18. Yozuv malakasi qanday malaka va u qaysi malakalar bilan bog’liq?
A) Yozuv malakasi o’qish va fikrlashga bog’liq malaka
B) Yozuv malakasi grafik malaka bo’lib, tovush va harfning to’g’ri nisbatini belgilash, grafik va orfografik qoidalarga rioya qilishni, yozuvning ongligini talab etadi; u o’qish malakasi bilan bog’liq
C) Yozuv nutqqa oid malaka, tafakkur qila olish, imlo xatolarisiz yoza olish bilan bog’liq
D) Yozuv malakasi qo’l-harakati, ko’rish va eshitish sezgisiga oid malaka bo’lib, u orfografik malaka bilan uzviy bog’liq
19. O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan talablar:
A) Umumdidaktik talablar, metodik talablar
B) Ta’limiy talablar, tarbiyaviy talablar
C) O’quvchilarning imkoniyati, bilim va ko’nikma darajasini fikrlash faoliyatini hisobga olishga oid talablar
D) Ko’rgazmalilikka o’rgatish
20. O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan umumdidaktik talablar: ...
A) Nutq ifodali, obrazli, aniq, mantiqiy to’g’ri bo’lishi; yozuvning mazmunli va savodli bo’lishi, tilga sezgirlikni tarbiyalashi
B) Dars tarbiyalovchi xarakterda bo’lishi, ta’limiy maqsadni amalga oshirishi, izchil va istiqbolli bo’lishi, samarali xilma-xil metod va usullar tanlanishi, dars materiali ilmiy va o’quvchilarning saviyasiga mos bo’lishi
C) Aqliy mehnatga o’rgatuvchi usullardan foydalanish
D) O’rganiladigan mavzularning ilmiyligiga, izchilligiga rioya qilish va o’quvchilar talabini hisobga olish
21. O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan maxsus metodik talablar: ...
A) Nutqning ifodali, obrazli, aniq, mantiqiy to’g’ri bo’lishi, yozuvning mazmunli va savodli bo’lishi, tilga sezgirlikni tarbiyalashi
B) Dars tarbiyalovchi xarakterda bo’lishi, ta’limiy maqsadni amalga oshirishi, izchil va istiqbolli bo’lishi, samarali xilma-xil metod va usullar tanlanishi, dars materiali ilmiy va o’quvchilarning saviyasiga mos bo’lishi
C) Aqliy mehnatga o’rgatuvchi usullardan foydalanish
D) O’rganiladigan mavzularning ilmiyligiga, izchilligiga rioya qilish va o’quvchilar talabini hisobga olish
Do'stlaringiz bilan baham: |