Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar


Download 345.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi345.97 Kb.
#1498767
  1   2   3   4
Bog'liq
abdullayeva oysuluv abduqayum vahmiy qo\'lyozma devonini dastlabki o\'rganish natijalari



5120100 – Filologiya va tillarni o‗qitish ta‘lim yo‗nalishi IV kurs 403 -
guruh talabasi Abdullayeva Oysuluvning ―Abduqayum Vahmiy 
qo‗lyozma devonini dastlabki o‗rganish natijalari‖ mavzusida yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
 
Ilmiy rahbar:
_________ f.f.d., prof. R. Zohidov, 
O‗zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik
kafedrasi mudiri 
Taqrizchi: 
_____________ f.f.n. 
O.Jo‗raboyev, 
O`zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi
katta ilmiy xodimi 
 
 “Himoyaga tavsiya etilsin” 
O‗zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik
kafedrasi mudiri 
________f.f.d. prof. N.Jabborov
―___‖ ____________2018 -y 
TOSHKENT-2018 


MUNDARIJA 
KIRISH……………………………………………………………….3-8 
ASOSIY QISM: 
I BOB. ABDUQAYUM VAHMIY VA UNING QO'QON ADABIY
MUHITIDAGI O'RNI 
1.1.XIX asr Qo'qon adabiy muhiti 
1.2.Abduqayum Vahmiy hayoti va ijodi hamda uning Qo'qon adabiy muhitidagi 
o'rni 
II BOB. ABDUQAYUM VAHMIY ADABIY MEROSI VA ―SAYYID JA'FAR 
G'OZIY‖
DOSTONI
2.1. Abduqayum Vahmiy adabiy merosining o'ziga xos xususiyatlari 
2.2. ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostoni qo'lyozmasi va uning mavzuiy tasnifi 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
ILOVA 
 
 
 
 


 
 
KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot insoniyat tarixi davomida fikriy va qalbiy
tushunchalar ifodasi tarzida kishilar shuuridan o'rin olgan. Ajdodlarimizning 
e'tiqodiy, ma'naviy va ruhiy qiyofalari badiiy adabiyotda, xususan, mumtoz adabiy
asarlarda o'z aksini topgan. Badiiy adabiyotning bosh vazifasi insonni, go'zallikni va
haqiqatni vasf etish bo'lib, tarixiy voqelik esa, badiiyat zamirida tasvirlanadi. Shu
bilan birga, adabiyot mohiyati taqozosiga binoan, tarixni, jumladan, tarixiy voqea-
hodisalarni va real voqelikni to'lig'icha tasvirlashni maqsad qilib olmaydi. Lekin 
adabiy manbalarda u yoki bu tarix hodisasi va uning tasviri birmuncha to'laqonli va
jozibali berilishini ham unutmaslik kerak. Boshqacha aytganda, ijodkor tarixiy 
hodisalarga o'z ruhiyati va g'oyasidan kelib chiqqan holda, badiiy bo'yoqlar berishi
mumkin. O'zbek xalq yozma yodgorliklarining o'rganilishi yosh avlodni vatanga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalab, voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Milliy g'urur va iftixor tuyg'usini yuksaltirish uchun ma'naviy-madaniy 
merosimizni asrab-avaylash, uning qadr-qimmatini yanada oshirish ustida doimiy
ilmiy izlanishlar olib borilishi taqozo etiladi. Xalqimiz ma'naviy qadriyatlarini 
tiklash va milliy o'zlikni anglash masalasi hukumatimiz olib borayotgan bugungi 
siyosatda barqarorlik va taraqqiyotning muhim sharti sifatida qayd etilmoqda. 
Darhaqiqat, o'tgan sho'rolar hukmronligi davrida xalqimizning aynan milliy 
o'zlikni anglashga bo'lgan intilishlari ko'proq ta'qibga uchradi. Milliy ma'naviyatning 
erkin rivojlanishiga yo'l bermaslik, uning o'rniga xalqimiz ongiga boshqa bir mafkura 
g'oyalarini singdirishga qaratilgan siyosat ta'sirida asrlar davomida o'z maromida 
taraqqiy etib kelgan millatimiz ma'naviyatiga jiddiy ziyon yetkazildi, oqibatda, bu 
jabhada yo'qotishlar, uzilishlar bo'ldi. Ana shu bois mustaqillikdan keyin millat 
ma'naviyatini yuksaltirish masalasi siyosiy ahamiyatga ega bo'lib, dolzarb vazifa 
sifatida kun tartibiga chiqdi. ―Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz 


hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashi, ta'bir joiz 
bo'lsa, milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi‖ .
Darhaqiqat, milliy o'zlikni anglash, tariximizga haqqoniy va xolis yondashmoq uchun 
bugungi kunda birinchi navbatdagi vazifa xalqimiz ongini totalitar tuzum 
psixologiyasi sarqitlari, asoratlaridan tozalashni talab etadi. Zero, bu asoratlardan 
xolos bo'lmay, milliy o'zlikni anglash amri mahol.
―Ma'lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo'lgan yurtimiz
zaminidan ko'plab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz avliyolar 
yetishib chiqqan. Ularning ilm-fan va adabiyot sohasida qoldirgan bebaho merosi
butun insoniyatning ma'naviy mulki hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizning 
kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo'lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu 
nodir kitoblar hali to'liq o'rganilmagan, ular olimlar va o'z o'quvchilarini kutib turibdi.
Ushbu asarlarda bugungi davr o'rtaga qo'yayotgan juda ko'p dolzarb 
muammolarga javob topish mumkin. Xususan, islom dinining asl insonparvarlik 
mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va 
hamjihatlik yo'lida birlashishga da'vat etadigan teran ma'noli fikr va g'oyalar bugun 
ham o'z qimmati va ahamiyatini yo'qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros 
vorislari, shunday boylik egalari bo'la turib, ularni har tomonlama o'qish-o'rganish, 
xalqimiz, avvalo, unib-o'sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga 
yetkazish bo'yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olishimiz kerak. Biz 
diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma'rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko'p 
gapiramiz. Bu to'g'ri, albatta. Lekin ma'rifat, ma'rifiy bilimlar qaerda, avvalo, ota-
bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo'tabar kitoblarda emasmi?‖
Haqiqatdan ham, muhtaram prezidentimiz aytganlaridek, bugungi kunda 
yurtimizda ko'plab noyob asarlar qo'lyozma fondida va boshqa joylarda o'z 
o'quvchisini kutib yotibdi. Ularni o'rganib, xalqimizga tanitish esa biz yoshlar 
oldidagi muhim vazifalardan biridir. XIX asrga tegishli bunday qo'lyozmalarning 
aksari mustabid tuzumga mos kelmaganligi sababli o'z o'quvchisiga yetib bormagan.


XIX asrda O'zbek adabiyoti tarixida Qo'qon adabiy muhiti vakillaridan bir 
qancha shoirlar ijod qilishgan. Ularning yaratgan asarlari o'zbek adabiyotining 
o'lmas xazinasiga aylangan. O'z zamonasining mashhur shoirlaridan bo'lgan 
Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Zavqiy va boshqa ko'plab shoirlar o'zlarining 
yaratgan asarlari bilan mumtoz adabiyotimizning boyishiga shu jumladan, o'zbek 
g'azalchiligining taraqqiyotiga, badiiy so'z san'atining yanada yuksalishiga munosib 
hissa qo'shganlar.
Tadqiqotimiz obyekti bo'lgan Abduqayum Vahmiy ijodi ham XIX asr Qo'qon 
adabiy muhitining muhim qirralarini ochishga xizmat qiladi. Abduqayum Vahmiy 
mumtoz adabiyotimizning ma'rifiy asosini baqadri hol badiiy so'z orqali namoyon 
etgan shoirlardandir. Uning ushbu misralari ham fikrimizga dalildir: 
Jahonda Vahmiy otlig' har yerda ko'pdur, 
Alar ham dostonlar nazm etibdur. 
Har odamning ko'nglini oynasi bor, 
Hama gulning bo'lak-bo'lak isi bor. 
Olar nisbat kishi qadrig'a loyiq, 
Har shoir nazm etar fahmiga loyiq. 
Vahmiy bu baytlari bilan o'z darajasini anglagan holda har bir ijod ahli va ijod 
mahsulining adabiyot maydonida o'z o'rni borligini e'tirof etyapti va ―hamma gulning
o'ziga yarasha ifori bor, har bir shoir o'zining fahmiga loyiq qadr topadi‖ degan 
xulosalar bilan o'zining adabiyotga munosabatini anglatyapti. Shu o'rinda matnshunos
olim R.Zohidovning ayni mavzu doirasida bildirgan fikrlarini keltirsak, masala 
yanada oydinlashadi. Olimning bildirishicha, dahriy tuzumning ilk pallalaridanoq
aqida sifatida shakllangan qarash, ya'ni adabiyotni bir-biriga teskari ikki qutbga –
dunyoviy va diniy adabiyotga ajratish g'oyasi hukmron edi. Aslida, o'tmish adabiy
merosimizda, u – yuqorida sanaganimiz tarixiy doston tipidagi noma, qissa, 
hikoyatlar bo'ladimi yoki Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliylarning 
g'azal, ruboiy, masnaviy, qit'a kabi janrlarda bitilgan asarlari bo'ladimi, har ikkalasida
ham asos – g'oyaviy poydevor bitta – sog'lom e'tiqod targ'ibi (farqi – avvalgisida 


maqsad ochiq, shuning uchun ham oddiy, ommaviy; keyingisida maqsad ramzlarga 
o'ralgan, shuning uchun sirli, jozibali va xosroq). Adabiyotimiz tarixida nomlari 
ma'lum va noma'lum ijodkorlarning barchasi iqtidoridan qat'i nazar, shu maqsad 
yo'lida qalam tebratgan va ulardan badiiy yuksak saviyadagi asarlar bila birga, goh 
o'rtamiyona, ba'zan esa undan ham quyi darajadagi adabiy meros qolgan. Kengroq 
qaralsa, adabiyot tushunchasi har ikki ijod mahsuliga barobar, bamisoli, qo'l 
tushunchasi panjaning har barmog'iga barobar bo'lganidek. Negaki, barmoqlar 
shaklda xilma-xil bo'lgani bilan hammasi bitta maqsadda birlashadi, yagona 
maqsadga xizmat qiladi.
Vahmiy ijodiy merosi ham ayni maqsad yo'lida dunyoga kelgan. Shoir 
hamyurtlaridan biri aytadi: ―Vahmiy millatparvar shaxs edi. U butun umrini ilmga 
bag'ishladi, shuningdek, inson manfaatlari u uchun doimo birinchi o'rinda turar edi. U 
umri davomida bor vujudi bilan Ollohga oshiq bo'ldi va Haqning jamoliga erishishni 
niyat qilib yashadi‖.
Darhaqiqat, shoir she'rlarida diniy mavzu yetakchi. Lekin bu shunchaki din 
targ'ibi emas. Ularda yuksak islomiy g'oyalar, birinchi navbatda, islomiy e'tiqod va 
axloq bilan yashash targ'ibi asosiy o'rinda turadi. Bizga ma'lumki, mumtoz she'riyatda 
bosh maqsad estetik zavq berish bilan birga, komil insonni tarbiyalash tushuniladi. 
Shu jihatdan, undagi g'oyalar bir qadar tasavvufiy mazmun kasb etadi.
Tasavvuf haqiqiy ma‘noda insonparvar ta‘limot hisoblanadi. Tasavvuf g'oyalari 
bir butunlikni tashkil etadigan umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismidir, 
insonparvar ta'limotdir. Tasavvuf ta'limotidagi komil inson tarbiyasi bugungi kunning 
dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Barkamol avlod tarbiyasi ustivor yo'nalish 
bo'lgan hozirgi kunda insonni komillik darajasiga yetkazishga xizmat qiladigan 
asarlarni o'rganish davr talabidir. Insonning kamoloti, ruhiy-ma‘naviy yuksalishi 
uchun qayg`urib kelgan gumanistik ta‘limotlar rivojiga bizning vatandoshlarimizning 
hissasi beqiyos.
Qaysi mamlakatda komil insonni voyaga yetkazish, u haqida g'amxo'rlik qilish 
davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lsa, o'sha mamlakatda tinchlik, barqarorlik 


vujudga keladi. Ilm-fan, ma'rifat va madaniyat rivojlanadi. Bu o'z navbatida 
mamlakat oldida turgan turli eng murakkab muammolarni ham hal etish imkonini 
yaratadi. Davlat o'z faoliyatida ma'naviyat va ma'rifatni rivojlantirishni ustivor vazifa 
sifatida qaragandagina uning barqaror taraqqiy etishi uchun imkoniyatlar kengayib 
boradi. Bu holatni to'g'ri anglagan mamlakatimiz rahbariyati, xususan Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoev bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashda komil inson g'oyalarini 
ilgari surgan asarlardan keng foydalanish lozimligini ta'kidlab o'tmoqdalar.
Mavzuning ahamiyatli tomoni shundaki, shoirning ijodini o'rganish asnosida 
islom dinining asl insonpar, bag'rikeng din ekanligiga hamda komil inson haqidagi 
tasavvurga ega bo'lamiz. Shuningdek, yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib
aytish mumkinki, bitiruv malakaviy ishi aynan shu jihatlari bilan mavzuning 
dolzarbligini belgilaydi. 

Download 345.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling