Ona tili o‘qitishda integrativ yondashuv


ONA TILI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV


Download 70.93 Kb.
bet5/17
Sana02.06.2024
Hajmi70.93 Kb.
#1837735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ONA TILI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV
Ta’kidlash joizki, DTS va o‘quv dasturlari uzviylik hamda uzluksizlik nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, optimallashtirilganidan amaliyotchilar xabardor. Xususan, ona tili fani bo‘yicha 10 soat hajmdagi 10ta mavzu optimallashtirilgan edi. Shundan 5-sinfda 4 soat, 8-sinfda 1 soat hajmdagi mav- zular murakkab deb topilib, ularga takrorlash darslaridan 1 soatdan qo‘shib berilgan. 9-sinfda esa 5 soat hajmdagi 5ta mavzu murakkab deb topilib, kasb-hunar ta’limi dasturiga o‘tkazilgan. Optimallashtirilgan mavzular bo‘yicha tayyorlangan tavsiyalar risola holida hamda elektron nusxada joylarga yetkazilgan.
Amaliyotchilarning metodik qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 5 va 7-sinflar darsligi asosida yaratilgan “O‘qituvchi kitobi”- ning to‘ldirilgan nusxasi qayta nashr qilindi (N. Mahmudov va b. Toshkent, 2011 yil.) 6-sinf bo‘yicha o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma yangidan yaratildi (M. Abduraimova va b. Toshkent, 2012 yil).
Adabiyot murakkab va ko‘p qirrali o‘quv fanidir. U o‘quvchilarni hayot bilan tanishtiradi, ularda atrof-muhit va inson xarakterining murakkabligini tushunish qobiliyatini, Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini rivojlantiradi. Adabiyot fanidan darsliklarga diqqat qiladigan bo‘lsak, keyingi yillarda darsliklar ancha takomillashtirildi. Jumaladan, J.Jabborov she’rlari dasturida berilmagani tufayli darslikdan chiqarilib, optimallashtirilgan o‘quv dasturida berilgan H.Olimjonning “O‘zbekiston” she’ri kiritildi. E. Vohidovning “Nido” dostoni 5-sinfga o‘tkazilgani tufayli, uning o‘rniga shoirning “O‘zbegim” qasidasi darslikka kiritildi.
A.Nurmonov boshchiligidagi mualliflar guruhi tomonidan yozilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darslik16larida ham mavzular o‘rta maktab dasturlarida berilgan materiallarni kengaytirgan holda, shuningdek, boshqa fanlar bilan aloqada o‘rgatishga mo‘ljallangan. Bizningcha, til ta’limida fanlararo bog‘lanish (integratsiya) tamoyilini ijobiy hal etish uchun dastur hamda darsliklarda berilgan materiallarning amaldagi tizimini alohida ishlab chiqish lozim.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarini adabiyot, milliy istiqlol g‘oyasi, odobnoma, shuningdek, rasm, chizmachilik fanlari bilan bog‘lab o‘qitish uchun modulli dars texnologiyalariga amal qilmoq joiz. Chunki bunday darslar o‘quvchilarni ijod qilishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
O‘qituvchining ijodkorligi shundaki, ular fan uchun ma’lum, ammo o‘quvchi bilmaydigan tomonlarni, avvalo, o‘zi loyihalaydi va o‘quvchilarini ham shunga undaydi. Modomiki, shunday ekan, akademik litsey o‘quvchilarida tafakkur o‘stirish uchun modul darslarini tashkil qilish orqali integratsiyani amalga oshirish samarali usul hisoblanadi.

Download 70.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling