Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar
Download 345.97 Kb. Pdf ko'rish
|
abdullayeva oysuluv abduqayum vahmiy qo\'lyozma devonini dastlabki o\'rganish natijalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Abduqayum Vahmiy hayoti va ijodi hamda uning Qoqon adabiy muhitidagi orni
1.2 Abduqayum Vahmiy hayoti va ijodi hamda uning Qo'qon adabiy muhitidagi o'rni Har bir yurtning faxr va iftixor bilan tilga olinadigan qadrli insonlari- farzandlari bor. Qadimiy va hamisha navqiron Farg'ona viloyatining mashhur ulamoyu fuzalolari, olimu shoirlari, tabibu muarrixlari butun mamlakatda diniy va dunyoviy ilmlarni rivojlantirishda ulkan va o'ziga xos o'rin tutgan. So'nggi yillardagi izlanishlar tufayli Qo'qon adabiy muhitiga mansub bo'lgan, ammo nomlari turli sabablar bilan ilm ahliga, adabiyot muhiblariga noma'lum bo'lgan shoirlar ham aniqlanmoqda. Ulardan biri quvalik so'fiy shoir Abduqayum Vahmiydir. A bduqayum Vahmiy asarlari qariyb 150 yillardan buyon qadimiy Quva she'riyat shaydolariga ma'lum va manzur bo'lib keladi. Ammo, afsuski yaqin o'tmishimizda –mustabid sho'rolar davrida uning nomini va asarlari mazmunini tilga olish mumkin emas edi. Chunki dahriylik, hukmron mafkura darajasiga yetgan sho'rolar davrida Haq oshig'i bo'lmish so'fiy shoirning nomi qora ro'yxatlarda edi. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so'ng milliy adabiy merosimizga munosabat ijobiy tomonga keskin o'zgardi. Natijada asarlari bilan asriy qadriyatlarimizning adabiy davom etishiga xizmat qilgan shoirlar ijodi ham o'rganila boshlandi. Ularning yozib qoldirgan kitoblari chop etilib ommaga taqdim etildi. A bduqayum Vahmiy mulla Razzoqberdi oxund o'g'li taxminan 1826-1827- yillarda Farg'ona viloyati Quva tumani Dehqonobod jamoa xo'jaligi hududidagi Bolali Qayrog'och qishlog'ida tavallud topgan. Shoir o'zi tug'ilib o'sgan qishloq haqida quyidagilarni yozadi: Qo'qon qishloqni chun qut tarafinda, Bolali qayrog'och buzruk bor anda. Anga kim qilsa ixlos bahra olg'ay, Ixlosi bo'lmasa bebahra qolg'ay. Qilib ixlos bu Vahmiy yurdi chun bil, Ki ul buzruk ekan qutboyi rasodil. Viloyati Bolali qayrog'ochdur, Ani ekkan pirim hazrat Chomochdur. Chomochbiy qutbi oqtob valiydur, Bolali qayrog'och qadam joyidur. Karomat birla ul yerga ekibdur, Tagida o'lturub nazar qilibdur. Der ekanlar ki mendin bir nishona, Qolur, qushlar solur chun oshiyona. Mozoriston ekan chun ushbu manzil, O'turubdur Chomochbiy yeti kun bil. Qilib himmat bu Vahmiy istixora, Nechuk manzil debon qildi nazora. Chomochbiy ruhlari berdi bashorat, Mani joyim debon qildi ishorat. Fazilar ko'p bu manzilda, dedilar, Matvojja ki bo'l munda, dedilar. Xudog'a zikr qil jonu dilingda, Va yotsang, o'ltursang, turg'aningda. Nafasni g'ofil qil etmagil xudodin, Judo bo'lg'il, dedi nafsi havodin. Ki har odamni ko'rsang mehribon bo'l, Misoli hok bo'l, o'tsun bosib ul. Bu bashoratni berib bo'ldi g'oyib, Ani Vahmiy ko'rub bo'ldi ajoyib. Bu Vahmiyni nazm etgan makoni, Bolali qayrog'ochdur oti ayni. Uning otasi mulla Razzoqberdi oxund zamonasining talablari asosida chuqur diniy bilim olgan inson bo'lgan. Qishlog'idagi bolalarga saboq berib, savod o'rgatib, maktabdorlik bilan shug'ullangan. Razzoqberdi oxundning tirikchiligi, asosan, o'z tomorqasidan kelgan daromad orqali o'tgan. Shoirning onasi Latifa bibi ham o'z zamonasining bilimli, donishmand ayollaridan bo'lgan. U shirali ovoz sohibasi bo'lib, doston va qissalarni juda yaxshi aytgan. A bduqayum Vahmiyning yoshligi Marg'ilon Shahrixon yo'li yoqasiga joylashgan, o'sha vaqtda ancha gavjum bo'lgan Bolali qayrog'och qishlog'ida kechgan. Ma'lumki XIX asrning boshida Qo'qon xoni Olimxon Shahrixonga asos soladi. Natijada xonlik poytaxti Qo'qon bilan yangi shahar Shahrixon orasida aloqalar boshlanib, buy o'ldan har kuni ko'plab savdogarlar, baqqollar, hunarmandlar, bechorayu kiborlar o'tib turardi. Bolali qayrog'och esa ana shu yo'ldagi qishloqlardan biri bo'lib, bu yerdagi choyxona va mehmonxonalar doim odamlar bilan to'la bo'lgan. Mehmonxonalarda kechalari kitobxonlik, qissaxonlik qilingan. Qissago'ylar o'zlarining shirali ovozlari bilan maftun etgan, mashshoqlar ham o'zlarining kuy va qo'shiqlari bilan choyxonalardagi mehmonlarni xushnud etganlar. Bunday zavqli hayot tarzi ziyrak, yosh Abduqayumning murg'ak qalbiga adabiyot, xususan, she'riyatga muhabbat uyg'otadi. Abduqayumning ota-onasi aslida Qo'qon yaqinidagi Pandigon qishlog'idan bo'lgan. Tarixdan bizga ma'lumki, qo'qon xoni Norbo'tabiy xonlikni taraqqiy ettirish, xalq hayotini yaxshilash uchun ekin ekishga yaroqli bo'lgan yangi yerlarga qishloqlar barpo ettirgan va aholini ko'chirib keltirgan. Vahmiyning ota-onasi ham shu islohot tufayli Bolali qayrag'och qishlog'iga kelib qolgan. Abduqayum ota-onasi tug'ilib o'sgan qishloq haqida ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostonining boshlanmasida shunday yozadi. Kel, ey Vahmiy ki yod ayla xudoni G'animat bil oto birla ononi Ota-onangni tug'ilgan makoni, Der ekanlar otini Pandigoni. Xo'jabob degan buzruk bor anda, Utubdurlar ki ilgari zamonda. Borib qabriga bo'lsang mutavajje, Ushal soat senga bergay sabr ganje. Ki nazm etgil anga ixlos qilibon, Tamom ruhoniylarga sig'inibon. Tamom ruhoniylar bo'lsa madadkor, Ki shoyad bo'lg'y oson senga bul kor. Abduqayum boshlang'ich maktabni tamomlagach, viloyat poytaxti – Qo'qonga borib madrasa ta'limini olishga kirishadi. Madrasa ta'limi dasturi bo'yicha yetuk bilimga ega bo'ladi. Madrasada o'qib yurgan kezlari, Qo'qon adabiy muhitining mashhur vakillari bilan tanishadi va ulardan she'riyat sirlarini puxta egallashga intiladi. Agar Vahmiy XIX asrning 40-yillarida talaba bo'lganini hisobga olsak, bu paytda Qo'qonda Maxmur, Azimxoja Eshon, Qori Qunduzi Komiy, Baxjat kabi o'nlab iste'dodli shoirlar ijod etganlar. Yosh Abduqayumning ushbu shoirlar bilan hamsuhbat bo'lganini, ular qatnashgan adabiy majlislarda ishtirok etganini taxmin qilish mumkin. Qo'qon Abduqayum Vahmiy hayotida yana shunisi bilan ahamiyatli bo'ldiki, u aynan shu yerda zamonasining mashhur shayxlaridan bo'lgan Mahmud eshonga qo'l berib, murid bo'ldi. Shu yo'l bilan tariqatga kirdi, tasavvuf maqomlarini bajarishga kirishdi, ma'naviy-ruhiy poklanish sari ilk qadamlarini qo'ydi. A bduqayum madrasani bitirgach, o'zi tug'ilib o'sgan qishlog'iga qaytadi. Ko'p yillar otasining maktabida bolalarni o'qitdi, dehqonchilik bilan shug'ullandi, keksayib qolgan ota-onasiga shu tariqa yordam berib yurdi. Ayni paytda u so'fiyona she'rlar yozib ijodini takomillashtira bordi. U ikki tilda –o'zbek va fors-tojik tillarida ijod qilgan. Shuningdek, Abduqayum Vahmiy taxallusi bilan ijod qilgan. Uning bu taxallusni tanlashini tasavvuf ta'limotiga oshnolikdan deb taxmin qilish mumkin. So'fi Olloyor, Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Sulaymon Boqirg'oniy asarlarini katta qiziqish bilan mutolaa qiladi. Ushbu shoirlarni o'ziga ustoz deb biladi va ularga ergashib, she'rlar yoza boshlaydi. Shoirlar ichida, ayniqsa, Abdurahmon Jomiyga ixlosi baland bo'ladi. ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostonida buni e'tirof etib, shunday deydi: Ki ul gumbaz ichida ko'p mashoyih, Qilurdilar alar ham mehrobonliq. Al arming ichida mavloviy Jomiy, B or ekanlar tanidim men alarni. B orib oldilarig'a chu ki men tez, K o'rushub dedim men, ustozimiz siz. Ki menda yuq dedim, bir zarra fahm, K o'rub nazm aylasam ko'p qissani ham. T avajju ayladilar menga darhol, Ki bo'lg'il, dedilar, doim boiqbol. T ufurdilar yana og'zimga bil fahm, D edilar, ey qo'zim, ko'p yemagil g'am. K o'rub sen nasrimizni nazm qilg'il, ' X aloyiqlarg'a sen xush bazm qilg'il. Ollohning chin oshig'i bo'lgan Abduqayum Vahmiy mutasavvuf shoirlarimiz Navoiy, Mashrab kabi uylanmay, oila qurmay o'tdi, umrini ijodga bag'ishladi. Ota- onasining vafotidan so'ng yashab turgan ota uyini singlisi Karomat bibiga bergan. O'zi esa Muhammad Yunus ismli muxlisining qaramog'ida bo'lgan. Muhammad Yunus shoirning issiq-sovug'idan xabardor bo'lib turgan, ijod qilishi uchun sharoit yaratib bergan. Shoir bu saxovatpesha inson haqida shunday yzadi: B u Vahmiyni rizqi kim edi chun, Q uloq solsang bayon aylayman aknun. M uhammad Yunus erdi oni nomi, A ni yaxshi ko'rardi xosi-omi. A bduqayum Vahmiyning vafoti haqida ikki xil qarash mavjud. Mazkur qo'lyozmaning hozirgi egasi va kitobni o'qigan marhum mulla Rahmonberdi hamda uning ukasi Xoldorali mulla Satimboy o'g'illari shoirning oxirgi yoshi 25 yosh bo'lgan degan fikrni aytadilar. Ikkinchi ma'lumotni, O'zganlik Mamazulun qozidan bilish mumkin. U kishi Bolali qayrag'ochda tug'ilib, voyaga yetgan, Vahmiy o'qigan madrasada ta'lim olgan. Keyinchalik esa O'zganda qozi etib tayinlangan. Uning aytishicha, Vahmiy payg'ambar yoshiga yetgandan so'ng yozgan asarlarini 5 nusxada ko'chirib, ularni mahalla oqsoqoli va masjid imomiga topshiradi. So'ng ular bilan vidolashib: ―ertaga juma namozida janozamni o'qib qo'yinglar‖-deb iltimos qiladi. So'ng bir g'orga kirib ketib qaytib chiqmaydi. Orqasidan uni izlab kirgan odamlar g'orning bir chetida yozilgan joynamozni ko'radilar xolos. Shunga ko'ra shoir Vahmiy taxminan 1888-1889 -yillarda vafod etgan degan xulosaga kelish mumkin. Uning 80-yillarda ham hayot ekanligini yana bir ma'lumot tasdiqlaydi: Qishloq keksalarining ta'kidlashicha, Podsho Rossiyasi Qo'qon xonligini bosib olganidan so'ng xonlik tugatiladi. Qo'qonda yangi idora tuzilmalari joriy qilina boshlaydi. Amaldorlar yangi idoraning xarajatlari uchun qishloq aholisidan soliq yig'ib olish lozimligini aytishadi. Qishloqda qancha xo'jalik borligini so'rashganida qozi ham, ellikboshi ham aniq javob bera olmaydi. Shunda Vahmiy tong sahar masjid boloxonasiga chiqib, tutun chiqargan uylarni sanab chiqadi.ma'lum bo'ladiki, Bolali qayrog'ochda 444 ta, cho'ldagi 16 ta xo'jalik bilan jami 460 ta xo'jalik borligi ma'lum bo'ladi va bu xabarni amaldorlarga yetqizadi. Shu tariqa yig'iladigan soliqqa ―Tutun puli‖ solig'i deb nom beriladi va buni shu qishloqqa vujudga kelgan deb e'tirof etiladi. Yuqoridagi ma'lumot ham shoirning 63 yoshlarida vafod etganligini tasdiqlaydi. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Abduqayum Vahmiy asarlari bir necha yillar mobaynida o'z muxlislariga manzur bo'lib kelgan. Ammo Vahmiy yashagan davrdagi mustabid tuzum B u fasl yaxshi, faqat xulosani davom qildiring... II bob. Abduqayum Vahmiyning adabiy merosi va ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostoni 2.1 Abduqayum Vahmiy adabiy merosining o'ziga xos xususiyatlari A bduqayum Vahmiyning bizgacha yetib kelgan adabiy merosi quyidagilardan iborat: 1. Li rik asarlar 2. ―S ayyid Ja'far G'oziy‖ dostoni 3. ― Haft g'azot‖ dostoni Vahmiy lirik she'riyatda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Boborahim Mashrab, So'fi Olloyor, Xojanazar Huvaydo kabi so'fiy shoirlar ijodiga ergashgan. U ham o'z she'rlarida Allohni tanish, Haqqa oshiq bo'lishning dardlari, komil inson bo'lib yetishish, dunyoning o'tkinchiligi bois unda faqat yaxshi amallar qilib yashash kabi yuksak insonparvarlik bilan yo'g'rilgan g'oyalarni ilgari surgan. Uning sherlari bizgacha juda oz yetib kelgan bo'lsada, shularning o'zi ham ijodkorning falsafiy mazmunda ijod qilgan so'fiy shoir ekanligini anglab yetishga kifoya qiladi. Jumladan, u she'rlaridan birida shunday deb yozadi: Kel, ey ko'ngil, bo'lib tashna qadam qo'ygilki, har yona, Bu nafsing rost yo'lga boshla, ki topgil bag'ri bir yona. Jahon ayvonidin chunkim, ketarsan oqibat bir kun, O'z ahvolingga yig'lab sen, qila ko'r ohu afg'ona… Zamiring qilmasang ravshan, ko'zingda bo'lmag'ay yoshing, Yo'l ozg'urub seni nafsing solur qorong'u zindona… Ma'lumki, barcha ulug' so'fiy shoirlar insonlarga nafsni tiyish haqida nasihat qilganlar. Chunki nafs insonni zalolatga, tubanlikka, o'zligini unutishga boshlaydi. Nafsni jilovlovlash insonni ikki dunyo saodatiga eltadi. Zero, nafsini jilovlab olgan kishi xaromxo'rlik, poraxo'rlik, o'g'irlik, buzuqlik ko'chasiga hargiz qadam qo'ymaydi. Shoir Vahmiy riyokor, ikkiyuzlamachi shayxlarni keskin tanqid qiluvchi otashin misrali she'rlar ham yozgan: Bu jahonda ko'p erurkim riyoli shayxlar, Nafs uchun muxlislaridin nazru niyoz axtarur…… G'azallarning vazni, bahrini aniqlang. Qo'llangan badiiy san'atlarni sanab, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsating. ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostoni va ―Haft g'azot‖ dostonlaridan 4-5 ta misollar keltirib, ularni sharhlash kerak. 2.2 ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostoni qo'lyozmasi va uning mavzuiy tasnifi A bduqayum Vahmiy ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostonini 1851-yil ya'ni yigirma besh yoshida yozgan. Kitob 600 varoq atrofida bo'lib, lirik sherlar bilan boshlanadi. Lirik she'rlar miqdorini aniqlash ancha mushkul chunki, kitobning boshlanish qismi titilib yaroqsiz holga kelib qolgan. Qo'lyozma ―Etimlar emasmu?‖ radifli g'azal bilan boshlanadi. Doston ushbu g'azal bilan boshlanishining alohida ramziy ma'nosi bor. Dostonning bosh qahramoni bo'lmish Sayyid Ja'far G'oziy Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v kabi uch yoshida otadan yetim qolib azob- uqubatda kun kechiradi. Doston mumtoz adabiyotimiz an'anasiga muvofiq Olloh taologa hamd va payg'ambarga na't bilan boshlanadi. Keyin voqealar bayoni boshlanadi. Asar kichik-kichik boblarga bo'lingan va har biriga sarlavha qo'yilgan. Shoir personajlar ruhiy holatini ochib berishda g'azallardan foydalangan. Shuningdek ba'zi o'rinlarda yuz berayotgan voqeaga o'z munosabatini bildirib ketadi, ba'zi o'rinlarda esa, hasbu holini ham aytib o'tishni unutmaydi. yozishda musulmon olami uchun eng og'ir davr bo'lgan IX – XII asrlar voqealarini asos qilib oladi. Asar musulmon dunyosini bir butun millat sifatida saqlab qolish uchun, mustaqillik va erk uchun olib borgan fidokorona kurash zamirida vujudga kelgan voqealar asosida yaratilgan. Sharqning mashhur ulamolaridan biri bo'lgan Abu Manjiq Shomiyning nasriy yo'lda yozgan ―Majma ul jahrin‖ kitobi va uning ma'lum bir qissalari asosida yozilib, vatanparvarlik, erkparvarlik, ruhi ufurib turgan bu asar o'z davrida mashhur bo'lgan. Shoir dostonning bir joyida Sharqda katta shuhrat topgan Abu Manjiq Shomiyning ushbu kitobi haqida shunday yozadi: Eshiting bu so'zni voqEeotidin, ―Majma ul jahrin‖ ning koinotidin. Chunki bu doston gavhar konidur, Ipga Vahmiy barchasin tizganidur. Barchasi qiymatbaho gavhar erur, Ham yana yoqut, la'l, axmar erur. Har kishi ko'rsa bu gavhar konini, Chun fido aylar o'shal dam jonini. O'ziga va o'tgan salaflarga bir qadar talabchan bo'lgan Vahmiy Shomiyni g'oyibona padari buzrukvor sanaydi, dostonni nazm qilishda madad berishlarini tilaydi: Bul umrung g'animat so'zla Vahmiy, Ijozat bersalar Manjiq Shomiy. G'oyibona anga farzand bo'ldung, Muborak so'zlarini nazm qilding. Asarda ilohiy qudrat ma'lum davr va yurtlarda navbat bilan ko'chib yurishi haqidagi e'tiqod aks ettirilgan. Asardagi voqealar diniy-ilohiy bashoratlar bo'lib, har bir voqea-hodisa ilohiy qudratning natijasi deyish mumkin. Asar sahoba Abduvahobning Rum shahri haqidagi hikoyatni Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v ga aytib berishlari bilan boshlanadi. Sahoba Abduvahob shunday hikoya qiladi: ―Rumga borib ancha turdim. U yerdek obod va ko'rkam shaharni boshqa hech qaerda uchratmadim. Har tomon go'zal va betakror gullarga burkangan, bu shahar o'zining jozibador tabiati bilan kishini o'ziga rom etadi. Ammo u yerning aholisi hamda shohi Qaysar butlarga sig'inar ekan. Shoh Qaysar mol-dunyoga o'ch ekan. Yana ularning Shams degan begi bor bo'lib, har kuni butxonasiga kirib, yig'lab o'tirar ekan. Rum shahrini ularga hayf deb bildim‖. Shundan so'ng Rasulullohning muborak ko'ngillari Rumni ko'rishni istab qoladi. Rumga borib butxonalarni vayron qilmoqchi bo'ladilar. Xudo Jabroildan vahiy yuboradi: ―Habibim kecha-kunduz meni yodida tutsin, sening vafotingdan 200 yil o'tib, naslingdan bir er tug'iladi. Uning ismi Sayyid Ja'far bo'ladi‖. Sayyid Ja'far ilohiy qudrat bilan yo'g'rilgan ulug' zot. U Payg'ambarimizning sakkizinchi avlodlari bo'lgan. Asarning yetakchi qahramonlaridan yana biri Payg'ambarimizning muborak ruhlaridir. U Sayyid Ja'farning boshiga og'ir kun tushganda yonida bo'ladi, unga ruhiy dalda berib turadi. Sayyid Ja'far ma'lum darajada ilohiy qudrat bilan yo'g'rilgan tarixiy shaxs. Uning duolari Olloh taolo tomonidan qabul qilinadi. Fikrimizni dalillash uchun dostondan misol keltiramiz: Sayyid Ja'far qadimgi Xo'jandga otasi Husayn G'oziyning quli Ja'daning o'g'li Musoni qidirib borganda, Xo'jand podshosi Toriyun(Qaysarning qaynog'asi)ga asir tushib, zindonband qilinadi. Zindonda Olloh ato etgan shirali ovozi bilan qur'on o'qiydi. Bu ovoz Toriunning qizi Gulandomni maftun etadi. Sayyidning bahodir va pahlavonligini eshitib yurgan Gulandom zindonni aylanish bahonasida ichkariga kiradi va Sayyid Ja'far bilan uchrashadi. Gulandom Sayyiddan karomat ko'rsatishni, agar xudo haq bo'lsa, karomat ko'rsatsa, musulmon bo'lishini aytadi: Gulandom aydi, g'oyibdin oshu non, Ki hozir qil, bo'loyin men musulmon. Shunda Sayyid Ja'far taxorat olib, ikki rakat nafil namozini o'qib, xudoga iltijo, Muhammad Mustafoga durud aytib, tamom o'tgan payg'ambarlar ruhiga sig'inib duoga qo'l ko'taradilar. Ollohga munojot qiladilar: YO Olloh, deb Sayyid nolishqa kirdi, Ki zindonni ichi jumbushqa kirdi. Sayyid duosini Olloh taolo, Qabul qildi o'shal soat banogo. Zindonning ichidin bir yer yorildi, Sayyid karomatini barcha bildi. Xudoni qudratini qilg'il tamosho, Ki bir qo'l bo'ldi paydo anda nogoh. O'shal qo'lda bir taboq oshu bir non, Dasturxon birla ul chiqdi o'rolg'on. Behisht ne'matlaridin erdi ul osh, Ani ko'rgan kishilar to'kdi ko'z yosh. Shoir Vahmiy Sayyid Ja'far nomiga bir qadar ulug'lovchi, sharaflovchi, so'zlarni qo'shib qalamga olgan. Buning sababi shuki, islom ulamolari –mutasavvuflar ―bani bashar‖ ni odam, inson va abrorga guruhlaydilar. Abror –komil insonning eng yetuk darajasi hisoblangan. U Ollohga ―qob qavsayn‖ kabi yaqindir. Uning duosi shaksiz Olloh tomonidan qabul qilinadi, karomati o'sha lahzada amalga oshadi. Shunga ko'ra ―bani bashar‖ nisbatini hammasiga nisbatan qo'llab bo'lmaydi. Uni toat-ibodat, taqvoda Olloh huzurida e'tiborli komil inson, ilmu hunarda tengsiz, e'tiqodda benuqson bo'lgan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Sayyid Ja'far xalq dostonlaridagi Rustam, Alpomishdan farqli o'laroq. 3 yoshida maktab ta'limini mukammal egallab, 9 yoshida hadis ilmini chuqur o'rganadi. Qur'on, Injil, Zabur, Tavrotni yod biladi. Bu osmoniy kitoblarga tafsir aytadi. Xutbaxonlikda Benazir yigit bo'ladi. Dunyodagi hamma hunarlarni o'rganadi. Ustozi unga 9 yoshida duo beradi: Sayyid Ja'far ki har kun bo dili jon, Borib maktabga o'qur erdi Qur'on. To'qqiz yoshinda Qur'onni yod qildi, Yana tafsir, tamom hadisni bildi. O'qub Zabur, Tavrot, yana Injil, Tamomin yod qildi ul rasodil. Agar Qur'on o'qusa ul boyakbor, Har odam eshitib yig'lar edi zor. Eshitsa ul havodagi uchar qush, Yiqilurdi bo'lib lol, aqli behush. Xudoi bokaram dozandai roz, Berib erdi anga bir yaxshi ovoz. Olib aso chiqib boloi minbar, Qilurdi xutbaxonluq Sayyid Ja'far. Eshitsa har kishi yig'lar Eedi ul, Ko'zin yoshig'a yoqosi bo'lib ho'l. Ajoyib xushovozu ul neku huv, Har odam ko'rsa qilg'ay erdi orzu. Sayyid Ja'far ilmda mustaqil bo'lib, ma'lum darajaga yetgach, harbiy ilmni egallashga kirishadi. Bu yo'lda unga keksa pahlavon G'azbon ustozlik qiladi. G'azbon bir qishu yoz o'zining barcha ilmlarini Sayyid Ja'farga o'rgatadi. Keksa pir undagi ishtiyoq, shijoatini ko'rib, xursand bo'ladi va uni duo qiladi: Duog'a qo'l ko'tarib anda G'azbon, Sig'inib dedi yo qudratli Yazdon. Ani saqla, dedi jumla balodin, Jahonda har nai jabru jafodin. Xudoyo, sendin o'zga yo'qtur g'amxo'r, Anga bo'lg'il, dedi doim madadkor. Qilib fotiha ul G'azbon dilovor, Duo aylab, dedi Ollohu akbar. Sayyid Ja'farga G'azbon berdi ruxsat, Bahodur bo'ldilar ul mohi san'at. Sayyid 10 yoshga to'lganda el orasida shuxrat topdi. Ramazon bayrami munosabati bilan beklarning iltimosiga ko'ra o'zining uchqur oti Devi Asqarni minib, egallagan barcha hunarini namoyish qiladi. Saylgohga yig'ilgan kishilar uning chaqqon va baquvvatligiga tahsin aytadilar. Bu pahlavonda ajib hunarlarni ko'rgan xalq ―otasidek mard o'g'lon bo'libdi‖ deb aytadi va otasining taxtini egallashiga da'vat etadi. Bundan Sayyidning ko'ngli havolanadi. Sayyid hamiyatli, andishali, fikr- mulohazali Gulbin bibi tarbiyasida nochorlikda, kamtar, sabr etuvchi, pahlavon yigit bo'lib voyaga yetgan edi. Garchi uning ko'ngli otasining mansabini olishga intiq bo'lib tursa ham, onasining pand-nasihatlariga quloq solib, aql bilan ish tutadi. Payti kelgunicha sabr qilishga qaror qildi. Sayyid beva-bechora, ojizu notavon, faqiru muxtoj kishilarga mehribon ularning himoyachisi, qo'ldoshidir. U oltin kumushga, mol-dunyo orttirishga qiziqmaydi. Doimo faqirona hayot kechiradi. Ajdodlari Muhammad Mustafo, Hazrat Alilarning fe'l-atvori Sayyidga ham o'tgan bo'ladi. Uning bolalari ustozi uchun sovg'a olib bormoqchi bo'lganlarida, uydan arzigulik biror narsa chiqmaydi. Shunda Sayyid bolalariga boshidagi sallasini yechib beradi. Shuningdek, uning umr yo'ldoshi Gulandom Sayyidni Amir Umarning qiziga uylab qo'ymoqchi bo'lib, ―Ul qizni so'rab kelgil, bersa, qabul qilib olgin‖ deb Amir Umarnikiga jo'natadi. Amir Umarning ayoli buni eshitib, kambag'al, nochor, bechoraga qiz berishni xohlamaydi va qalinni katta so'raydi. Ayol ―buncha narsani Sayyid topib bera olmaydi, biz esa undan qutulamiz‖ deb o'ylaydi. Sayyid esa o'z omadiga, kuch- qudratiga ishonadi. Oq fil va boshqa qimmatbaho sovg'alarni olib kelish uchun bir yil muhlat so'rab Hindistonga jo'naydi. Safar chog'ida yo'lda uchragan faqir- bechoralar ahvoliga achinadi. Ularga qo'ldan kelgunicha yordam beradi. Sayyid otasi Husayn G'oziyning quli Ja'daning yetmish yildan beri bedarak ketgan o'g'li Musoni topish uchun Xo'jandga boradi. Boshidan ko'p qiyinchiliklar, sarguzashtlarni kechirib bo'lsa ham Musoni va boshqa bandilarni Torion zindonidan ozod qiladi. Shuningdek, u goh juhud podshohiga, goh yo'lda uchragan Bodrun shohiga, goh yetim qolib otamerosini ololmagan Qosimga, goh halokatga uchrab, sandiqqa solib daryoga oqizilgan shahzoda Ma'minga, goh o'z otasi o'rnida mansabdor bo'lgan Abdusalimga birdek xolisona yordam beradi. Ularning mushkulini oson qiladi. Necha bor dushman qo'lida asir tushib qolgan do'stlari Abduvahob, Axmar Tayron va boshqa safdoshlarini asirlikdan qutqaradi. Sayyid saxovatpeshalikda ham komil insondir. U din, e'tiqod yo'lida musulmonlar dunyosi uchun, xalqi va mamlakati uchun kechayu kunduz xizmat qilishga tayyor. U bu yo'lda boshiga har qanday jabru sitam kelsa ham ahdidan qaytmaydi. Masalan, bir kuni sayyidga xalifaning qizi va boshqa ko'p qizlarni o'g'irlab ketishgani haqida xabar berishadi. Xalifa Sayyiddan qizlarni Jodu o'g'irlab ketganini, ularni qutqarib kelishni iltimos qiladi. Sayyid uning iltimosini qabul qiladi va yo'lga otlanadi. Yo'lda Joduning makriga uchrab otidan, kiyimi va qurol-yarog'idan ayriladi. Unga Hizr alayhissalom va bobolarining ruhlari hamda Tonus pari yordam beradi. Sayyid xalifa va Tafonush shoh, Qamarshohlarning qizlarini Joduning qo'lidan ozod qiladi. Sayyidning bahodir, pahlavonligini, himmati baland, komil inson ekanligini ko'rib Qamarshoh butun yurti, sipohi, kattayu kichigi bilan musulmon bo'ladi: Qamarshoh ham quloch yozib yetushti, Salom aylab Sayyid birla ko'rushti. O'shal dam shodiyona cholduribon, Sayyidni keldi shahriga olibon. Qamarshoh yig'di darhol lashkarini, Hama shahrindagi yoshu qarini. Kelurdi barchasi ixlos qilibon, Sayyidning oldida bo'ldi musulmon. Sayyidning kambag'alparvarligi alohida tahsinga sazovor. U faqirlarni siylas yo'llarini ham yaxshi biladi. Qamarshoh yurtiga kirib kelayotganda, qo'sh haydab turgan mehnatkash faqirga ko'zi tushadi. Uni yoniga chaqirib, Qamarshohga qizini Sayyid olib kelayotgani xabarini aytib suyunchi olish uchun yuboradi: Necha kunlar yurub manzil ba manzil, Qamarshohni shahrig'a yettilar, bil. Ki biro dam qo'sh haydabon turardi, Sayyid oni Qamarshohga yubordi. Aning yuzi ki olmadek qizorib, Qamarshohdan suyunchi oldi borib. Sayyid podshohlar bergan hadyalar, g'animat mollar bilan Ka'bani ziyorat qilish uchun boradi. U yerda faqirlar va darveshlarga xayr-ehsonlar, sadaqalar qiladi. Shoir Makkai mukarrama va Madinai munavvara ahliga boyliklarini ulashganini zavq bilan tasvirlaydi: Olib moli g'animatlarni bisyor, Makkatullog'a keldi Sayyid abror. O'shal soat kirib saodat, Makkatulloni qildilar ziyorat. Yana qaytib chiqib ul Sayyid abror, Besh yuz tevani kelturub boyakbor. Faqirlarga darveshlarg'a berurdi, Sayyidga barchasi duo qilurdi. Ki andin so'ng Madinag'a yetushti, Besh yuz moyani Sayyid anda ulashti. Sayyid yangi musulmon bo'lgan viloyatlarga yordam qo'lini cho'zadi. Ularga masjid, madrasa va minbarlar barpo qilishda bosh-qosh bo'ladi. Ularga homiylik qiladi. Yangi islomiy qonun-qoidalar joriy qiladi: Buyurub buzdilar butxonalarni, Bino qildi masjid-madrasalarni. Sayyid Ja'far sahiy va ahiy yigitdir. Ota-bobolarining urf-odati va payg'ambarimiz sunnatlariga sodiq. U janglarda qo'lga kiritgan barcha o'ljalarni har doim g'oziylarga, quroldosh do'stlariga bo'lib beradi. O'zi esa faqirona hayot kechiradi. U hind safaridan qaytganda, vayron etilgan Malotiyani ko'rib ko'ziga yosh oladi, keltirgan boyliklarini shaharni qayta tiklash uchun topshiradi. O'zi esa bo'lajak qallig'ini asirlikdan qutqarish uchun Rumga yo'l oladi. U jo'mard yigit. Yakka jang qilishni yoqtiradi. Qo'shin yetaklab yurmaydi. Hatto unda xizmatkor qullar ham bo'lmaydi. Sayyid Ja'far qahramonlikda ―Shohnomadagi Rustami doston‖ni eslatadi. Rustam umri davomida uch podshoga xizmat qiladi. U shohlarga mute bo'lib, ularning amri-farmonini bajaradi. Shohlarning dushmanlariga qarshi kurashadi. Shu yo'sinda shohlarning qo'lidagi ―Qo'g'irchoq‖ qa aylanadi. Saroy fitnalari oldida ojiz qoladi. Hatto, o'z o'g'li Suhrobni ham o'ldiradi. Sayyid Ja'far esa Rustamdan ancha kuchli, mard va jasur o'g'lon. U har neki qilsa, aql bilan qiladi. Sayyid horib- charchamaydigan, tinib-tinchimas yigit. U butun umrini g'azotga ya'ni xalqlarni musulmon qilishga bag'ishladi. Davlatlarni zabt etishda ham adolat yo'lidan bordi. Qurolsiz kishiga tashlanishni o'ziga or deb bildi. U qo'rqmas botir, uning nomini eshitgan dushmanning ko'ngliga qo'rquv uyg'onadi. Sayyid barcha mamlakatlarda musulmon dinini targ'ib qilish uchun kechayu kunduz jang qiladi: O'shal kecha Sayyid bir toqqa chiqib, Yarim kechada keldi na'ra tortib. Xuvorijlar eshitib bo'ldi hayron, Sayyid bul so'zni aydi hayquribon. Xuvorijlar, biling bir xudoni, Yaratdi beustun arzu samoni. Ko'ngilni qo'ymagil nafsi havog'a, Ki iqror bo'l Muhammad Mustafog'a. Xuvorijlar eshitib bo'ldi g'amgin, Sayyid urdi o'shal kecha shabaxun. Sayyid Ja'far o'ta ziyrak, har bir voqea tafsilotini nihoyatda tez fikr oynasidan o'tkazadi. Unga tadbir o'ylab chiqa oladigan mushohadali tadbirkor inson. U hojatbaror, do'stlariga rahm-shafqatli, mehribon, dushmanga esa beshafqat. U ―Dushman bitta bo'lsa ham ko'p, do'sting yuzta bo'lsa ham kam‖ naqliga amal qiluvchi shaxs. Sayyid boshqalar hojatini chiqaruvchi saxovatpesha inson. U shohu gadoga birdek qaraydi. Sayyid goho qizlarini yo'qotib, qayg'uga botgan xalifaga, goho sevgi domiga ilinib ilojsiz qolgan kishilarga yordam qo'lini cho'zadi. Shu yo'l bilan o'ziga xayrixoh yaqin insonlarni orttiradi. U chin ma'nodagi musulmon. U o'zidagi bor imkoniyatni, yordamini hech kimdan ayamaydi. Toat-ibodat va taqvoni hech vaqt kanda qilmaydi. Sayyid Ja'far har bir ishini Olloh roziligi, vatan ravnaqi, xalq manfaati uchun qiladigan, vatanparvar, xalqparvar inson. U nimaiki qilsa musulmon olami uchun Ollohning irodasi va amri bilan qiladi. Ollohning bergan zahmatlariga sabr qiladi, chora qidiradi. Dushman ustidan ham Ollohning quvvatlashi bilan g'alaba qozonadi. ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostonida qalamga olingan har bir jang ma'lum bir maqsadlarni ko'zlagan holda boshlanadi va adolat yuzasidan hal qilinadi. Asarning bosh qahramoni, payg'ambarimiz Muhammad Mustafoning avlodi bo'lgan Sayyid Ja'farning maqsadi mamlakatlarni o'ziga bo'ysundirish emas balki, musulmon bo'lmagan xalqlarni islom dini bayrog'i ostida birlashtirish, ularga islom dinining millatparvar, xalqparvar din ekanligini hamda yaratgan Olloh va uning ummati Muhammad s.a.v yakkayu yagona ekanligini bildirishdir. Sayyid Ja'far tarixiy shaxs. Xalq qalbida jovidona yashaydigan o'lmas qahramon, u toat-ibodat, taqvoda hammaga o'rnak bo'ladigan inson. U vatan, el-yurt oldida, o'z g'oyasi yo'lida jonini tikkan qahramon o'g'lon. Bunday kishilar zohiran o'lsa ham botinan abadiy yashashga haqli. U bu haqda o'z tilida shunday deydi: Meni bir ish uchun kim yaratibdur, Hanuz ul ish tamom bo'lmay turubdur. Tamom bo'lmaguncha hech o'lmagayman, Quloq solgil, senga bu so'z degayman. O'shal ish chun tamom bo'lsa ko'rarman, Ki andin so'ng zohirimda o'larman. Doston mumtoz adabiyotimiz an'analari asosida sodda, ravon til bilan yozilgan. Dostonning ko'p o'rinlarida Navoiy uslubi ko'zga tashlanadi. Asar xuddi xalq qissalaridek ―Alqissa‖, ―Alqissa, andin so'ng‖, ―Roviylar andog' rivoyat qilurlarki‖, ―Vahmiy bir xabar keltursun‖ kabi jumlalar bilan boshlanadi. Xalq jonli tili asarda aks etib turadi. Shoir xalq maqollari, iboralaridan keng foydalanadi. Jumladan, qahramonlar tilidan aytilgan ―O'limdan xabarim bor, lekin bu gapdan xabarim yuq‖, ―Yomonlik ko'chasidan o'tmayman‖, ―xudo suygan bandasining qo'liga dunyo bermas, iymon berur‖, ―Va'dadan qaytgan –nomard‖, ―Er boshiga ish tushar g'am yemang‖ kabilar buning yorqin misolidir. Shoir ba'zi bir o'rinlarda o'z qarashlarini asar voqealari bilan bog'liq holda berib boradi. Tabiat, inson hayoti mazmuni, foniy va boqiy olam haqida bir qancha ahamiyatli fikrlarini uchratish mumkin. Bu esa asr qimmatini yanada oshirishga xizmat qiladi: Ilmi hikmat bu ilmi qoldin ermas, Ilmi hikmatni bilgay rahnamolar, Ki hol yo'linda dol sham'e safolar Ki rar ba'zi ―qol‖din ―hol‖ yo'liga Olib sham'e safoni yo'llarig'a Yurarlar ba'zi olim ―qol‖ y‗linda Kecha-kunduz havoyi nafs kuyinda. Haqiqat ilmdin ul bexabardur, Havoparvar kishilar govu hardur. Majoziy ilm o'qub shayton mal'un Haqiqatdin xabari bo'lmadi chun. Majoziy ilm chunkim ilmi shayton, Haqiqat ilmi chunkim ilmi rahmon. Majoziy ilm chunkim ilmi ―qol‖dur, Haqiqat ilmi chunkim ilmi ―hol‖dur. Zabardast piri komil avliyolar, Ki hol yo'lig'a kirgan rahnamolar. Tamomi rohizonlar ―qol‖ yo'linda, Ki fitna shamshiri bordur qo'linda. Tamomi piri komil ―hol‖ yo'linda Ki g'ayb shamshiri bordur qo'linda. Xudoni qahrig'a uchrasa har jon G'ayb shamshiri anga tekkay kelibon. Dostonda aysh-ishrat, mayparastlik mag'lubiyatning asosi sifatida talqin qiladi. U kishini zabun va xor qiladi deb ta'kidlanadi. Sayyid dushmanning bu salbiy fazilatidan unumli foydalanadi. Ularni ya'ni kofirlarni shu holda zabun etib, jonini jahannamga yuboradi. Asarda shohlarga xos dabdabalar qattiq kinoya ostiga olinadi, buni Qaysarning Malotiya ustiga qo'shin yuborishi manzarasida ko'rish mumkin: Tammom nag'orachini qildi tayyor Yana do'mbirachi, bir necha ayyor Kelib qaysar xilob qildi solib ko'z Nog'orachi turubdur o'n besh yuz 1) Qo'lyozmaning ilmiy tavsifini berish kerak; 2)mavzularni tasniflash kerak (masalan: qahramonlik, odillik, halollik, rostgo'ylik va hokazo mavzularga dostondan misollar keltirib, ularni izohlaysiz. Download 345.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling