Tuzilishida qisqa va chuziq hijo (bo'g'in)larning


Download 1.17 Mb.
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1179264
  1   2
Bog'liq
Mavzu -Kirish.-“Tarbiyachi-nutqi-madaniyati”

  • Tayanch tushunchalar:
  • Nutq, nutq madaniyati, va’zxonlik, notiqlik san'ati, ifodali o'qish, ichki nutq, tashqi nutq, nahv - (arabcha) sintaksis grammatika, nazm - (arabcha) she'riy agar: she'riyat janri, she'r o'lchovi, nasr - (arabcha) proza, prozaik asar, proza janri, aruz - she > tuzilishida qisqa va chuziq hijo (bo'g'in)larning
  • malum tartibda guruhlanib, takrorlanib kelishiga asoslangan vazn sistemasi. aruz vazn, mantiq - (arabcha so'z) tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan; logika.
  • Kirish.
  • Ma'lumki, uzoq o'tmishga ega bo’lgan o'zbek xalqi ta'lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo'lib, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do'stlik, mehr-oqibat, birodarlik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyaga oid asarlari ham ana shu boy merosning tub negizini tashkil etadi. Lekin mustabid tuzum davrida bu durdona asarlardan, undagi odob-axloqqa oid injuga barobar fikrlardan yetarlicha foydalana olmadik.
  • Shukurki, milliy istiqlol tufayli o'zbek xalqining ham ko'kragiga shabada tegdi. Tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik. Shuningdek, o'z yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga bel bog'ladik.
  • Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog'liq muammolar ham asta -sekin yechimini topmoqda. Xususan, nutq madaniyatiga doir masalalarni hal qilishda tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir. Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudovning «Til», «Ma'rifat manzillari» nomli, Nusratilla Jumaxo'janing «Istiqlol va ona tilimiz» kabi risolalari ana shu sohadagi izlanishlarning yorqin misolidir.
  • Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma'naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e 'lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etadi.
  • Respublikamizning «Davlat tili» haqidagi Qonuni, «Ta'lim to'grisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa hujjatlarida ma'naviy-ma'rifiy tarbiya, til masalalariga alohida e'tibor berilgan. Har qanday kadr, eng avvalo, o'z ona tilining chnnakam sohibi bo'lmogi lozim. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997-yil 29-avgustdagi IX sessiyasida so'zlagan nutqida: «O'z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go'zal va lo'nda io’oda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o'tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin»-deb ta'kidlaydi. (Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent, 1997.- 9 bet).
  • Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunoslik o’anining dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal etish umummadaniyatimiz taraqqiyoti, shuningdek, oliy maktablarda, o'rta maxsus o'quv yurtlarida, o'rta maktablar va
  • umuman dars o'tish jarayonini yaxshilash bilan ham bog'liq, Shuni qayd qilish kerakki, bugungi kunda tarbiyachi nutqi madaniyati kursini barcha o'quv yurtlarida o'rgatish quvonarlidir. Chunki notiqlik san'ati sirlarini o'rganish, o'z fikrini bayon qilayotgan, har bir til vositasini kerakli va lozim bo'lgan o'rinda qo'llash, mantiqan barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman, har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. Ozbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o'rganish ham o'zbek nutqi madaniyati sohasi uchun nihoyatda muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarining adabiy til me'yorlarining umumiy holatini, undagi turg'un va noturg'un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish aslo mumkin emas.
  • Til ham, fe'l-atvor ham odamga qon bilan kirib uning butun jismu joniga taralib ketuvchi an'analar ekan, bularga e'tibor bermaslik, hamisha katta-kichik fojialami keltirib chiqaradi.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling