Ona tili o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg‘unligi prinsipi
Download 12.92 Kb.
|
9-amaliy
Ona tili o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg‘unligi prinsipi. Maktabda o‘quvchilar ona tilming fonetikasi, leksikasi va grammatikasi yuzasidan o‘ta zamr bo‘lgan ilmiy bilimlar silsilasi bilan qurollantiriladi. Ular ona tili imlosi, talaffiizi, yozma nutqda tinish belgilami to‘g‘ri ishlatish yuzasidan zamr ko'nikma va malakalar bilan ta’minlanadi. Ayni vaqtda ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir. Ta’lim, tarbiya va rivojlanishr-bir butun jarayon. Ulami bir- biridan ajratgan holda alohida-alohida yoki darsning muayyan bir bosqichida birin-ketinlik bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. 0‘quvchilar til hodisalarini o‘rganishar ekan, ayni vaqtda shu jarayonda ularga tarbiya beriladi; shaxsi rivojlantiriladi. Ma’rifiy matnlar ta’lim, tarbiya va rivojlanishni ta’minlovchi muhim vositadir. Ona tili mashg‘ulotlarida tanlanadigan matnlar mavzu jihatidan rang-barang bo‘lsa, o‘quvchilaming til materiallariga qiziqish darajasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ona tili darslarini o‘quvchilaming kundalik hayoti, mehnat faoliyati, turmushi bilan bog‘lash, foydalanish uchun tanlanadigan rasmlaming mazmun va mavzuiy rang-barangligini kuchaytirish darsning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi yo‘nalishini oshiradi. Ma’lumki, ona tili darslarida o‘quvchilar bajaradigan ishlar: kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari; xayol, diqqat, xotira, tafakkur kabi shaxsiy psixik xususiyatlami rivojlantirish, qiymchiliklami yengish mustaqil ijodiy faoliyat ko'rsatishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ayni vaqtda o‘quvchi shaxsini rivojlantiradi. Shunday qilib, ona tili darslari ta’limiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlami ko‘zlaydi. Bu prinsiplar qancha uyg‘un bo‘lsa, ona tili darslarining samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Ona tili o‘qitishda ilmiylik va tushunarlilik prinsipi. Та’limning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarli bo‘lishi prinsiplari o‘zaro bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan didaktik kategoriyalardir. Ta’limning ilmiyligi prinsipi o‘quv materialini hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligi fani yutuqlari asosida bayon qilishni taqozo etsa, ta’limning bolalar uchun tushunarli bo‘lishi prinsipi o‘quv materiallarini bolalaming yosh va psixologik xususiyatlariga, ulammg umumiy taraqqiyoti hamda bilish imkoniyatlariga moslab bayon qilishni talab etadi. Ta’lim jarayoni mantiqi bu prinsiplami o‘zaro aloqadorlikda qarashni zaruriyat qilib qo‘yadi. Mazkur prinsipga ko‘ra ona tilidan har bir sinfda o‘rganiladigan material hajm hamda mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi. Maktabda ona tili fani o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tayanadi. Bu prinsip o‘quvchilami hozirgi o‘zbek tilshunosligida qat’iy hal etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. Shubhasiz, o‘zbek tilshunosligida mavjud bo‘lgan barcha bilimlami bolaga berishnmg iloji yo‘q. Biz bolaga, asosan, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan og‘zaki va yozma nutqda bemalol foydalanish, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri o‘qish, to‘g‘ri fikrlash va to‘g‘ri so‘zlash uchun unga zarur bo‘lgan bilimlamigina berish imkoniyatiga egamiz, xolos. Demak, maktab ona tili kursi o‘quvchilami yuqorida tilga olingan malakalar bo‘yicha o‘ta zaruriy bilimlar tizimi bilan qurollantiradi. Ilmiylik prmsipini tushunarlilikdan ajratib bo‘lmaydi. Bu ikki prinsip bir-birmi to‘ldiradigan va dars samaradorligini ta’minlaydigan yagona prinsip sanaladi. Sababi, ilmiy bilimlar tushunarli bo‘lmasa, o‘quvchi uni o‘zlashtira olmaydi. Maktab ona tili darsliklarida ilmiylik va tushunarlilikni ta’minlash uchun quyidagilami hisobga olish lozim: fanda ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan, ilmiy jihatdan asoslangan maktab atamalarini ishlatish; har bir tushuncha va atamaning ma’nosini atroflicha ochish; ulami bolalammg puxta o‘zlashtirishlarini ta’minlash uchun yetarli miqdorda asosti materiallar bilan tahlil qilish; o‘rganilayotgan o‘quv materialining oldin o‘rganilgan mavzular bilan bog‘liqligiga amal qilish; bolalarni keyingi mavzulami o‘zlashtirishga tayyorlash; til asoslari, tushunchalarini o‘zaro chog‘ishtirib o‘rganish; ona tili ta’limi mazmunida grammatizmga yo‘l qo‘ymaslik, o‘quv materialini bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlashga, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki hamda yozma shakllarda 'to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga bo‘ysundirish; • o‘quv topshiriqlarini o‘quvchilaming ruhiy (psixologik) xususiyatlari va imkoniyatlariga mo‘ljallab tanlash Download 12.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling