Ona tili o’qitish metodikasi metod aslida yunoncha,,metodos“
Download 50.55 Kb.
|
kitobcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Xat-savod orgatish va nutq ostirish", „Oqish va nutq ostirish", „ Grammatika, imlo va nutq ostirish“
- Nutq turlari
- Ozbek tilining izohli lugati
1. Ta'limiy diktantlar — bilim berishga yo'naltirilgan diktantlar.
2. Tekshiruv diktantlari — o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar. Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Ta’kidiy diktant. 2. O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti. 3. Izohli diktant. 4. Saylanma diktant. 5. Erkin diktant. 6. Rasm diktant. 7. Lug'at diktant. 8. Ijodiy diktant. Tekshiruv diktanti biror bo'lim o'rganilgandan so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi. Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5—6 marta o'tkaziladi. Ona tili dasturining bo'limlari „Xat-savod o'rgatish va nutq o'stirish", „O'qish va nutq o'stirish", „ Grammatika, imlo va nutq o'stirish“ deb nomlangan. Nutq o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi:
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o'ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, „o'ylangan" (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o'ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi — tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi. Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og‘zaki va yozma bo'ladi.
Hozirgi o'zbek adabiy tili ulkan lug'at boyligiga ega. Besh jildlik „O'zbek tilining izohli lug'ati" da 80000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi berilgan bo'lib, bular umumiy qo'llaniladiganlaridir. Maktabda lug'at ustida ishlash metodikasi to'rt asosiy yo'nalishni ko'zda tutadi:
O'quvchilarn ing mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko'ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo'linadi: 1 ) namuna asosidagi mashqlar; 2 ) konstruktiv mashqlar; 3) ijodiy mashqlar. Download 50.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling