Ona tili o‘qitishda integrativ yondashuv
ONA TILI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV
Download 70.93 Kb.
|
ONA TILI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV
Dars faqat ta’limiy bo‘lib qolmasdan, o‘quvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mavzuni mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar, o‘quv respublikamiz kelajagiga ishonch va e`tiqodni shakillantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Umuman olganda integratsiya darsi bir- biriga mos kelishi ( mavzu jihatdan ) va puxta reja asosida tuzilgan bo‘lishi kerak. Maktablarda o‘qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtayi nazardan juda muhim bo‘lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini o‘rnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularni mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Maktablarda o‘rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko‘rinishli (fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Hozirgi zamon ilm- fanida esa iqtisodiy, siyosiy va madaniy fanlari integratsiyasiga moyillik yuqori turadi. Maktab umumta’lim fanlarining tarqoq holda o‘rgatilishi, ularni bir-biriga uzviy bog‘liqlikda o‘rgatilmasligi o‘quvchilar bilimini to‘la bo‘lishi va butun borliqni bir butun holda anglashlariga to‘sqinlik qilib, o‘quvchilarda qiyinlik uyg‘otadi. Olimlarimizning fikricha, integratsiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o‘rin egallaydi. Bunday tushuncha ta’lim tizimida integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini yana bir bor ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Ta’lim sistemasiga integratsiyani kiritish maktab va jamoatchilik o‘rtasida turgan ta’lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin. Integratsiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o‘rgatadi. Shuni alohida hisobga olish kerakki, maktablardagi boshlang‘ich sinflarda darslarning integratsion bog‘lanishlari ilmiy jihatdan kam ishlab chiqilgan. Mavjud turli fiklar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy bo‘lmaganligi sababli integratsiya muammosi hamon olimlarimiz o‘rtasida bahsli masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Download 70.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling