Ona tili o’qitish metodikasi metod aslida yunoncha,,metodos“
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli. ,,Jnsho“
Download 50.55 Kb.
|
kitobcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janriga ko‘ra
- Insho rejasini tuzish.
- 15—25 daqiqa
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli.
,,Jnsho“ asli arabcha so'z bo'lib, m a’nosi „yaratish", „bino qilish“, „boshlash“ demakdir. Og'zaki va yozm a insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. Insho material manbaiga ko‘ra uchga bo'linadi: 1 ) o'quvchining o'zi ko'rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, kuzatishlar, ekskursiyalar, o'yinlar, o'z tajribasi va boshqa jonli m ateriallar asosidagi insho; 2 ) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o'qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho; 3) turli manbalar materialidan foydalaniladigan insho. Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko‘rish metodiga ko‘ra insho ikki turli boiadi: 1 ) sinf o'quvchilari uchun um um iy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan insho; 2 ) alohida mavzu asosida yakka tayyorgarlikdan so ‘ng yoziladigan individual insho. Janriga ko‘ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo' linadi. Boshlang'ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo'lgan hikoya tarzidagi inshodan ko'proq foydalaniladi. Rasm asosidagi insho maktablarda tez-tez o'tkaziladi, chunki rasm bolalar nutqiy ijodini, tasawurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor: 1 ) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 2 ) sujetli, o'quvchilarni o'ylashga, faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 3) rasmni tasvirlash (tasviriy insho). Insho rejasini tuzish. Reja har qanday og'zaki yoki yozm a hikoya qilishning zaruriy pog'onasi, uning ,,loyihasi“dir. Kishi o'z nutqi haqida o'ylab, asosiy gaplarini belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1 -sinfda reja rolini o'qituvchi savollari, ya’ni so'roq gapiar tarzidagi reja bajaradi; 2 -sinfda reja o'qituvchi rahbarligida jamoaviy tarzda tuziladi; 3—4-sinflarda esa mustaqil tuziladi. Boshlang'ich sinflarda 3—5 talik oddiy reja tavsiya qilinadi. Insho yozish uchun 2-sinfda odatda bir dars, zarur bo‘lib qolsa, ikkinchi darsdan 15—20 daqiqa, 3—4-sinflarda bir yoki bir yarim dars, ayrim vaqtlarda ikki darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun 20—25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, im loviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar ustida ishlanadi. O'quvchilar inshoni o'qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar, o'qituvchi ikki kun ichida tekshiradi. Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15—25 daqiqa vaqt ajratib, tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashg'ulot o'tkaziladi (insho tahlil qilinib, xatolar ustida ishlanadi). Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug‘aviy-uslubiy, morfologikuslubiy, sintaktik-uslubiy. Boshlang'ich sinflarda lug'aviy-uslubiy xatolar ko'proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi: Bir so'zni qayta-qayta ishlatish. So'zning m a ’nosini yoki m a ’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq m a ’nosida ishlata olmaslik. Shevaga xos so'zlardan foydalanish. Download 50.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling