Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar


Mavzuning o'rganilish darajasi


Download 345.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi345.97 Kb.
#1498767
1   2   3   4
Bog'liq
abdullayeva oysuluv abduqayum vahmiy qo\'lyozma devonini dastlabki o\'rganish natijalari

Mavzuning o'rganilish darajasi. Abduqayum Vahmiy hayoti va adabiy 
merosi haqida biror-bir ilmiy ish yoki dissertatsiya yoqlanmagan. U haqidagi 
ma'lumotlar darsliklarda ham mavjud emas. Ammo Farg'ona viloyati, Quva 
tumanidagi Bolali qayrag'och qishlog'ida, ya'ni Vahmiy tug'ilib o'sgan qishloqda 
yashovchi shoir Ibriq Quvoyi (Ibrohim Teshaboev) umrining 50 yilini Abduqayum 
Vahmiyning hayoti va ijodiga bag'ishlagan. Uning izlanishlari natijasida 2001-yil 
―Farg'ona‖ nashriyoti tomonidan Vahmiyning ―Doston va g'azallar‖ deb nomlangan 
to'plami chop ettirilgan. Ushbu risolaga filologiya fanlari nomzodi Rustamjon 
Tojiboyev tomonidan so`zboshi yozilgan.
Shuningdek Ibriq Quvoyi vahmiy qalamiga mansub ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ 
dostoni qo'lyozmasini tabdil qilib nashrga tayyorlagan. 
Ishning maqsad va vazifalari. Abduqayum Vahmiy hayoti va ijodini o'rganib, 
uni ilm ahliga tanishtirish, shoir devoni qo'lyozmasi, xususan, ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ 
dostoni haqida dastlabki ma'lumotlarni yetkazish bitiruv malakaviy ishining asosiy 
maqsadidir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda ishning oldiga qo'yilgan vazifalar
quyidagilardan iborat: 
–Abduqayum Vahmiyning hayoti haqidagi ma'lumotlarni to'plash; 


–shoir ijodi haqidagi ma'lumotlarni to'plash va uning Qo'qon adabiy muhitidagi 
ahamiyatini o'rganish; 
– lirik asarlarini tahlil qilish; 
–shoir qalamiga mansub bo'lgan ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostoni qo'lyozmasi
bilan tanishib chiqish; 
–dostonni mavzuiy tasnif qilish. 
 Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Bitiruv malakaviy ishining obektini 
Abduqayum Vahmiyning o'z dastxati bilan yozilgan ―Sayyid Ja'far G'oziy‖ dostoni 
qo'lyozmasi va ushbu qo'lyozmaning muayyan qismi tabdili tashkil etadi.
Ishning hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, to'rt faslni o'z ichiga olgan ikki 
asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovadan iborat. 



Download 345.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling