Tarbiya fanini joriy etishning me‟yoriy-huquqiy asoslari
Download 33.7 Kb.
|
T3JmZPMk9YDXn4Ki365
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushunch so„zlar va iboralar
- Tarbiya”
9-mavzu: Tarbiya fanini joriy etishning me‟yoriy-huquqiy asoslari REJA:Boshlang‗ich sinflarda Tarbiya faninig joriy etilishi; Tarbiya faninig joriy etilishining me‘yoriy-huquqiy asoslari Mavzuga oid tayanch tushunch so„zlar va iboralar: ta‘lim, tarbiya, globallashuv asri, Konsepsiya, oilaviy tarbiya an‘analari. Tarbiya fani darsliklari va ularga qo‗yiladigan zamonaviy talablar. Tarbiya fanidan yaratilgan darsliklar, ularning tuzilishi, mazmuni va tahlili. Tarbiya darslarining o‗ziga xosligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonunida bayon etilgan ko‗rsatmalarni amalga oshirish va tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatini jahon ta‘limi andozalari talablariga mos bo‗lishini ta‘minlash bugungi kunda ta‘lim tizimi oldidagi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‗z o‗rnida mazkur masala va muammolar yechimi yo‗lida yurtimizda keng ko‗lamdagi ta‘lim islohatlarini amalga oshirish, ta‘lim jarayoniga axborot va zamonaviy, ilg‗or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, ta‘lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash kabi vazifalarni amalga oshirish ta‘limga yangicha yondashuvni talab etadi. Zotan, ta‘lim va tarbiyaning hayot talablari va bugungi taraqqiyotimizning muhim muammolari bilan birga o‗rganish, uni yanada boyitish, takomillashtirish va tushuntirish, targ‗ib etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, Tarbiya fanining asosiy vazifasi o‗quvchilarda yangicha dunyoqarash va mafkuraviy immunitet asoslarini, mustaqil fikrlash ko‗nikmalarini shakllantirish, yosh avlod qalbida g‗oyaviy bo‗shliq vujudga kelishiga yo‗l qo‗ymaslik, ularni ajdodlarning shonli kechmishi, fidokorligi va qahramonona hayoti ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Ayniqsa, Axborot va globallashuv asri deb atalayotgan bugungi kunda ushbu maqsadga erishish uchun o‗quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‗or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‗zbek tilining izohli lug‗atining uchunchi jildida ―Tarbiya‖ so‗ziga ta‘rif berilgan. Tarbiya so‗zi arab tilidan olingan bo‗lib, rivojlantirish, o‗stirish, o‗rgatish, ilm berish ma‘nolarini bildiradi. Ta‘lim, odob-axloq va shu kabi shakllarni o‗rgatib, singdirib, insonni voyaga yetkazish, ulg‗aytirish, o‗stirishdir. Shuningdek, insonda ish-hunar, odob-axloqni shakllantirish, rivojlantirishga, uning jamiyatda yashashi uchun kerak bo‗lgan xislatlarga ega bo‗lishini ta‘minlashga qaratilgan ish-amallar majmui va shu yo‗l bilan singdirilgan odob-axloq, xislat, fazilat kabilat tushuniladi. Ta‟lim so‗zi ham arabcha tilidan olingan bo‗lib, o‗rgatish, o‗qitish, ilm berish, ma‘lumot berish ma‘nolarida qo‗llaniladi. Yana bilim berish, malaka va ko‗nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Shuningdek, ilm-fan, yoki kasb-hunar sohalari bo‗yicha egallanadigan, olinadigan ma‘lumot va ko ‗nikmalar majmui hisoblanadi. Metodika - pedagogika fani sohasida ma‘lum o‗quv fanni o‗qitish qonuniyatlarini tadqiq qilad. Fanni o‗qitish metodikasi – ta‘lim tizimida ushbu o‗quv fanining ahamiyati va o‗rnini belgilaydi, uning vazifalari, o‗qitish mazmuni va hajmini aniqlaydi, ushbu fan bo‗yicha qo‗llanilayotgan usul, shakl va vositalarini o‗z ichiga oladi. Tarbiya fanini o‗qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan bo‗lib, o‗qitish jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishga yo‗naltirilib, u o‗quvchilarga tarbiya fanidan puxta bilim berish, ularni milliy g‗oya ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda tarbiya kursining maqsadi, ta‘lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullarini hamda tarbiya fanini o‗qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarbiya fani o‗qitish metodikasining asosiy fan sifatida o‗rganishdan ko‗zda tutilgan maqsad, tarbiya o‗qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat. Inson umri davomida oladigan barcha axborot va ma‘lumotning 70 foizini 5 yoshgacha olishi, davlatimiz rahbarining maktabgacha ta‘lim sohasiga qaratayotgan e‘tiborlari maktabgacha ta‘limning ahamiyatini yuksak darajaga ko‘tardi. Bu esa yoshlarimiz ma‘naviyatini ilk go‘daklik yoshidan boshlab, oila bilan hamkorlikda, bosqichma-bosqich ma‘naviy tarbiyalash metodlarini ishlab chiqishni taqozo qildi. Yoshiga mos ma‘naviy kamolot masalasi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish doirasida ilmiy asosda amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta‘limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda ―Tarbiya fanini o‘qitishni tashkil etish‖ mavzusida onlayn vebinar o‘tkazildi. Tadbirda Akademiyaning yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi boshlig‗i Munira Qahhorova mavzu bo‘yicha ma‘ruza qildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‗risida‖gi PQ-4307-son Qarorining 6-bandida: Uzluksiz ma‘naviy tarbiya konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangani hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Uzluksiz ma‘naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‗risida‖gi 1059-sonli qarori qabul qilingani haqida ma‘lumot berildi. Shuningdek, Konsepsiyaning maqsadi – yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko‘nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat. Har bir o‘g‗il-qizning o‘z yoshiga mos ma‘naviyat sohibi etib tarbiyalashda ota-onalar va pedagoglarga ma‘naviy-ma‘rifiy yordam berish belgilangan. Konsepsiyada 7-18 yoshlilar uchun darsliklar, adabiyotlar, media mahsulotlar, ilmiy-metodik qo‘llanmalar majmuasini yaratish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, 2019 yil 23 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta‘limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma‘naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‗ishlangan videoselektor yig‗ilishida maktablarda tarbiya masalasi muhokama qilindi. Mazkur yig‗ilishda maktablardagi ma‘naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, ―Milliy g‗oya‖, ―Odobnoma‖, ―Dinlar tarixi‖, ―Vatan tuyg‗usi‖ kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona ―Tarbiya‖ fanini joriy qilish zarurligi ta‘kidlangandi. 11 yillik maktabni bitiruv tadbirida har bir bitiruvchi o‘z xalqi, Prezidenti oldida o‘z hayotini yuksak ma‘naviyat asosida qurishga qasamyod qiladi. Bu esa hayotimizda uchrayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, ajrimlar, firibgarlik, loqaydlik, yot g‗oyalarga berilish va boshqa ma‘naviy illatlarning oldi olinishini ma‘naviy kafolatlashga xizmat qiladi. Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ―Ma‘lumki, har qanday mustaqil davlat mustahkam ma‘naviy poydevorga ega bo‘lgandagina yuksak taraqqiyotga erisha oladi. Shu maqsadda biz ―Uzluksiz ma‘naviy tarbiya konsepsiyasi‖ doirasida umumta‘lim maktablarida birinchi marta ―Tarbiya‖ fanini joriy etmoqdamiz‖ deb ta‘kidlandi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, xalqimizning oilaviy tarbiya an‘analari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, eng avvalo tarbiya vositasida bolalarga asriy qadriyatlar, milliy an‘analarni singdirish, oila mustahkamligini tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Joriy etilayotgan ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishga jiddiy e‘tibor qaratish zarur. Uning maktablarda o‘tilishi uchun ustozlarni tanlashda tajribali va bilimli hamda o‗quvchilarga o‘rnak bo‘loladigan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish lozim. Fan bo‘yicha dars berayotgan o‘qituvchi faqatgina darslik bilan chegaralanib qolmay, qo‘shimcha adabiyotlardan manba sifatida foydalanishlari muhimdir “Tarbiya” fani orqali tarbiyalamoqqa kimlar ko„proq haqli? O‗qituvchilar orasida doimgidek bahstalab mavzular ko‗p bo‗lsa-da, bular orasida yechimini kechiktirib bo‗lmas (balki kechikkandirman!) bir mavzu borasida to‗xtalmoqni joiz deb bildim. O‗quv yili boshlanishi arafasida eng ko‗p murojaat qilingan savollardan biri, umumta‘lim maktablarida yangi joriy etilayotgan ―Tarbiya‖ fanini kimlar o‗tsa bo‗lishi haqida bo‗ldi. Aslini olib qaraganda, davlatimiz rahbarining ta‘lim borasida qilgan eng katta islohotlaridan biri umumta‘lim maktablarida ―Tarbiya‖ fani joriy etilishi bo‗ldi desak adashmaymiz. Real hayotdagi muammolar va virtual olamning ta‘siri doirasida inson shaxsi psixikasi katta sinovlar oldida turgan bir paytda hattoki ko‗pgina rivojlangan mamlakatlarda ham yoshlar orasida jiddiy muammolar uchrayapti. Virtual hayotdagi ―olomonlashuv‖ holatlari real hayotga ham ko‗chmoqda. Achinarlisi, ba‘zan bu ―xislat‖lar yosh tanlamayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turfa toifadagi turli ma‘lumotlarni tahlil qilarkanman, bevosita vaqt oralig‗ida boy berilishi oqibatida o‗z natijasini ko‗rsatayotgan ―Tarbiya‖ fanini ko‗rgandek bo‗laman. Keling, siz bilan so‗z o‗yinimas, ma‘lumotlar o‗yinida o‗ynash orqali fikrlashamiz. Ma‘lumotlar, dalillar, qarashlarni asoslab keltiraman, siz xulosa chiqaravering. Demak, ―Tarbiya‖ nima ekanligini aniqlashdan boshlaymiz. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma‘naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaly pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‗lgan xususiyatlarga ega bo‗lishini ta‘minlash yo‗lida ko‗riladigan chora-tadbirlar yig‗indisi. Tarbiya insonning insonligini ta‘minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‗la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta‘minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‗tadi Tarbiya — ish, hunar, odob-axloq o‗rgatishga va umuman kishining g‗oyaviy va ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim sistemasi. Shunday ta‘lim sistemasi natijasida singdirilgan xislat, fazilat, odob-axloq (―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖). Shu o‗rinda Abdulla Avloniyning tarbiya borasidagi qiymati o‗lchanmas fikrini isbot o‗rnida keltirmoqchiman: ―Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir‖. Ma‘lumki, ta‘lim va tarbiyaning o‗rtasida ochiq-oydin farq bor. ―Ta‘lim‖—arabcha so‗z, o‗zagi ilm, tarbiyaning bir qismidir. Tarbiya esa ta‘limni o‗z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‗z-o‗zidan ta‘limga nisbatan keng qamrovlidir. Jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish zaruriyat, va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‗z ichiga oladi. Tarbiyaning makoni qalb bo‗lib, inson qalbiga ta‘sir etuvchi manbalardan foydalangan holda tarbiyaviy ishlar yo‗lga qo‗yilmog‗i lozim. Ha aytgancha, adabiyot (odob) o‗qitishning bosh maqsadi ham komil shaxsni shakllantirish! Adabiyot darslarida hadislar, adiblar, ularning ijod namunalari, asar qahramonlari va ular tahlil(ar.―halollash‖)i jarayonida o‗quvchi ruhiy va aqliy kamoloti bilan shug‗ullaniladi. Asar qahramonlari ruhiyatiga kirish jarayonida o‗quvchilar albatta o‗zlariga xos tuyg‗ularni his qilishadi. Birgina A.Qodiriyning ―O‗tkan kunlar‖ asarida Kumushning o‗lim to‗shagida yotgan holatda bo‗lsa-da, Yusufbek hojiga hurmat ko‗rsatib o‗rnidan turishga intilishining o‗zidayoq tarbiyaviy jihatlar o‗rgatilayotganini kim rad etoladi?! Adabiyot darslarida o‗g‗rilik va to‗g‗rilik, qo‗rqoqlik va uning badali, hissiyotlar ifodasi, vatanparvarlik, oilaga sadoqat, xiyonat, oqibat kabi insonga xos hislar o‗rgatiladi va bu orqali o‗quvchi tarbiyalanadi. Albatta, natija o‗qituvchi mahoratiga ham bog‗liq. Ishonavering, adabiyot darslari o‗quvchilarni katta hayotga adiblar va ularning asarlari orqali tarbiyalab, tayyorlaydi. Ta‘lim — komil tarbiyaning bir juz‘idir. U esa aqlni rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u o‗z hayotida kerak bo‗ladigan ilm-u ma‘rifatni, ashyolar to‗g‗risidagi turli ma‘lumotlarni, kasbiy mahoratni yoki kasb va hunarlarga tegishli bo‗lgan fanlarni o‗rganadi. Lekin tarbiyaga o‗xshab keng qamrovli bo‗la olmaydi. Chunki ta‘lim insonning ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham ta‘lim va tarbiya doimo birga bo‗lishi talab etiladi. Bu haqiqatni esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari orqali ham bilib olishimiz mumkin. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: ―Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ―Olloh taolo Men orqali yuborgan hidoyat va ilmning misoli yerga yoqqan yomg‗ir kabidir. Yerning ba‘zi joyi yaxshi ekan, suvni qabul qilib, ko‗plab nabotot va o‗simliklarni o‗stiribdi. Uning ba‘zi joylari qattiq ekan, suvni tutib qolibdi. Bas, u bilan Olloh odamlarga manfaat beribdi. Ular undan ichibdilar, sug‗oribdilar va ekin ekibdilar. Yerning ba‘zi joylari silliq ekan. Suv tutmas va ekin ham o‗stirmas ekan. Ana o‗sha xuddi Ollohning dinida faqih bo‗lgan kishiga o‗xshaydi. Olloh men ila yuborgan narsa unga manfaat beribdi. O‗zgalarga o‗rgatibdi. Boshqasi o‗sha narsaga e‘tibor bermagan kishiga o‗xshaydi. Yana biri esa, men ila yuborilgan Ollohning hidoyatini qabul qilmagan odamga o‗xshaydi, ―dedilar‖. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishi, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e‘tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‗lib o‗sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya inson o‗zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishiga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir-birlariga bo‗lgan ruhiy, ma‘naviy ta‘sirlari natijasida tarkib topadi deb, voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligini uqtiradi. Mushohada qilishingiz uchun jiddiy savol bermoqchiman! Ajdodlarimiz qanday qilib dunyo tan olgan buyuk muhaddislar At-Termiziy va Al-Buxoriy, fan va tarix olamida o‗z o‗rniga ega Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Navoiy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg‗ariy, Az-Zamaxshariy, Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Bobur, Komil Xorazmiy, Munis Xorazmiy, Jaloliddin Manguberdi, Nodira, Ogahiy, Avloniy, Qodiriy, Cho‗lpon, Behbudiy kabi buyuklarni olamga tuhfa eta oldilar? Bu ro‗yxatni davom ettirsamda tugata olmasligim aniq. Balki biz ortga qarab milliy pedagogikamiz tarixini ham o‗rganishimiz kerakdir. Keling, savolimga javobni qisman berishga harakat qilaman, lekin asosiy xulosaga o‗zingiz kelishingiz kerak. Barchamiz farzandlarimiz og‗ir-bosiq, mulohazali, ilmli, o‗zgalarni hurmat qiladigan haqiqiy inson bo‗lishini istashimiz tabiiy holat. Ajdodlarimiz bolaga ta‘lim(ilm)ni o‗rgatishdan oldin tarbiya (asosi ―rob‖, Alloh)ni bilishi bilan jiddiy shug‗ullanganlar. Bola ilm olishga kirishishdan oldin MUALLIMning din va dunyodagi darajasi haqida ma‘lumotlarga ega bo‗lgan, ta‘lim olishga kirishguncha tarbiyalangan. Yana unutmaslik kerakki, asosiy tarbiyani bola ko‗zi orqali ongiga qabul qiladi. Tarbiya berishda asosiy mas‘uliyat ota-onada deb bilamiz. To‗g‗ri! Ammo ota-onaning o‗zida bu borada muammo yetarlicha bo‗lsa-chi? Endi boshqacha hisob-kitob qilamiz. Ma‘lumki, bir bola SHAXS bo‗lib jamiyatga naf keltiradigan darajaga yetgunicha nafaqat ota-ona, balki davlat ham unga mablag‗ sarflaydi. Ta‘lim sohasi esa biznes va boshqa sohalardan farqli ravishda o‗z ―hosili‖ni vaqt hukmi bilan kafolatlangan tarzda beradi. Xalqimiz orasidagi ―ta‘limga sarflangan mablag‗ — eng oqilona mablag‗‖ degan fikr bekor gap emas. Hozirgi davrda inson qalbi va ongi uchun kurashning turli yo‗llari mavjud. ―Maxsus mutaxassis‖lar tomonidan ishlab chiqilib, tor doirada amaliyotga joriy etilish orqali o‗zlarining g‗arazli maqsadlarini tarqatayotganlarning maqsadi aniq. Boshqacha aytganda, mafkura poligonlari urush poligonlaridanda xavfliroq. Ammo biz yoshlarimizda yot g‗oyalarga qarshi g‗oyaviy immunitet shakllantira olayapmizmi?! O‗rni kelsa o‗zimiz yot va vayronkor g‗oyalarga qarshi tura olayapmizmi?! Demak, ta‘lim va tarbiya beruvchilar, rahbarlar va shu sohaga aloqasi bo‗lgan va bo‗lmaganlar bu borada sergak bo‗lmoqliklari kerakdek nazarimda. Sezgan bo‗lsangiz, fikrlarimni ma‘lumotlar orasida keltirib borayapman-u, lekin endi maqsadga ko‗chaman. Yaqinda quyidagi ma‘lumotlarga ko‗zim tushdi. Unda ―Tarbiya‖ fanini umumta‘lim maktablarining ―Boshlang‗ich ta‘lim‖, ―Milliy g‗oya va huquq‖, ―Tarix‖, ―Dinshunoslik‖ mutaxassisligiga ega fan o‗qituvchilari o‗tishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilab qo‗yilgan (tahlil qilganimda bilganlarim ko‗zim bilan o‗qiganimga mos kelmadi!) deyilgandi. Xulosa o‗zingizdan. Tarix — ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan voqelik, hayot. O‗tmishga oid fakt va hodisalar majmuyi, o‗tmish, kechmish. Biror voqea va hodisaning izchil taraqqiyot yo‗li (O‗zbek tilining izohli lug‗ati). Keltirilgan fan mutaxassislari bu fanni o‗qitmasin degan fikrdan yiroqman. Har bir darsda ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi MAQSADlar qo‗yilishining o‗zidayoq ta‘lim berish asnosida tarbiya birgalikda olib borilishini ta‘kidlamasam- da, buni bilasiz. Har bir ustoz o‗z yo‗nalishidan kelib chiqqan holda faniga oid tarbiyaviy jihatlarga ta‘lim jarayonida ahamiyat berib bormog‗i lozim. Endi ―Tarbiya‖ fani orqali tarbiyalamoqqa kimlar ko‗proq haqli degan savolga kechikkan javobim: Ma‘lum bir diniy muassasani tugatgan, dunyoqarashi keng, yoshi ulug‗, ko‗pni ko‗rgan, hurmatli va e‘tiborli mutaxassis (Albatta, tavsiya asosida). Ona tili va adabiyot fani o‗qituvchisi. Albatta, jamoada o‗z o‗rniga ega, so‗zi o‗tkir, dunyoqarashi keng, o‗rnak bo‗lgulik ish tajribasi bor o‗qituvchi bo‗lmog‗i kerak. Ichmaydi, chekmaydi degan sifatlarni kiritmasamda, bilasiz (Jamoadagi tanlov asosida, ibratli hayotiy tajribaga ega bo‗lsa yanada yaxshi). Mahalla atrofida, yoxud ta‘lim muassasasi atrofida yashovchi, el-yurt hurmatiga sazovor, o‗qimishli, bilimli, barcha sohada yoshlar uchun o‗rnak bo‗lishga arzigulik, so‗zi o‗tkir, pedagogik qobiliyatga ega inson. Zero, ―Ta‘lim va tarbiya—komillik garovi‖ ilmiy-ma‘rifiy asarida ta‘kidlanganidek (D. Qodirov, 2020-y), tarbiyadagi uch ildiz: oila, maktab, jamoatchilikdagi biror tomonning faoliyati bo‗shashdimi yoki noto‗g‗ri yo‗lga tushdimi, favqulodda voqealar sodir bo‗laveradi (Qolaversa, OILA-MAKTAB-MAHALLA hamkorligi kuchayarmidi...). Jamoada barcha yoshdagi insonlar bilan muloqot qilish orqali ta‘sir o‗tkaza oladigan, ibratli hayot yo‗liga ega, katta hayotiy tajribasi bor, ta‘lim-tarbiya sir- asrorlarini biladigan, yoshlar ongi va qalbiga ta‘sir o‗tkaza oladigan jamoa e‘tirofidagi o‗qituvchilar. Ba‘zan nafaqa yoshidagi yoki nafaqaga chiqqan ustozlarimiz tajribasidan muntazam ravishda nafaqat ―Tarbiya‖ fanida, balki sinfda va sinfdan tashqari ishlar va tadbirlarda foydalansak yanada o‗rinli bo‗lardi. Agar imkon bo‗lsa, bu fandan ta‘lim berish orqali kelajakni tarbiyalamoqchi bo‗lgan mutaxassislarga quyidagi kitoblarni o‗qib chiqmoqlikni va doimo ish stollarida, kitob javonlarida shu asarlar bo‗lmoqligini va undan doimo dars jarayonida qo‗shimcha manba sifatida unumli foydalanishlarini so‗ragan bo‗lardim: 1. Hakim at-Termiziy va Al-Buxoriy hadislari. 2.Rabg‗uziy, ―Qissasi Rabg‗uziy‖. Kaykovus, ―Qobusnoma‖. Sharq rivoyatlari va hikoyatlari. Rivoyatlar va asotirlar. O.Mahmudov. ―Farzandnoma‖. Shuni unutmangki, ―Tarbiya‖ fanining mas‘uliyati katta va yuki og‗ir. Agar maktabda bu fan o‗z egasini topib bolalarga yetkazilsa, o‗qitilsa, ishonavering maktab rahbariyati, o‗qituvchilar, ota-onalar uchun katta yengillik bo‗ladi farzand tarbiyasida. Qaysi fan o‗qituvchisi ―Tarbiya‖ fanidan ta‘lim berishidan qat‘i nazar, bu fanning zalvorini his qilsa yaxshi bo‗lardi. Xulosa o‗rnida shuni ta‘kidlardimki, yaxshi-yomon, halol-harom, egri-to‗g‗ri, hurmat-izzat, muhabbat va oqibatni bilib, his qilib o‗sgan o‗quvchilar jamiyat rivoji uchun albatta o‗z hissasini qo‗shishiga ishonamiz. Tengsiz bilim, mahorat va xotiraga ega bo‗lsa-da, ammo insoniy tuyg‗ulardan xoli bo‗lgan har qanday xodim, rahbar, va umuman olganda, jamiyatdagi har qanday shaxs, ishonavering, eng kerakli vaqtda va joyda sizga pand berishdan qaytmaydi va qo‗rqmaydi. Tarbiya juda ko‗p sohada hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, tarbiyaga e‘tiborsiz mamlakat qachon bo‗lsada tanazzulga va inqirozga yuz tutadi. Bolani milliylik, qadriyatlar, xalq pedagogikasiga suyanib, chin insoniy tuyg‗ular asosida tarbiyalash va jismoniy tarbiyaga e‘tibor berish borasidagi taklif va mulohazalar haqligini doimo hayotning o‗zi isbotlagan. Va unutmaylik, tarbiyada vaqtdan yutqazib bo‗lmaydi, boy berilgan vaqt og‗rig‗ini avlodlar his qilishidan og‗riqliroq alam bo‗lmasa kerak. “Tarbiya” fani nima maqsadda joriy etildi? ―Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida ―Tarbiya‖ fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‗risida‖ hukumat qarori bilan yangi ―Tarbiya‖ fani joriy etildi. Yangi darslikning avvalgilaridan farqi nimada? ―Tarbiya‖ darsligi ―Odobnoma‖, ―Vatan tuyg‗usi‖, ―Milliy istiqlol g‗oyasi va ma‘naviyat asoslari‖ hamda ―Dunyo dinlari tarixi‖ fanlarini birlashtirdi. 2. 1–9-sinflarda – 2020/2021-o‗quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022- o‗quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi. Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning ―Axloq ta‘limi‖, Singapurning ―Fe‘l-atvor va fuqarolik ta‘limi‖, Buyuk Britaniyaning ―Tafakkur‖, ―Xulq ta‘limi‖ fanlari va darsliklari yaqindan o‘rganildi. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr ko‘nikmalari deb nom olgan ―yumshoq ko‘nikmalar‖ joriy qilindi. Darslik orqali o‗quvchida bilim berishdan tashqari ko‘nikma shakllantiriladi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‗ulotlar va mavzular o‗quvchida muvaffaqiyat motivlarini uyg‗otadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi. O‗quv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan. ―Tarbiya‖ darsliklarida ―role-model‖, ya‘ni ―namuna keltirish‖ zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi. Bu yil sinov tariqasida 1-9 sinfgacha bo‘lgan darslik ustida bitta ijodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi o‘rtasidagi tafovut va takrorlanishlarni oldini oldi va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishi ta‘minlandi. Darslik yorqin, rangli, illyustratsiyalarga boy va har bir bo‘limi o‘ziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan ta‘minlangan. Har bir darslik uchun video, audio, media materiallar jamlashgan disk beriladi. Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson bo‘lish eng avvalo to‘g‗ri maqsad qo‘yishga bog‗liq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning ta‘limotiga ko‘ra, hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishishni o‘rganish ham aslida bir fan. ―Tarbiya‖ fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma- bosqich bolada maqsad qo‘yish va unga intilish ko‘nikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya dasturiga nazar tashlaydigan bo‘lsak; 1-sinfda o‗quvchi dastlab orzularini aniqlay olishni o‘rgatilsa, 2-sinfda o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish ko‘nikmasi shakllantirildi. sinfda o‗quvchida dasturni o‘zlashtirish natijasida maqsad va orzu- umidlarini amalga oshirishga harakat qilish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi sinfda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga sog‗lom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida o‘zini anglaydi va o‘z xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu ko‘nikmalar shaklanib, o‗quvchi o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish, mustaqil fikrlash, o‘z faoliyatini tahlil qilish, to‘g‗ri qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Respublika ta‘lim markazi https://www.uzedu.uz/ ―YANGI DAVR‖ DASTURIDA MAKTABLARDA ―TARBIYA‖ FANI JORIY ETILISHIGA BAGʻISHLANGAN LAVHA Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.Xalq ta'limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 23 avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‗ishlangan videoselektor yig‗ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining ―Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida ―Tarbiya‖ fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‗risida‖gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Qaror loyihasi muhokama uchun ―Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi‖ga joylashtirildi. Mazkur qaror loyihasi umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‗quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma'naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, shuningdek ―Odobnoma‖, ―Vatan tuyg‗usi‖, ―Milliy g‗oya‖ va ―Dunyo dinlari tarixi‖ kabi fanlarni birlashtirgan holda yagona ―Tarbiya‖ fanini bosqichma- bosqich joriy qilish maqsadida ishlab chiqildi. Qaror loyihasiga ko‘ra umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida ―Tarbiya‖ fani 1- 9-sinflarda 2020-2021 o‗quv yilidan, 10-11-sinflarda 2021-2022 o‗quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Qaror bilan ―Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 1-11-sinflari uchun ―Tarbiya‖ fani Konsepsiyasi‖ni, ―Tarbiya‖ fanidan darsliklar va o‗quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi tarkibini tasdiqlash nazarda tutilmoqda. 2020 yilning aprel-may oylarida ―Tarbiya‖ fanining 1-9-sinf darsliklari va o‗quv-metodik majmualari tajriba-sinovdan o‘tkaziladi. Tajriba-sinov natijalariga ko‘ra takomillashtirilgan holda chop etilgan yangi formatdagi zamonaviy ―Tarbiya‖ darsliklari va ularning multimedia ilovalari yangi o‗quv yili boshlangunga qadar maktablarga yetkazib beriladi. https://regulation.gov.uz/ Download 33.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling