilish lozim: - mavzu faqat darslik doirasida emas, balki qo‘shimcha adabiyotlar, shu mavzu bo‘yicha jurnal, gazetalardagi maqolalardan foydalanib yoziladi; - unda ilmiy izlanish elementlari, nazariy qoidalar, tajriba-sinov ishlari keng yoritiladi; - reja tuziladi; - kurs ishi rasmiy qabul qilingan shaklda bo‘lishi kerak, ya’ni biron bir muallifning fikri keltirilsa, jumlalar o‘zgartirilmay, qanday bo‘lsa, shunday ko‘chiriladi va qo‘shtirnoq ichiga olinadi, izoh beriladi. U sahifaning eng tagiga raqamlangan holda berilib, manba ko‘rsatiladi. Muallif, asar yoki maqolaning, nashriyotning nomlari, nashr qilingan yili va zarur bo‘lsa, sahifasi beriladi; - matn mustaqil yoziladi. Talaba kurs ishini yozishda o‘rganayotgan adabiyotlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirmay, avval o‘qib chiqib, tushunib, fahmlab, taqqoslab, keyin o‘z fikrini bayon etmog‘i zarur. Kurs ishi rahbari talabaga mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni tanlashga, muhimlarini ajratish, reja tuzish hamda tanlangan mavzuni to‘la ochib berish uchun nimalarga diqqat-e’tibor qaratish lozimligi xususida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Talaba kurs ishini tayyorlashda qiyinchilikka duch kelsa, albatta u ilmiy rahbarga murojaat qilishi lozim. Chunonchi, qo‘yilgan savollar mavzuning mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qilishi joiz. Masalan, ,, Ona tili darslarida suhbat metodidan foydalanish “ mavzusi bo‘yicha rejani quyidagicha tuzish mumkin: Download 212.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling