Ona tili qaysi qatorda noto‘g‘ri yozilgan sifat so‘z turkumidagi so‘zlar berilgan? A xayrli, manfaatli b talluqli, taasurot c xiyla, bahil d taaluqli, tajjubli 2
Asir – asr. Asir – asirlikka tushgan odam, tutqun. Asr- yuz yillik davr. Asorat
Download 112.43 Kb.
|
Majburiy fanlar
Asir – asr.
Asir – asirlikka tushgan odam, tutqun. Asr- yuz yillik davr. Asorat – Arosat Asorat– 1. iz, nishon; 2. asirlik Arosat– 1. esankirab ikki o‗rtada qolmoq; 2) jannat bilan jahannam o‗rtasidagi vodiy) Ato – Ota Ato– in‘om, sovg‗a Ota –farzandli erkak Atoqli— Otoqli Atoqli— atoqli ot— gram. biror predmetga maxsus quyilgan nom. Samsung Otoqli— dong taratgan, ko'zg'a ko'ringan, mashhur. Otoqli olim. Ahil – ahl. Ahil – totuv, inoq, ittifoq. Ahl – biror soha, kasb yoki ma‘lum doiradagi kishilar. Majlis ahlining aksariyati xursand bo‗lib, mustafo Sodiqni olqishladilar. Ayrilik – ayriliq. Ayrilik – ayri bo‗ladigan, ayribop. Ayrilik yog‗och. Ayriliq – judolik, firoq, hijron. Ayon– A‘yon Ayon– ma‘lum, ravshan A’yon– amaldorlar Achipti– Achibdi Achipti – Oshiq o‗yini turi Achibdi – aynigan ―B‖ Bad– Ba‘d Bad – yomon, yaramas Ba’d –keyin, so‗ng Badnafs– badnafas Badnafs –ochko‗z, nafsi buzuq Badnafas– nafasi sovuq Bayon – Bayan Bayon– yozma ish turi Bayan –musiqa asbobi Bayon – Boyon. Bayon – biror voqea yoki hodisani ifodalab berish. Boyon – boylar. Bakor– Bekor Bakor –koriga yaramoq Bekor –befoyda, ishsiz Bal– Ball Bal –raqs kechasi Ball–baholash tizimi Band – Bant Band – 1. modda; 2. mashg‗ul; 3. uzumning bandi Bant – sochga taqiladigan lenta Barmoq– Bormoq Barmoq–qo‗l qismi Bormoq – borish Bazo‗r – Bahuzur– Bazur Bazo‘r – zo‗rg‗a, arang, zo‗r bilan. Bahuzur – bemalol, o‗ng‗aysizlik sezmay. Bazur – bemalol, o‗ng‗aysizlik sezmay. Banda – Bandi. Banda – din. Qul, odam. Bandi – asirlikka tushgan, tutqun. Biyron– Biron Biyron – so‗zamol, gapdon Biron – biror Bikr– Bikir Bikr– iffatli qiz, bokira Bikir –pishiq, mustahkam Birov – Burov Birov–kimdir Burov –buramoq Bob – Bop. Bob – asarning bir qismi, bo‗lagi, bo‗limi. Bop – munosib, mos. Bod – Bot. Bod – med. Revmatizm. Bot – tez, tez-tez; ko‗p vaqt o‗tmay. Borlik – Borliq. Borlik – bor bo‗lish, mavjudlik. Borliq – olam, dunyo. Boshda – Boshida Boshda – avval Boshida –oldida Bud –But Bud –bor-yo‗q narsa But – to‗liq, bekam-u ko‗st Burj – Burch. Burj – Yulduzlar turkumi, to‗dasi. Burch – vazifa, iftixor. Burish – Burush. Burish – burmoq fe‘lidan, harakatni bildiradigan ish oti. Burush – yuzdagi ajin, tirish. Buril – Burul Buril –burilmoq Burul–xoldor, ko‗kish (ot) Buqa– Buq‘a Buqa – yosh erkak qoramol Buq’a–madrasadagi hujra Buyuk – Buyuq. Buyuk – ulkan, katta. Buyuq – esk. Qattiq sovuq, izg‗irin. Bo‗yicha – Bo‗yincha. Bo‘yicha – ko‗ra, binoan. Bo‘yincha – arava qo‗shilganda otning bo‗yniga osiladigan asbob. ―D‖ Dadil – Dalil Dadil – dovyurak Dalil – isbot, fakt Davo – Da‘vo. Davo – shifo. Da’vo – da‘vogar yoki javobgar tomonidan qilinadigan qat‘iy talab; tuhmat. Davr – Davur. Davr – muddat, vaqt, zamon. Davur – s. t. qadar, - gacha. Men bu yigit bilan maktabga davur bordim. Dakki – Daqqi. Dakki – tanbeh, hayfsan. Daqqi – tinkasi qurigan, holdan toygan. Daqqi ot. Dard – Dart. Dard – qiynalish, azob chekish, azob. Dart – qarg‗ishni ifodalaydigan so‗z. Darz – Dars. Darz – devor, taxta kabilardagi yoriq. Dars – O‗quv ishining tashkiliy formasi. Daha – Daho. Daha – shaharning ma‘muriy rayoni yoki qismi. Daho – dohiy, dohiylik. Dala – Dara Dala –ekin maydoni Dara– ikki tog‗ orsidagi jarlik Darz – Dars Darz –yoriq, yorilgan Dars –saboq, mashg‗ulot Dazmol– Dastmol Dazmol–kiyim tekislaydigan asbob Dastmol–qozonyuvg‗ich Demak – Demoq. Demak – bas, binobarin. Demoq – aytmoq, gapirmoq. Diplomat – Diplomant. Diplomat – davlatlar bilan aloqa o‗rnatadigan hukumat vakili. Diplomant – oliy o‗quv yurtlarida diplom olish uchun berilgan topshiriqlarni bajarayotgan student. Dub – Dup Dub–daraxt Dup–tovushga taqlid so‗z Dust – Do‗st. Dust – zararli hasharotlarga qarshi ishlatiladigan maxsus zaharli dori, poroshok. Do‘st – og‗ayni, sirdosh, oshna, o‗rtoq. Devon– Divan – Dovon Devon – 1) she‘riy to‗plam; 2) Prezident Devoni Divan– yumshoq mebel Dovon – tog‗ yo‗li ―G‖ Gal – Gall. Gal – safar, marta. Gall – xalq nomi. Ganj – Ganch. Ganj – xazina, boylik. Ganch – suvoq uchun ishlatiladigan unsimon qurilish materiali. Gaz— G'oz Gaz— uchuvchan yoki tarqaluvchan fizik modda. G'oz— parrandaning nomi. Go‗sh – Go‗sht. Go‘sh – esk. kt. Eshitish organi, quloq. Go‘sht – hayvon va parrandalarning taom sifatida ishlatadigan eti. ―H‖ Halak- Halok Halak – sarson Halok: – halok bo‗lmoq – o‗lmoq Haram– Harom Haram –aysh – ishrat xonasi. Harom– nopok, toza emas Harif – Harf Harif–dushman, raqib Harf –tovushning yozuvdagi shakli ―I‖ Ijobiy – Ijodiy. Ijobiy – yaxshi, durust, ma‘qul. Ijodiy – ijodga oid. Ilik – ilk. Ilik – ichida yog‗I bo‗lgan suyak. Ilk – dastlabki, boshlang‗ich. Indamoq – Undamoq. Indamoq – ovoz chiqarmaslik, gap ochmaslik. Undamoq – biror narsaga da‘vat qilmoq. ―J‖ Jayron – Jiyron. Jayron – kiyikning bir turi. Jiyron – qizg‗ish tusli ot. Jodi – Jodu. Jodi – beda, makkajo‗xori kabilarning poyasini maydalaydigan qo‗l asbobi. Jodu – sehrli, afsunkor, fusunkor, maftun qiladigan. Jo— Joy Jo— dilga jo qilmoq, ko'ngilga joylashtirmoq Joy— biror narsa joylashadigan makon, o'rin. Juda – Judo. Juda – nihoyatda, eng. Judo – biror narsa yoki kimsasidan ayrilmoq yoxud ayirmoq. ―K‖ Kavsh – Kovush – Kovsh. Kavsh: kavsh qaytarmoq – ovqatni nyaxshi hazm qilish uchun chaynalmoq ( hayvonlar haqida ). Kovush – oyoq kiyimining bir turi. Kovsh – ekskavotar cho‗michi. Kamyob – Kamob. Kamyob – kam topiladigan, kam uchraydigan. Kamob – suvi kam, tanqis. Kampaniya – Kompaniya. Kampaniya – xo‗jalik yoki ijtimoiy- siyosiy jihatdan muhim masalani amalgam oshirish maqsadida ma‘lum muddat ichida o‗tkaziladigan ish. Saylov kampaniyasi. Kompaniya – korxona, birlashma. Karta – Qarta. Karta – geog. Xarita. Qarta – ovqatga ishlatish maqsadida, otning yo‗g‗on ichagidan maxsus tayyorlanadigan qazining bir turi. Kartochka – Kartoshka Каrtochka – katta-kichik varaqa shaklidagi qog‗oz Каrtoshka – o‗simlik Kafe- Kofe Каfe – qahvaxona Кofe – qahva Kechinma–Kechirma Каchinma – kishilarning ichki holati Кechirma – boshdan kechirgan hodisa Komplekt–Konflikt Кomplekt – narsalar yig‗indisi Кonflikt – to‗qnashuv Kompas–Kompost Kompas–geografik tamonlarni ko‗rsatish uchun xizmat qiladigan asbob Kompost–organik o‗g‗it Koks–Kokos Koks– neft qoldiqlaridan olinadigan yonilig‘i Kokos– yong‘oqli meva Kontakt – Kontrakt Kontakt –aloqa, robita, bog‗lanish Kontrakt –shartnoma Kuvrak – Kurak – Ko‗rak. Kuvrak – qarsillama, sersuv. Kurak – qazish quroli, bel. Ko‘rak – g‗o‗zaning sovuqdan ochilmay qolgan ko‗sagi. Kaft – Kift. Kaft – qo‗lning qismi. Kift – Yelka. Kuy – Ko‗y. Kuy – ohang, maqom, marsh. Ko‘y – orzu, havas. Kuyindi – Kuyundi Kuyindi –kuyishdan qolgan iz Kuyundi–kuyunmoq Kudurat– Qudrat Kudurat –gina, kek Qudrat –quvvat, qurb, mador, silla ―L‖ Laxcha – Lahja. Laxcha: laxcha cho‗g‗ – endigina yonib bo‗lgan ko‗mr yoki o‗tinning qip-qizil cho‗g‗i. Lahja – dialektologiyaga oid termin. Shevalar yig‗indisi. Lahm – Lahim Lahm–suyaksiz go‗sht Lahim –yerosti yo‗li Lof– Lop Lof –mubolag‗a Lop–birdan ―M‖ Matal – Ma‘tal Matal –hikmatli so‗z Ma’tal –muntazir, mahtal Mard – Mart Mard –yovqur, jasur Mart–oy nomi Mahal-Mahol Mahal–vaqt, payt Mahol–mushkul, qiyin Milk-Mulk Milk– tishni tutib turadigan o‗rni Mulk– moylik Murabba–Murabbo Murabba– kvadrat, to‗rtlik Murabbo– qiyom Murvat– Muruvvat Murvat – burab ochiladigan narsa Muruvvat– yaxshilik, shafqat ―N‖ Nav – Nov Nav – turi, xili Nov– tarnov Nasha– Nash‘a Nasha –narkotik modda Nash’a–huzur, halovat Naq – Naqd Naq– xuddi Naqd –naqd pul Nufus – Nufuz Nufus –aholi Nufuz–obro‗, e‘tibo Nar– Nor Nar– qushlarning ekagi Nor – bir o‗rkachli tuya ―O‖ Orden–Order Orden– xizmatlari uchun beriladigan mukofat Order– qaror, hujjat Olu – Oluv Olu –olxo‗ri Oluv–olish Ora– Oro Ora– o‗rtasi Oro– pardoz, zeb Oxir–Oxur Oxir– chegara, poyon Oxur –hayvonlarga yem solinadigan joy Oqlik – Oqliq Oqlik –Oq ranglilik Oqliq –sutga solinadigan qatiq Otalik – Otaliq Otalik –Ota bo‗lish Otaliq –xon saroyida shahzodalarni tarbiyalovchi kishi Og‗u–Og‗uv Og‘u – zahar Og‘uv– og‗ish ―P‖ Pay - Poy Pay - muskul. Poy - juft narsalarning (ko‗pincha oyoq kiyimlarining) biri. Palak - Falak Palak - gul solingan choyshab, so‗zana. Falak - osmon gumbazi, osmon, ko‗k. Pan - Fan Pan - Polshada, pomeshchik, boy. Fan - ilmlar majmui. Panton - Fontan Panton: Panton ko‗prik - suv ustiga vaqtincha qurilgan ko‗prik. Fontan - truba yoki teshiklardan yuqoriga qarab otilib turgan suv, favvora. Panеl - Fanеr Panel - binokorlikda keng qo‗llaniladigan temir-beton plita. Faner - juda yup?qa tahtalardan qat-qat qilib tayyorlangan; binokorlik, mebel sanoatida ishlatiladigan material. Papiros - Papirus Papiros - chekish uchun tamaki tiqilgan qog‗oz naycha. Papirus - tropik mamlakatlarda o‗sadigan qamishsimon o‗simlik, Download 112.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling