Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishlari mavzulari


NAMUNA Mavzu: Ona tili darslarida suhbat metodidan foydalanish


Download 212.5 Kb.
bet2/28
Sana22.09.2023
Hajmi212.5 Kb.
#1684251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Sirtqi 4-kurslar uchun kurs ishi mavzulari Word (2)

NAMUNA
Mavzu: Ona tili darslarida suhbat metodidan foydalanish
Reja:
Kirish: ona tili darslarini faollashtirish omillari…………………………………..3
Asosiy qism……………………………………………………………………….5
1.Hozirgi zamon darslariga qo‘yilgan talablar hamda o‘qitish metodlarini takomillashtirish…………………………………………………………………..5
2. Ona tili darslarida suhbat metodidan foydalanish……………………………..10
3. Suhbat turlari:………………………………………………………………….16
a) axborot tarzidagi suhbat;…………………………………………………….16
b) evristik suhbat;………………………………………………………………20
v) bilimlarni aniqlash va mustahkamlash uchun qo‘llanadigan suhbat...............25
4. Bir soatlik dars konspekti ( ko‘rgazmali qurol bilan ). .....................................30
Xulosa.....................................................................................................................34
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.........................................................................35
Ilovalar....................................................................................................................36
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning ahamiyati, fanni o‘rganishda tutgan o‘rni, dolzarbligi hamda amaliyotdagi ahamiyati yoritiladi.
Ishni reja asosida savodli, ixcham shaklda bayon etish lozim. ,, Xulosa “ qismida mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqarish zarur. Ular qisqa va ishning mazmun-mohiyatidan kelib chiqishi lozim.
Adabiyotlar ro‘yxatida esa kurs ishi yozishda talaba tomonidan o‘rganilgan barcha adabiyotlar, jurnal, gazetalarda berilgan maqolalar, risola, to‘plam, me’yoriy hujjat va boshqalar to‘la ravishda muallifning ismi-sharifi, asar yoki maqolaning nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili, zarur bo‘lsa, kitob beti ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Biroq shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, talabadan kurs ishida fanda yangilik yoki yangi ilmiy qoida yaratish talab qilinmaydi. Talaba savollarga javob berayotganida ilmiy adabiyotlardan tushunib foydalanganini, ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqara olganini, nazariy qoidalardan amaliyotda oqilona qo‘llaganini ko‘rsatishi lozim. Shundagina talabada mustaqil fikrlay olish qobiliyati shakllanadi. Buning uchun esa talaba ijodiy izlanishi, tinimsiz ilmiy-metodik adabiyotlarni mustaqil mutolaa etishi talab etiladi.
Ona tili o‘qitish metodikasidan yoziladigan kurs ishlari amaliy xarakterda bo‘lib, talabaga yanada jiddiyroq mas’uliyat yuklaydi. Chunonchi, malakaviy amaliyot o‘tagan talaba o‘z tajribasidan kelib chiqib, ba’zi yo‘l-yo‘riqlarni tavsiya etishi mumkin.
Qilinayotgan barcha ishlar, shu jumladan, kurs ishlarida ham ilmiylikka asosiy e’tibor qaratiladi. Talaba mavzuni yoritishga kirishdan oldin zarur manbalar ( adabiyotlar ) bilan chuqur tanishib chiqishi kerak. Shundagina u mazkur muammoni keng ko‘lamda ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Masalan, ,, Ona tili o‘qitishda muammoli ta’lim va o‘quvchilar faolligini oshirish “ mavzusida kurs ishi yozadigan talaba, dastlab boshlang‘ich sinf darsliklari va o‘qituvchilar uchun tayyorlangan metodik qo‘llanmalarni, keyingi yillarda chop etilgan adabiyotlarni (Roziqov O. va boshqalar. Ona tili didaktikasi. –T.: Yangi asr avlodi, 2005., To‘xliyev B. va boshqalar. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. –T.: 2006, G‘ulomov A. Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari. –T.: O‘qituvchi, 1992, Ziyodova T. Matn yaratish texnologiyasi. –T.: Fan, 2008, G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiya. Qarshi, 2009.) o‘qib-o‘rganishi, eng muhim fikr-mulohazalarni ajratib, ularga o‘z munosabatini bildirishi talab etiladi. Bundan tashqari, talaba o‘z fikrini bayon qilayotganda ilmiylik, izchillik, tizimlilikka alohida e’tibor berishi lozim. Buning uchun u hozirgi tilshunosligimiz yutuqlaridan ham xabardor bo‘lishi kerak. Talaba maktab dasturi, uning tuzilishi, DTS talablarini aniq-ravshan bilsa, kurs ishini sifatli yoza oladi.
Talaba kurs ishini texnik tomondan ham savodli, did bilan, xatboshi, qavslarga alohida e’tibor berilgan holda ifodalashi zarur. Bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari – talabalar kurs ishini, ayniqsa, uslub jihatdan, imloviy va ishorat belgilari nuqtayi nazaridan savodli yozishlari talab etiladi. Buning uchun 3-4 marta yozish tavsiya qilinadi. Buyuk adib Abdulla Qahhor hikoyalarini ayrim hollarda 26 martagacha qayta tahrir qilganini eslasak, nihoyatda foydali bo‘ladi.

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling