Ona tili o`qitish metodikasi fanidan
Download 235.11 Kb. Pdf ko'rish
|
ona tili oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda diktant
Reja:
1. O’quvchilarni tarbiyalashda diktantning roli va ahamiyati. 2.
Diktant yozishga tayyorlash. 3.
Diktant va uning turlari. 4.
Xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash.
Diktant- eshitib yozishdir. O’qituvchi butun matn, gap yoki so’zni diktovka qiladi, o’quvchilar yozadilar. Diktant ko’chirib yozishdan eshituv uquvi orqali qabo’l qilinishi bilan farq qiladi. O’zbek tili orfografiyasi qoidalari faqat fonetik prinsip asosidagina emas, balki juda ko’hp so’zlar morfologik prinsip asosida ham yozilishi sababli faqat diktant orqali o’quvchilarni savodxon qilish mumkin emas. Uslubchilar o’zlarining dikkat e'tiborlarini diktantni orfografik mashqlarning foydali turiga aylantirishga qaratib, uning juda ko’p turlarini ishlab berdilar. Yuqorida ta'kidlaganimizdek diktantning turi ko’p bo’lib, ayrimlari haqida to’xtalib o’tamiz :
xatolarni oldini olish maqsadida o’tkaziladi. Buning uchun tanlangan matn grammatik - orfografik tomonidan tahlil qilinadi, o’rganilgan qoidalar eslatiladi, ayrim so’zlarning yozilishi ta'kidlanadi, so’ngra matn aytib turib yoziladi. Ta'kidiy diktantning samaraliligi o’quvchilarning aktivligiga bog’lik, o’quvchilarni aktivlashtirish uchun matn tahlil qilinayotganda ularning ayrim so’zlarining yozilishini o’qituvchidan so’rashga, o’rganilgan qoidaga mos so’zni o’zlari tanlab, uni tahlil qilishga ayrim so’zlarni lug’atdan topib imlosini tekshirishga o’rgatish zarur.
unda ko’ruv uquvi ham faol qatnashadi. Boshlang’ich sinflarda ko’prok ko’rsatuv diktanti qo’l keladi. Bunda o’qituvchi o’tilgan mavzuga mos bo’lgan matnni darslikdan tanlaydi, yoki yozib qo’yadi. Matn o’quvchilarga o’qib beriladi, zarur qoidalar eslatiladi, u yoki bu so’zning to’g’ri yozilishi ta'kidlanadi, matn ogzaki tahlil qilinadi. So’ngra doskaga yozilgan matn parda yoki kog’oz bilan berkitiladi. Matnni diktovka bilan yozdirilgach, parda ochiladi. O’quvchilar o’z ishlarini doskadagi matnga qarab tekshiradilar, xatolarni to’g’rilaydilar. So’ngra daftarlar tekshirish uchun yig’ib olinadi. Saylanma diktant - Saylanma diktant ham ta'kidiy diktant kabi o’tkaziladi. Buning ta'kidiy diktantdan farqi shundan iboratki, tanlangan matn tahlil qilinib, o’rganilgan qoidalar takrorlab eslatilgach, o’qituvchi diktovka qilgan gapdan o’quvchilar o’rgangan qoidalarga mos bo’lgan so’z yoki so’z birikmasinigina tanlab olib yozadilar. Masalan, Saylanma diktant qaratqich kelishigidagi otning gapda boshqa otga bog’lanishini mustaxkamlash maqsadida o’tkazilsa, “maktabimizning shuxrati butun yoyilgan” gapi diktovka kilingach, o’quvchilar qoidaga mos “maktabimizning shuxrati” so’z birikmasinigina yozadilar va xokazo. Saylanma diktantda vaqt tejaladi, kerakli so’z yoki so’z birikmalarigina yoziladi. Matnga o’rganilgan mavzuni puxtalashga o’quvchilarning faol munosabati talab etiladi.
takrorlab, eslatiladi, so’ngra tanlangan matn diktovka bilan yozdiriladi va tahlil qilinadi. Diktant darsning o’zida tekshiriladi. Ayrim vaqtda tekstning bir qismi yozib bo’lingach, shu qism tahlil qilinishi va tekshirilishi ham mumkin. Eslatish diktanti o’quvchilarni kontrol diktant yozishga tayyorlaydi.
xatoning oldini olish maqsadida imloviy mashq sifatida foydalaniladi. Bunda avval matn o’kib tahlil qilinadi, keyin diktovka qilib yozdiriladi, so’ngra tekshiriladi. Lug’at diktantda bog’lanishli matn yoki gaplar emas, balki o’rganilgan ayrim imlosi qiyin so’zlargina diktovka qilinadi. Buning uchun mavzu mazmuniga mos 10-15 ta imlosi qiyin so’z tanlanadi. Lug’at diktant ko’pincha dars oxirida o’tkaziladi (5-7 daqiqa ajratiladi). O’qituvchi so’zlarni aytib turib yozdiradi, o’quvchilar yozib bo’lgach, lug’atdan topib yozishni tekshiradilar. Ba'zan diktant uchun tanlangan so’zlarni ifodalovchi rasmlar ko’rsatiladi, o’quvchilar rasmlarda ifodalangan predmetlar nomini yozadilar (bir predmet rasmi ko’rsatiladi, o’quvchilar uning nomini yozib, vergul
qo’yadilar, ish shu tarzda davom ettiriladi) va yozgan so’zlarini lug’atdan tekshiradilar. Diktantning bu turi rasm diktant deb ham yuritiladi.
aytib turadi, zarur bo’lgan so’zning imlosini aniq va qisqa izohlab tushuntiradi. So’zni hamma bir vaqtda yozadi.O’qituvchi o’quvchining izohini kuzatib, zarur tuzatishlar kiritadi. So’zni izohlashda o’quvchi to’xtab qolsa yoki xato qilsa, uni navbatdagi o’quvchi izohlaydi. Izohlash uchun ayrim grammatik forma tanlanishi (bu tanlab izohlanishi / bu to’lik yoki umumiy izohlash) mumkin. Izohli yozuv xususiyatiga ko’ra ta'kidiy diktantga o’xshaydi, ammo izohli yozuvda matnni yozib borish jarayonida xatolar oldi olinadi. Bu usul jarayonni boshqaradi, o’quvchilarni o’z - o’zini tekshirib borishga o’rgatadi.
bayon yozishga tayyorlaydi. Diktant deb atalishining sababi - o’quvchini matnni diktovka qiladi, erkin deyilishining sababi matnni o’qib berilgan qismidan esda qolganini erkin ravishda yozishdir. Diktant uchun 3-5 abzasga bo’lingan matn tanlanadi. Matn o’qilishidan oldin zarur qoidalar takrorlab eslatiladi. O’qituvchi avval matnni yaxshi o’qib beradi, so’ngra abzasma-abzas o’qib yozdiriladi. Birinchi abzas oq’iladi, o’quvchilar esda qolganini yozadilar , ikkinchi abzas o’qiladi o’quvchilar esda qolganini yozib bo’lgach, uchinchi abzas o’qiladi. Diktantning bu turi to’g’ri yozuvga o’rgatishning nutq o’stirish vazifasi bilan uyg’unlashtirib amalga oshirishga yordam beradi. Masalan, uchinchi sinfda "Fe'l" mavzusi o’tib bo’lingach o’qituvchi biz, bog’, gul, qo’shni, termoq, o’ynab o’tib ketmoq, adashib qolmoq, qidirmoq, topib kelmoq, so’zlarini doskada yozib berib, "bog’da" mavzusida gaplar tuzishni topshiradi. O’quvchilar quyidagicha gaplar tuzib yozadilar: biz bog’da gullar terdik, Nafisa o’ynab bog’dan boqqa o’tib ketdi. U adashib qoldi, biz Nafisani qidirdik uni qo’shni bog’dan topib keldik. Ijodiy diktant imloni o’zgartirishni o’rgatishni nutq o’stirish bilan uyg’unlantirib amalga oshirishga imkon beradi, bolalardan matn tuzishga faol munosabatda bo’lishini talab qiladi. Kontrol diktant kontrol yoki tekshiruv diktanti O’quvchilar olgan bilim hosil qilgan ko’nikma va malakalarni tekshirish uchun o’tkaziladi. Kontrol diktantdan ayrim vaqtda o’qitish vositasi yoki imloviy malakalarini qosil qilishga qaratilgan mashq turi sifatida ham foydalaniladi. Kontrol diktant mustaqil diktant deb ham nomlanadi. Chunki O’quvchi qandaydir vazifani mustaqil bajarishda o’z kuchini sinaydi, o’zi bilgan qoidani O’qituvchi diktovka qilgan matnga tadbik qiladi. Kontrol diktant O’qituvchiga u yoki bu qoidaga oid mavzuni O’quvchilar qay darajada o’zlashtirganligi xaqida ma'lumot beradi va keyingi mashg’ulotlarni tug’ri rejalashtirishga imkon beradi. O’qituvchi butun sinf ayrim O’quvchilar nimani o’zlashtirmagani nimani takrorlash kimga qanday yordam berish qanday mashqlar ishlatish kerakligini aniqlab oladi. Diktantlar kuzatilgan natijani berish uchun uni tashkil etish va o’tkazishda ayrim talablarga rioya qilish zarur. 1. Kontrol ish ma'lum bir mavzu o’tilib , O’quvchilarda zarur malaka hosil bo’lgach, o’tkaziladi. Aks holda kontrol ish qiyinroq o’tkaziladi. 2.
Kontrol ish tekshirilganda yaqinda o’rganilgan mavzular bilan bir qatorda ilgari o’rgatilganlar yuzasidan yo’l qo’yilgan xatolar ham hisobga olinadi. 3. Diktant uchun materiallar sifatida ma'lum bir mavzudagi bog’lanishli tekst ba'zan alohida gaplar olinadi. Har bir sinf uchun so’zlar soni quyidagicha belgilangan: 1-sinfda ikkinchi chorak oxirida 20 so’z, yil oxirida 40 so’z; 2-sinfda ikkinchi chorak oxirida 55 so’z, yil oxirida 65 so’z ; 3- sinfda ikkinchi chorak oxirida 75 so’z, yil oxirida 85 so’z;
Diktant tekstining qiyinligi o’rtacha bo’lishi, ma'lum qadar imlosi o’rganilmagan so’zlar kiritilmasligi yaqinda o’tilgan mavzuga oid 2-6 so’z bo’lishi talab etiladi. Diktant teksti O’quvchilarning turli qoidalarga oid yo’l qo’ygan xatolarini aniqlash, taqqoslash imkoniyatini beradi. Tekstda ma'lum bir qoidaga oid nechta so’z bo’lishini bilgan O’qituvchiga O’quvchilar yo’l qo’ygan xatolar hisobini olish, ular urtasidagi farqni aniqlash oson bo’ladi. 4. O’qituvchi diktant tekstini o’qib, ayrim tushunarsiz so’z va iboralarni yo’l- yo’lakay tushuntiradi, O’quvchilar yozmay, faqat tinglab esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qiladi. O’qituvchi yig’ik sodda gaplarni butunligicha, yoyik sodda gap va qo’shma gapni esa qismlarga bo’lib yana o’qiydi, O’quvchilar yozadilar. Gaplar qayta o’qilganda O’quvchilar yozganlarini tekshirib ko’radilar. Tekst diktovka bilan yozdirilgach, O’qituvchi tekstni yana bir marta sekin o’qiydi, O’quvchilar yozganlarini tekshiradilar. Masalan, 1-sinfda so’zlarni so’roq berish orqali bir-biridan farqlash; 2-3 sinflarda so’z turkumlarini, otlarning egalik qo’shimchalarini topib, shaxs- sonini aniqlash, qaysi kelishikda turlanganini farqlash, fe'llarning qaysi shaxs- sonda turlanganini, zamonini aniqlash, xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash. O’qituvchi o’z o’quvchilarining imlo va grammatikadan qay darajada malaka hosil qilganini aniqlash va bu malakani takomillashtirib borish uchun ularning yozma ishda yo’l qo’ygan xatolarini hisobga olib borishi zarur. O’qituvchi diktant natijalarini hisobga olib boradigan daftariga eng bo’sh o’zlashtiruvchi O’quvchilar uchun alohida varaq ajratib, ular yo’l qo’ygan xatolarni yozib boradi. Bu O’qituvchiga O’quvchilarning orfografik savodxonligi qanday o’sishini ko’zatib borishga, ayrim O’quvchilarga sinfda va uyda bajarish uchun shaxsiy vazifalar berishga differensial yordam uyushtirishga imkon beradi. O’quvchilar yozma ishlarida yo’l qo’ygan xatolarini tugrilash ustida o’zlari ham mustaqil ishlaydilar. Buning uchun ular xato yozgan so’zlarini tug’rilab ko’chirib yozish bilangina chegaralanmay, ularni hisobga oladilar. Oradan ma'lum vaqt
o’tgach, O’qituvchi frontal suhbat vaqtida yoki O’quvchidan o’tilgan mavzuni so’rayotgan paytida zarur bo’lgan so’zlarni yozib berishini va qoidasini tushuntirishini so’raydi. Bu hildagi ish O’quvchilarni aktivlashtiradi. O’qituvchi chorak oxirida, yarim yilda, yil oxirida O’quvchilar ishida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni to’la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni O’quvchilar o’rgangan qoidalari asosida klassifikasiya qilish natijasida sinfdagi O’quvchilarning grammatika va imlodan o’zlashtirishi xaqida to’la tasavvurga ega bo’ladi. O’qituvchi O’quvchilar yo’l qo’yayotgan xatolarning sababini bilishi muhim ahamiyatga ega. Xatolarning kelib chiqish sabablari turlicha bo’lib, asosiylari qo’yidagilar hisoblanadi: 1. O’quvchi qoidani bilmaydi; 2. Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo’llay olmaydi; 3. Qoidalarni aralashtiradi; 4. Yozayotgan so’zlarini ma'nosini tushunmay xato qiladi; 5. ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi, yoki noto’g’ri talaffuz qiladi, yozish jarayonida o’zini tekshirib bora olmaydi. O’quvchilarning grammatik bilim va to’gri yozuv malakalarini hisobga olib, ona tilidan o’zlashtirishlari baholanadi. Boshlang’ich sinflarda bitta baho qo’yiladi, bunda O’quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ona tilidan bilim va malakalarini baholash me'yori I - IV sinflar rejasiga berilgan. O’quvchilar yo’l qo’ygan xatoning oldini olish va to’grilashda yozma ishlarni tahlil qilish darslari katta ahamiyatga ega. Bunday darsning ko’rilishi kontrol ishning xarakteriga ko’ra turlicha bo’ladi. Diktant tahlilida O’qituvchi bolalar diqqatini jamoa ishiga jalb etish uchun daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda O’quvchilar yo’l qo’ygan tipik xatolar ustida ishlanadi. O’qituvchi doskada, boshqa o’quvchilar daftarlariga sinfdagi ko’p o’quvchi xatoga yo’l qo’ygan so’z, yokigaplarni yozadilar; U yoki bu so’zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi aniqlanadi; To’g’ri yozuv qoidalari takrorlanadi. Tipik xatolar juda ko’p bo’lmaydi, shuning uchun O’qituvchi ular tahlilini tez tugatib, takrorlangan qoidaga oid so’z tanlash, shu so’zni qatnashtirib gap yoki so’z birikmasi to’zish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning ikkinchi qismida O’quvchilarning individual xatolari tahlil qilinadi. O’qituvchi O’quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular O’qituvchi tomonidan togrilangan so’zlarni topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar va xokazo. Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida izchil ravishda ishlab boriladi. Har bir dars, har bir O’quvchining javobi, har qaysi yozma ish O’quv predmetida berilgan bilimlarini o’zlashtirish darajasini ko’rsatib, O’qituvchi O’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko’proq e'tibor berish kerakligi haqida ma'lumot beradi. O’qituvchi alohida O’quvchi va butun sinf bilan olib boriladigan ishlarning aniq rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og’zaki va yozma javoblarni to’g’ri baholab borishi, o’z daftarchasiga zarur ma'lumotlarni yozib borishi lozim. Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma'lum sxema asosida gap bo’laklari, so’z turkumi yoki so’z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap bo’laklari, so’z turkumlari xaqida chizish bilan, so’z qismlarini ma'lum belgilar bilan gapdagi so’zlarning bog’lanishini sxema bilan ko’rsatish va shu kabilar.
Orfografiyadan- kontrol diktant: kerakli so’zlarni yoki tinish belgilarini qo’yib, bo’sh formada berilgan so’zlarga ko’shimchalar ko’shib gap tuzib, kitob yoki doskadan ko’chirib yozish; berilgan tema asosida gap tuzish; hikoya tarzidagi tekst asosida bayon yozish; ba'zan lug’at va kontrol diktantdan ham foydalanish mumkin. Maktab tajribasida grammatik bilim bilan orfografik malaka birga tekshiriladi, masalan: diktant yozdirilib, matndagi ayrim so’z, so’z birikmasi yoki gap tahlil qilinadi; Grammatik tahlil uchun ikki yoki uchta topshiriq berilishi mumkin.
Uchinchi sinf o’quvchilariga 2-chorakda "Qish keldi" mavzusida diktant yozdiriladi. Bundan maqsad bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish bo’ladi.
Mana qish ham keldi.Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi.
Uyning tomlari ham oppoq bo’ldi. Bolalar pal’to va ko’lpoq kiyib qorda o’ynaydilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi tepalikdan mazza qilib chana uchdilar. Malik juda saxiy bola. U chanasini o’rtoqlari bilan birga uchadi (49 ta so’z.) Diktant matnini o’qib, ayrim tushunarsiz so’zlarni yo’l - yo’lakay tushuntirib boriladi, O’quvchilar yozmay, faqat eshitib esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qilinadi. Matn diktovka bilan yozdiriladi. O’qituvchi matnni yana bir marta sekin o’qiydi, O’quvchilar yozganlarni tekshiradilar. O’qituvchi matnni adabiy til normalariga rioya qilib o’qib berishi zarur.
O’quvchilarni ishlari yig’ib olinib tekshiriladi. Tekshirilishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni: 1. Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so’zlarni aniqlash. 2. Xat boshidan yozish. 3. Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi. 4. Ko’plik qo’shimchalarini to’gri yozish. 5. Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish. 6. Chiroyli yozuv.
Diktant O’quvchilarni yozma nutqini o’stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jixatdan sodda va tushunarli bo’lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Birinchi sinfda diktant yozishda mo’ljallangan matn to’rt - besh gapli bo’ladi. O’qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o’qiydi. Har bir so’zni diktovka qilib yozdiradi. Xar bir gap tugagandan so’ng takrorlab o’qiydi. O’quvchilarga yangi gap bosh xarflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo’yilishini ham o’rgatiladi.
O’qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi.
O’quvchilarni diktant yozishga tayyorlash, ular yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolarni oldini olish ustida muntazam ishlash odatlantirishning sharti hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. K.Qosimova va b. Ona tili metodikasi.Toshkent. Nosir. 2009 yil 2. 2 DTS. "Boshlang’ich ta'lim" 5-son 2005 yil. 3. M.Jumaniyozova. M.Tilavova Husnixat va uni o’qitish metodikasi. (Ma'ruza matnlari) Urganch 2005 yil. 4.
K.Abdullaeva. Savod o’rgatish metodikasi. Toshkent "O’qituvchi" 2006 yil
Download 235.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling