Ona tili ta’limi samaradorligini oshirish mohiyati jumaniyozova Muhabbat Xo‘sinovna


Ona tili darslarida yosh avlodga fan asoslaridan ta’lim berish bilan birga ularda turli ko‘nikma va malakalar ham shakllantiriladi


Download 46.5 Kb.
bet2/2
Sana28.02.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1238217
1   2
Bog'liq
Jumaniyozova M. 2-maqola Uzlit

Ona tili darslarida yosh avlodga fan asoslaridan ta’lim berish bilan birga ularda turli ko‘nikma va malakalar ham shakllantiriladi.

Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o‘zaro munosabati, his-tuyg‘ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi.

Maktabda ona tilini chuqur o‘rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ona tili darslarida ongli o‘qish va savodli yozishga o‘rganadilar, og‘zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. Ona tili sohasidagi ko‘nikma-malakalar (nutq, o‘qish va yozishga oid malakalar) o‘quvchilarning o‘quv mehnatining zamriy sharti va vositasidir. O‘quvchi o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda, o‘zining ona tilini o‘rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni o‘qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi.

Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg‘otishda ham alohida o‘rin tutadi.

Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi)ni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishdagi yetakchi tamoyilini amalga oshirish o‘quvchilar tilni murakkab, rivojlanuvchan, o‘zaro bog‘langan muhim tomonlarga ega bo‘lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o‘zaro bog‘langan qismlardan tuzilishini dialektik-materialistik tushunishga zamin boʻladi.


Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini oʻzbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); suzlarning oʻzgarishi gapda soʻzlarning bog‘lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); soʻzning morfemik tarkibi va soʻz yasalish usullari haqidagi (soʻz yasalishiga doir); soʻzlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); oʻzbek tili toʻg‘ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarning ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatison) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, soʻz yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuatison qoidalarda namoyon boʻladi. Bundan tashqari, oʻzbek tili kursi fonetik, gra­fik, morfologik, sintaktik va boshqa koʻnikma va malakalarni ham oʻz ichiga oladi.
Tilni oʻrganish jarayonida oʻquvchilarda boshqa koʻpgina oʻquv predmetlari uchun umumiy boʻlgan koʻnikmalar (predmetlararo koʻnikmalar)ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo koʻnikmalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Koʻrsatilgan koʻnikmalarni oʻquvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq, ishlash ularning oʻquv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus koʻnik­malar bilan predmetlararo koʻnikmalar, bir-biridan ajratilmagan holda, oʻquv-tarbiyaviy jarayonda shakilantiriladi.
Beriladigan bilim va oʻquvchilarda hosil qilinadigan maxsus koʻnikmalar maktab dasturlarida qayd etilgan.
Ona tili kursini tilning hamma tomonlari oʻzaro bog‘liqligini e’tiborga olgan holda oʻrganish maqsadga muvofiqdir. Har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va soʻz yasalishi haqida elementar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga oʻzaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida oʻrganishni taqozo etadi. Tilni oʻrganishga bunday yondashish ta’lim jaryonini oʻquvchilar nutqini oʻstirish vazifasini hal etishga yoʻnaltirish imkonini beradi va uning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
2. Umumiy oʻrta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va oʻquv dasturi.- Toshkent, 2017.
2. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. - Toshkent, “Nosir”, 2009.

* Filologiya fanlari nomzodi, Urganch davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti,


*Ta’lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich ta’lim) mutaxassisligi 1-kurs magistri
Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling