Ona tili o`qitish metodikasi fanidan


Download 235.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.11.2020
Hajmi235.11 Kb.
#152709
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

ONA  TILI  O`QITISH METODIKASI FANIDAN  

 

 



 

 

 



 

R E F E R A T 

 

 

 

 

2010-yil 

 

 

 

 

Mavzu:  Boshlang’ich sinflarda diktant 

va  uning turlari 

 

 

 



       Reja: 

 

1. 



O’quvchilarni tarbiyalashda diktantning roli va ahamiyati. 

2. 


Diktant yozishga tayyorlash. 

3. 


Diktant va uning turlari. 

4. 


Xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Diktant- eshitib yozishdir. O’qituvchi butun matn, gap yoki so’zni diktovka 

qiladi, o’quvchilar yozadilar.  

Diktant ko’chirib yozishdan eshituv uquvi orqali qabo’l qilinishi bilan farq qiladi. 

O’zbek  tili  orfografiyasi  qoidalari  faqat  fonetik  prinsip  asosidagina  emas,  balki 

juda  ko’hp  so’zlar  morfologik  prinsip  asosida  ham  yozilishi  sababli  faqat  diktant 

orqali o’quvchilarni savodxon qilish mumkin emas. Uslubchilar o’zlarining dikkat 

e'tiborlarini diktantni  orfografik  mashqlarning  foydali  turiga  aylantirishga  qaratib, 

uning juda ko’p turlarini ishlab berdilar. 

Yuqorida  ta'kidlaganimizdek  diktantning  turi  ko’p  bo’lib,  ayrimlari  haqida 

to’xtalib o’tamiz : 

 

Ta'kidiy  diktant  -    Bu  diktant  o’quvchilar  yo’l  qo’uyishi  mumkin  bo’lgan 

xatolarni  oldini  olish  maqsadida  o’tkaziladi.  Buning  uchun  tanlangan  matn 

grammatik  -  orfografik  tomonidan  tahlil    qilinadi,  o’rganilgan  qoidalar  eslatiladi, 

ayrim so’zlarning yozilishi ta'kidlanadi, so’ngra matn aytib turib yoziladi. Ta'kidiy 

diktantning  samaraliligi  o’quvchilarning  aktivligiga  bog’lik,  o’quvchilarni 

aktivlashtirish  uchun  matn  tahlil  qilinayotganda  ularning  ayrim  so’zlarining 

yozilishini o’qituvchidan so’rashga, o’rganilgan qoidaga mos so’zni o’zlari tanlab, 

uni  tahlil  qilishga  ayrim  so’zlarni  lug’atdan  topib  imlosini  tekshirishga  o’rgatish 

zarur. 

 

Ko’rsatuv diktanti- diktantning bu turi ta'kidiy diktantning bir turi  bo’lib, 



unda ko’ruv uquvi ham faol qatnashadi. Boshlang’ich sinflarda ko’prok ko’rsatuv 

diktanti  qo’l  keladi.  Bunda  o’qituvchi  o’tilgan  mavzuga  mos  bo’lgan  matnni 

darslikdan tanlaydi, yoki yozib qo’yadi. Matn o’quvchilarga o’qib  

beriladi, zarur qoidalar eslatiladi, u yoki bu  so’zning to’g’ri yozilishi ta'kidlanadi, 

matn  ogzaki  tahlil  qilinadi.  So’ngra  doskaga  yozilgan  matn  parda  yoki  kog’oz 

bilan  berkitiladi.  Matnni  diktovka  bilan  yozdirilgach,  parda  ochiladi.  O’quvchilar 

o’z  ishlarini  doskadagi  matnga  qarab  tekshiradilar,  xatolarni  to’g’rilaydilar. 

So’ngra daftarlar tekshirish uchun yig’ib olinadi. 



 

Saylanma diktant - Saylanma diktant ham ta'kidiy diktant kabi o’tkaziladi. 

Buning  ta'kidiy  diktantdan  farqi  shundan  iboratki,  tanlangan  matn  tahlil  qilinib, 

o’rganilgan  qoidalar  takrorlab  eslatilgach,  o’qituvchi  diktovka    qilgan  gapdan 

o’quvchilar  o’rgangan  qoidalarga  mos  bo’lgan  so’z  yoki  so’z  birikmasinigina 

tanlab  olib  yozadilar.  Masalan,  Saylanma  diktant  qaratqich  kelishigidagi  otning 

gapda  boshqa  otga  bog’lanishini  mustaxkamlash  maqsadida  o’tkazilsa, 

“maktabimizning  shuxrati  butun  yoyilgan”  gapi  diktovka  kilingach,  o’quvchilar 

qoidaga mos “maktabimizning shuxrati” so’z birikmasinigina yozadilar va xokazo. 

Saylanma  diktantda  vaqt  tejaladi,  kerakli  so’z  yoki  so’z  birikmalarigina  yoziladi. 

Matnga  o’rganilgan  mavzuni  puxtalashga  o’quvchilarning  faol  munosabati  talab 

etiladi. 

 

Eslatish  diktanti  -  bu  diktantni  o’tkazishda  avval  zarur  imlo  qoidalari 

takrorlab,  eslatiladi,  so’ngra  tanlangan  matn  diktovka  bilan  yozdiriladi  va  tahlil 

qilinadi.  Diktant  darsning  o’zida  tekshiriladi.  Ayrim  vaqtda  tekstning  bir  qismi 

yozib  bo’lingach,  shu  qism  tahlil  qilinishi  va  tekshirilishi  ham  mumkin.  Eslatish 

diktanti o’quvchilarni kontrol diktant yozishga tayyorlaydi. 

 

Tayyorlov  diktanti  -  bu  diktantdan  kontrol  diktant  yozishga  tayyorlash, 

xatoning oldini olish maqsadida imloviy mashq sifatida foydalaniladi. Bunda avval 

matn  o’kib  tahlil  qilinadi,  keyin  diktovka  qilib  yozdiriladi,  so’ngra  tekshiriladi. 

Lug’at  diktantda  bog’lanishli  matn  yoki  gaplar  emas,  balki  o’rganilgan  ayrim 

imlosi  qiyin  so’zlargina  diktovka  qilinadi.  Buning  uchun  mavzu  mazmuniga  mos  

10-15 ta imlosi qiyin so’z tanlanadi. 

Lug’at  diktant  ko’pincha  dars  oxirida  o’tkaziladi  (5-7  daqiqa  ajratiladi). 

O’qituvchi  so’zlarni  aytib  turib  yozdiradi,  o’quvchilar  yozib  bo’lgach,  lug’atdan 

topib  yozishni  tekshiradilar.  Ba'zan  diktant  uchun  tanlangan  so’zlarni  ifodalovchi 

rasmlar  ko’rsatiladi,  o’quvchilar  rasmlarda  ifodalangan  predmetlar  nomini 

yozadilar  (bir  predmet  rasmi  ko’rsatiladi,  o’quvchilar  uning  nomini  yozib,  vergul 


qo’yadilar,  ish  shu  tarzda  davom  ettiriladi)  va  yozgan  so’zlarini  lug’atdan 

tekshiradilar.  

Diktantning bu turi rasm diktant deb ham yuritiladi. 

 

Izohli  yozuv-  o’qituvchi  gapni  o’kigach  bir  o’quvchi  so’zlarni  bo’g’inlab 

aytib  turadi,  zarur  bo’lgan  so’zning  imlosini  aniq  va  qisqa  izohlab  tushuntiradi. 

So’zni  hamma  bir  vaqtda  yozadi.O’qituvchi  o’quvchining  izohini  kuzatib,  zarur 

tuzatishlar  kiritadi.  So’zni  izohlashda  o’quvchi  to’xtab  qolsa  yoki  xato  qilsa,  uni 

navbatdagi o’quvchi izohlaydi.  Izohlash uchun ayrim  grammatik forma  tanlanishi 

(bu tanlab izohlanishi / bu to’lik yoki umumiy izohlash) mumkin. 

Izohli  yozuv  xususiyatiga  ko’ra  ta'kidiy  diktantga  o’xshaydi,  ammo  izohli  

yozuvda matnni yozib borish jarayonida xatolar oldi olinadi. 

Bu  usul  jarayonni  boshqaradi,  o’quvchilarni  o’z  -  o’zini  tekshirib  borishga 

o’rgatadi. 

 

Erkin diktant  -  diktantning bayonga  yaqin turi bo’lib,  o’quvchilarni  ravon 

bayon yozishga tayyorlaydi.  

Diktant  deb  atalishining  sababi  -  o’quvchini  matnni  diktovka  qiladi,  erkin 

deyilishining sababi  matnni o’qib berilgan qismidan esda qolganini erkin ravishda 

yozishdir. Diktant uchun 3-5 abzasga bo’lingan matn tanlanadi. Matn o’qilishidan 

oldin  zarur  qoidalar  takrorlab  eslatiladi.  O’qituvchi  avval  matnni  yaxshi  o’qib 

beradi,  so’ngra  abzasma-abzas  o’qib  yozdiriladi.  Birinchi  abzas  oq’iladi,  

o’quvchilar  esda  qolganini  yozadilar  ,  ikkinchi  abzas    o’qiladi  o’quvchilar  esda 

qolganini  yozib  bo’lgach,  uchinchi  abzas  o’qiladi.  Diktantning  bu  turi  to’g’ri 

yozuvga  o’rgatishning  nutq  o’stirish  vazifasi  bilan  uyg’unlashtirib  amalga 

oshirishga yordam beradi. 

Masalan, uchinchi sinfda "Fe'l" mavzusi o’tib bo’lingach o’qituvchi biz, bog’, gul, 

qo’shni,  termoq,  o’ynab  o’tib  ketmoq,  adashib  qolmoq,  qidirmoq,  topib  kelmoq, 

so’zlarini  doskada  yozib  berib,  "bog’da"  mavzusida  gaplar  tuzishni  topshiradi. 

O’quvchilar quyidagicha gaplar tuzib yozadilar:  



biz bog’da gullar terdik, Nafisa o’ynab bog’dan boqqa o’tib ketdi. U adashib qoldi, 

biz Nafisani qidirdik uni qo’shni bog’dan topib keldik. 

Ijodiy  diktant  imloni  o’zgartirishni  o’rgatishni  nutq  o’stirish  bilan  uyg’unlantirib 

amalga  oshirishga  imkon  beradi,  bolalardan  matn  tuzishga  faol  munosabatda 

bo’lishini talab qiladi.  

Kontrol  diktant  kontrol  yoki  tekshiruv  diktanti  O’quvchilar  olgan  bilim  hosil 

qilgan  ko’nikma  va  malakalarni  tekshirish  uchun  o’tkaziladi.  Kontrol  diktantdan 

ayrim  vaqtda  o’qitish  vositasi  yoki  imloviy  malakalarini  qosil  qilishga  qaratilgan 

mashq  turi  sifatida  ham  foydalaniladi.  Kontrol  diktant  mustaqil  diktant  deb  ham 

nomlanadi.  Chunki  O’quvchi  qandaydir  vazifani  mustaqil  bajarishda  o’z  kuchini 

sinaydi,  o’zi  bilgan  qoidani  O’qituvchi  diktovka  qilgan  matnga  tadbik  qiladi. 

Kontrol  diktant  O’qituvchiga  u  yoki  bu  qoidaga  oid  mavzuni  O’quvchilar  qay 

darajada o’zlashtirganligi xaqida ma'lumot beradi va keyingi mashg’ulotlarni tug’ri 

rejalashtirishga  imkon  beradi.  O’qituvchi  butun  sinf  ayrim  O’quvchilar  nimani 

o’zlashtirmagani nimani takrorlash kimga qanday yordam berish qanday mashqlar 

ishlatish kerakligini aniqlab oladi. 

Diktantlar  kuzatilgan  natijani  berish  uchun  uni  tashkil  etish  va  o’tkazishda  ayrim 

talablarga rioya qilish zarur.  

1. 

Kontrol  ish  ma'lum  bir  mavzu  o’tilib  ,  O’quvchilarda  zarur  malaka  hosil 



bo’lgach, o’tkaziladi. Aks holda kontrol ish qiyinroq o’tkaziladi. 

2. 


Kontrol  ish  tekshirilganda  yaqinda  o’rganilgan  mavzular  bilan  bir  qatorda 

ilgari o’rgatilganlar yuzasidan yo’l  qo’yilgan xatolar ham hisobga olinadi. 

3. 

Diktant  uchun  materiallar  sifatida  ma'lum  bir  mavzudagi  bog’lanishli  tekst 



ba'zan  alohida  gaplar  olinadi.  Har  bir  sinf  uchun  so’zlar  soni  quyidagicha 

belgilangan: 

1-sinfda ikkinchi chorak   oxirida 20 so’z,  yil oxirida 40 so’z; 

2-sinfda ikkinchi chorak   oxirida 55 so’z, yil oxirida 65 so’z ; 

3- sinfda ikkinchi chorak   oxirida 75 so’z, yil oxirida 85 so’z; 

 

  



Diktant  tekstining  qiyinligi  o’rtacha  bo’lishi,  ma'lum  qadar  imlosi  o’rganilmagan 

so’zlar kiritilmasligi yaqinda o’tilgan mavzuga oid 2-6 so’z bo’lishi talab etiladi. 

Diktant  teksti  O’quvchilarning  turli  qoidalarga    oid  yo’l  qo’ygan  xatolarini 

aniqlash,  taqqoslash  imkoniyatini  beradi.  Tekstda  ma'lum  bir  qoidaga  oid  nechta 

so’z  bo’lishini  bilgan  O’qituvchiga  O’quvchilar  yo’l  qo’ygan  xatolar  hisobini 

olish, ular urtasidagi farqni aniqlash oson bo’ladi. 

4. 

O’qituvchi diktant tekstini o’qib, ayrim tushunarsiz  so’z va iboralarni yo’l-



yo’lakay  tushuntiradi,  O’quvchilar  yozmay,  faqat  tinglab  esda  saqlab  qolishlarini 

eslatib,  har  bir  gapni  alohida-alohida  diktovka  qiladi.  O’qituvchi  yig’ik  sodda 

gaplarni  butunligicha,  yoyik  sodda  gap  va  qo’shma  gapni  esa  qismlarga  bo’lib 

yana  o’qiydi,  O’quvchilar  yozadilar.  Gaplar  qayta  o’qilganda  O’quvchilar 

yozganlarini tekshirib ko’radilar. 

Tekst diktovka bilan yozdirilgach, O’qituvchi tekstni yana bir marta sekin o’qiydi, 

O’quvchilar yozganlarini tekshiradilar. 

 Masalan, 1-sinfda so’zlarni so’roq berish orqali bir-biridan farqlash; 

2-3  sinflarda  so’z  turkumlarini,  otlarning  egalik  qo’shimchalarini  topib,  shaxs-

sonini  aniqlash,  qaysi  kelishikda  turlanganini  farqlash,  fe'llarning  qaysi  shaxs-

sonda  turlanganini,  zamonini  aniqlash,  xatolarni  hisobga  olish  va  ular  ustida 

ishlash. 

O’qituvchi o’z o’quvchilarining imlo va grammatikadan qay darajada malaka hosil 

qilganini  aniqlash  va  bu  malakani  takomillashtirib  borish  uchun  ularning  yozma 

ishda  yo’l  qo’ygan  xatolarini  hisobga  olib  borishi  zarur.  O’qituvchi  diktant 

natijalarini hisobga olib boradigan daftariga eng bo’sh o’zlashtiruvchi O’quvchilar 

uchun  alohida  varaq  ajratib,  ular  yo’l  qo’ygan  xatolarni  yozib  boradi.    Bu 

O’qituvchiga  O’quvchilarning  orfografik  savodxonligi  qanday  o’sishini  ko’zatib 

borishga,  ayrim  O’quvchilarga  sinfda  va  uyda  bajarish  uchun  shaxsiy  vazifalar 

berishga differensial  yordam uyushtirishga  imkon beradi. 

O’quvchilar  yozma  ishlarida  yo’l  qo’ygan  xatolarini  tugrilash  ustida  o’zlari  ham 

mustaqil ishlaydilar. Buning  uchun ular xato  yozgan  so’zlarini  tug’rilab ko’chirib 

yozish  bilangina  chegaralanmay,  ularni  hisobga  oladilar.  Oradan  ma'lum  vaqt 


o’tgach,  O’qituvchi  frontal  suhbat  vaqtida  yoki  O’quvchidan  o’tilgan  mavzuni 

so’rayotgan  paytida  zarur  bo’lgan  so’zlarni  yozib  berishini  va  qoidasini 

tushuntirishini  so’raydi.  Bu  hildagi  ish  O’quvchilarni  aktivlashtiradi.  O’qituvchi 

chorak  oxirida, yarim  yilda, yil  oxirida  O’quvchilar  ishida  yo’l  qo’yilgan  xato  va 

kamchiliklarni to’la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni 

O’quvchilar  o’rgangan  qoidalari  asosida  klassifikasiya  qilish  natijasida    sinfdagi 

O’quvchilarning grammatika va imlodan o’zlashtirishi xaqida to’la tasavvurga ega 

bo’ladi.  O’qituvchi  O’quvchilar  yo’l  qo’yayotgan  xatolarning  sababini  bilishi 

muhim  ahamiyatga  ega.  Xatolarning  kelib  chiqish  sabablari  turlicha  bo’lib, 

asosiylari qo’yidagilar hisoblanadi: 

1. 

O’quvchi qoidani bilmaydi; 



2. 

Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo’llay olmaydi; 

3. 

Qoidalarni aralashtiradi; 



4. 

Yozayotgan so’zlarini ma'nosini tushunmay xato qiladi; 

5. 

ayrim  nutq  tovushlarini  xato  eshitadi,  yoki  noto’g’ri  talaffuz  qiladi,  yozish 



jarayonida o’zini tekshirib bora olmaydi. 

O’quvchilarning grammatik  bilim va to’gri yozuv malakalarini hisobga  olib, ona 

tilidan  o’zlashtirishlari  baholanadi.  Boshlang’ich  sinflarda  bitta  baho  qo’yiladi, 

bunda O’quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ona tilidan bilim 

va malakalarini baholash me'yori  I - IV sinflar rejasiga berilgan. 

O’quvchilar  yo’l  qo’ygan  xatoning  oldini  olish  va  to’grilashda  yozma  ishlarni 

tahlil  qilish  darslari  katta  ahamiyatga  ega.  Bunday  darsning  ko’rilishi  kontrol 

ishning xarakteriga ko’ra turlicha bo’ladi.  

Diktant  tahlilida  O’qituvchi  bolalar  diqqatini  jamoa  ishiga  jalb  etish  uchun 

daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda O’quvchilar yo’l qo’ygan tipik xatolar ustida 

ishlanadi.  O’qituvchi  doskada,  boshqa  o’quvchilar  daftarlariga  sinfdagi  ko’p 

o’quvchi xatoga yo’l  qo’ygan so’z, yokigaplarni yozadilar; 

U yoki bu so’zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi aniqlanadi; 

To’g’ri yozuv qoidalari takrorlanadi. 



Tipik  xatolar  juda  ko’p  bo’lmaydi,  shuning  uchun  O’qituvchi  ular  tahlilini  tez 

tugatib,  takrorlangan  qoidaga  oid  so’z  tanlash,  shu  so’zni  qatnashtirib  gap  yoki 

so’z birikmasi to’zish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning 

ikkinchi  qismida  O’quvchilarning  individual  xatolari  tahlil  qilinadi.  O’qituvchi 

O’quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular O’qituvchi tomonidan togrilangan so’zlarni 

topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar va xokazo. 

 Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida izchil 

ravishda ishlab boriladi. 

Har bir dars, har bir O’quvchining javobi, har qaysi yozma ish O’quv predmetida 

berilgan bilimlarini o’zlashtirish darajasini ko’rsatib, O’qituvchi O’quvchilar duch 

keladigan qiyinchiliklar, keyingi  darslarda nimaga ko’proq e'tibor berish kerakligi 

haqida ma'lumot beradi. 

O’qituvchi  alohida  O’quvchi  va  butun  sinf  bilan  olib  boriladigan  ishlarning  aniq 

rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og’zaki va yozma javoblarni 

to’g’ri baholab borishi, o’z daftarchasiga zarur ma'lumotlarni yozib borishi lozim. 

Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma'lum sxema asosida  gap  bo’laklari, 

so’z turkumi yoki so’z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap  

bo’laklari,  so’z  turkumlari  xaqida  chizish  bilan,  so’z  qismlarini  ma'lum  belgilar 

bilan gapdagi so’zlarning bog’lanishini sxema bilan ko’rsatish va shu kabilar.  

 

Orfografiyadan- kontrol diktant: 



kerakli  so’zlarni  yoki  tinish  belgilarini  qo’yib,  bo’sh  formada  berilgan  so’zlarga 

ko’shimchalar ko’shib gap tuzib, kitob yoki doskadan ko’chirib yozish;  

     berilgan tema asosida gap tuzish

     hikoya tarzidagi tekst asosida  bayon yozish

     kichik hikoya yozish

     ba'zan  lug’at  va  kontrol  diktantdan  ham  foydalanish  mumkin.  Maktab 

tajribasida    grammatik bilim bilan orfografik malaka birga tekshiriladi, masalan: 

diktant yozdirilib, matndagi ayrim so’z, so’z birikmasi yoki gap tahlil qilinadi; 

 Grammatik tahlil uchun ikki yoki uchta topshiriq berilishi mumkin.  


  

Uchinchi  sinf  o’quvchilariga    2-chorakda  "Qish  keldi"  mavzusida  diktant 

yozdiriladi. Bundan maqsad bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish bo’ladi. 

 

Qish keldi

 

 



Mana qish ham keldi.Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi.   

 

Uyning  tomlari  ham  oppoq  bo’ldi.  Bolalar  pal’to  va  ko’lpoq  kiyib  qorda 



o’ynaydilar.  Abbos  bilan  Malikning  yangi  chanasi  bor.  Ular  yalanglik  chetidagi 

tepalikdan mazza qilib chana uchdilar.   

Malik juda saxiy bola. U chanasini o’rtoqlari bilan birga uchadi (49 ta so’z.) 

            Diktant  matnini  o’qib,  ayrim  tushunarsiz  so’zlarni  yo’l  -  yo’lakay 

tushuntirib  boriladi,  O’quvchilar  yozmay,  faqat  eshitib  esda  saqlab  qolishlarini 

eslatib,  har  bir  gapni  alohida-alohida  diktovka  qilinadi.  Matn  diktovka    bilan 

yozdiriladi.  O’qituvchi  matnni  yana  bir  marta    sekin  o’qiydi,  O’quvchilar 

yozganlarni  tekshiradilar.  O’qituvchi  matnni  adabiy  til  normalariga  rioya  qilib 

o’qib berishi zarur. 

 

O’quvchilarni ishlari yig’ib olinib tekshiriladi. 



 

 Tekshirilishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni: 

1. 

Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so’zlarni aniqlash. 



2. 

Xat boshidan yozish. 

3. 

Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi. 



4. 

Ko’plik qo’shimchalarini to’gri yozish. 

5. 

Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish. 



6. 

 Chiroyli yozuv. 

 

    Diktant  O’quvchilarni  yozma  nutqini  o’stirishda  katta  ahamiyatga  ega,  diktant 



uchun  matn  tanlash  muhim  masaladir.  Dastlab  kichik  matnlar  tanlanadi.  U 

sintaktik  va  leksik  jixatdan  sodda  va  tushunarli  bo’lishi  zarur.  Diktant  uchun 

tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.  


 

Birinchi  sinfda  diktant  yozishda  mo’ljallangan  matn  to’rt  -  besh  gapli 

bo’ladi.  O’qituvchi  matnni  bir  marta  sekin  va  ifodali  o’qiydi.  Har  bir  so’zni 

diktovka  qilib  yozdiradi.  Xar  bir  gap  tugagandan  so’ng  takrorlab  o’qiydi. 

O’quvchilarga  yangi  gap  bosh  xarflar  bilan  boshlanishini  va  oxirida  nuqta 

qo’yilishini ham o’rgatiladi. 

 

O’qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan 



rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi.  

 

 O’quvchilarni  diktant  yozishga  tayyorlash,  ular  yo’l  qo’yishi  mumkin 



bo’lgan  xatolarni  oldini  olish  ustida  muntazam  ishlash  odatlantirishning  sharti 

hisoblanadi. 

    

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Foydalanilgan adabiyotlar

 

1. 



   K.Qosimova va b. Ona tili metodikasi.Toshkent. Nosir. 2009 yil  2.              

2 DTS. "Boshlang’ich ta'lim" 5-son 2005 yil. 

3. 

M.Jumaniyozova.  M.Tilavova    Husnixat  va  uni  o’qitish  metodikasi. 



(Ma'ruza matnlari) Urganch 2005 yil. 

4. 


K.Abdullaeva. Savod o’rgatish metodikasi. Toshkent "O’qituvchi"  2006 yil  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 235.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling