Zamonaviy menejer va uning kreativ ta’limi
Download 176.97 Kb.
|
Zamonaviy menejer va uning kreativ ta
Zamonaviy menejer va uning kreativ ta’limiMenejer - bu kasb-kori bo‘yicha boshqaruvchi; tashkilotda doimiy mavqeiga va ma’lum sohada vakolatga ega bo‘lgan ushbu tashkilot faoliyatining muayyan sohalarida qaror qabul qiluvchi turli darajalarda rahbar; tashkilotning boshqaruv vazifalarini hal qiladigan va boshqaruv faoliyatini amalga oshiradigan asosiy shaxs. Zamonaviy sharoitlarda “menejer” tushunchasi o‘quv, ilmiy adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida bir-biridan ajratilmagan holda “biznesmen”, “tadbirkor” so‘zlari bilan birga ko‘pincha qo‘shib ishlatiladi. Menejer kasbi XX asrning 80 yillarining oxiri 90 yillarining boshlarida jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat boshqaruvining bozor tizimiga o‘tish jarayonida paydo bo‘ldi. Bozorning taqozo qiladigan quyidagi munosabatlarini o‘zlashtirish lozim: -demokratik ish uslublari; raqobat; -xususiy mulk; har bir insonning shaxsiy manfaatlari; bozor qoidalarini qat’iy hisobga olish; oldindan rejalashtirilgan maqsaddan maksimal foyda olish istagini yo‘qotish; “rahbar-bo‘ysunuvchi” ning o‘zaro yangi munosabati; ishbilarmonlik va biznesning ko‘rinishi; Biznesmen – bu, biznesni yoki ishni (biznesni) tashkil etish maqsadida, bandlikni ta’minlash orqali ijtimoiy va (yoki) shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun, o‘zining va jalb qilingan kapitaldan foydalangan holda foyda olishga intiluvchi mulkdordir. U o‘z tashkilotidagi boshqaruv va vasiylik kengashiga murojaat qilishi mumkin, ammo u bu tarkibda hech qanday mavqeini egallashga haqli emas. Tadbirkor - (bu atama dastlab XVIII asrda fransuz iqtisodchisi Rishar Kantillon tomonidan adabiyotlarga kiritilgan)- jamiyat ehtiyojini qondirish uchun o‘zining mahsulot va xizmatlarini, g‘oyalarini taklif qiladigan va buning xatarini o‘z zimmasiga oladigan uddaburon, izchil, amaliy shaxsdir. “Menejer”, “tadbirkor”, “biznesmen” so‘zlari bir-biriga garchi yaqin tushunchalar bo‘lsada, ammo sinonim so‘zlar sanalmaydi. Tadbirkor ko‘pincha o‘zining kapitali bilan tavakkalchilik asosida ish ko‘radi, menejer esa o‘zining boshqaruv faoliyatida o‘zi egallagan mavqei bo‘yicha ish olib boradi. Ba’zi hollarda menejer tashkilotning birgalikdagi egasi bo‘lishi, aksiyador sifatida o‘z ulushini qo‘lga kiritishi va ularni xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Tashkilotlar menejerlar faoliyatisiz muvaffaqiyatli ishlay olmaydi. Bir qator olimlarning fikriga ko‘ra, menejerlar mavqeiga zarurat har doim bo‘ladi va bunga ehtiyoj mavjud, masalan, Kolin Xeyls menejerlar ierarxiyasining quyidagi darajalarini keltirib o‘tadi: Boshqaruv menejerlari bevosita noishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni, masalan, yetkazib berish, yuridik va boshqa masalalar, qisman xodimlar bo‘yicha masalalarni amalga oshirishga javobgardir. Boshqaruv menejerlari o‘ziga biriktirilgan tarkibni boshqarish chog‘ida, odatda, xuddi boshqa ishlab chiqarishga oid menejerlar kabi ish ko‘radi. Ishlab chiqarish liniyasi menejerlari odatda ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni bajarish uchun mas’uldirlar. Ular rasmiy hokimiyat ega shaxs sifatida qo‘l ostida ishlovchilarga ko‘rsatmalar beruvchi ma’lum doirada vakolatga ega bo‘lgan shaxslardir. Funksional menejerlar, odatda qoida tariqasida tashkilot faoliyatining ayrim elementlari uchun, masalan, boshqaruv tadqiqotlarida, marketingni boshqarish kabilarda javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar. Ular bosh menejerga bo‘ysunadilar. Bosh menejerlar ko‘pincha tashkilotning asosiy belgilangan vazifalarining, masalan, strategiyani yaratishni, biznes doirasidagi moliyaviy xatti-harakatning amalga oshirilishini ta’minlaydi, shuningdek, tashkilot faoliyatining barcha natijalari uchun rasmiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Menejerlar funksiyalarining mazkur turkumlanishi menejmentning mohiyatini tushunish uchun qiziqarlidir. Menejerlar tashkilotda boshqaruv faoliyatini amalga oshira turib, Minsbergning fikriga ko‘ra, 3 ta yirik toifa doirasida turkumlanadigan 10 ta turli rollarni o‘ynaydi. shaxslararo rollar, axborot rollari; qarorlar qabul qilish bo‘yicha rollar. Shunday qilib, menejment (P. Drakerning fikri bo‘yicha)- bu aytganiga yurdira oladigan uyushmagan olomonni unumdorli guruhga va samarali maqsadga yo‘naltiradigan alohida faoliyat turidir. Aynan menejment boshqa jarayonga nisbatan yuksak darajada XXI asrning eng muhim ijtimoiy hodisasi sanalgan ta’limdagi portlashni, ammo barcha narsalarni emas, barchasidan avval KREATIV likni bayon qilib beradi. Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy sharoitlarida boshqaruv jarayonlarida qabul qilinadigan qarorlarning sifati, menejmentga tadqiqiy yondashuvga, muammolarni o‘rganish ko‘nikmasining paydo bo‘lishiga, ularning kelib chiqishiga va oqibatlarini aniqlashga bevosita bog‘liqdir. Lekin menejer nafaqat boshqaruv ob’yektida, balki, tashkilotning rivojlanishini takomillashtirishda va bugungi kunda uning takomillashtirilishi jiddiy izlanish olib bormasdan hech qanday ma’noga ega emasligi kabi boshqaruv jarayonlarida ham muammolarga duch kelmoqda. Kreativ fikrlash - bu zamonaviy menejerning eng muhim dastaklaridan biri bo‘lishi bilan birga juda nozik, e’tibor talab qiladi, eng asosiysi maqsadli yo‘naltirilgan tarbiyadir. Ko‘plab mutaxassislar an’anaviy ta’lim tizimi tufayli analitik nuqtai nazarga ega bo‘lishga moyil. Faqat bir necha, kreativ jarayonlarni faollashtirishni kiritadi. Shu bilan birga deyarli barcha odamlar, boshqacha qilib aytganda, o‘zlarining amaliy faoliyatida sezgi va ijodkorlikdan foydalanadilar. “Kreativ faoliyat”, “ijodiy qobiliyat”, “kreativ ta’lim” tushunchalari bugungi kunda rivojlangan mamlakatlardagi singari keng tarqalgan bo‘lib, mamlakatimizda ham o‘quv va ilmiy adabiyotlarda juda aniq va ravshan keltirilib, amaliy ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniyaning ayrim biznes maktablarida kreativ menejment dasturi bo‘yicha menejerlar uchun maxsus treninglar olib borilmoqda. Ta’lim mutaxassisning istiqboldagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beradi. Ta’lim jarayonida kerakli bilimlar va ko‘nikmalar majmuini tashkil etuvchi kasb munosabati, faoliyatning muayyan turlariga tayyorgarlik darajalari shakllanadi. Ta’lim muayyan qobiliyatlarni rivojlantirish darajasini belgilaydi, tartiblaydi va mutaxassisning shaxsiy xususiyatlarini shakllantiradi. Ta’lim va uning turlari, mazmuni, shakllari, davomiyligi, maqsadlari, usullari bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin. Ammo, zamonaviy menejer uchun bugungi kunda ta’limning eng dolzarb va istiqbollilari bu, tizimli, kreativli, uzluksiz, fundamentalamaliy, o‘zgaruvchan kabi turlari sifatli va istiqbolli faoliyatga yo‘naltirilganligi uchun ahamiyatlidir. Biroq, ular orasida markaziy o‘rinni kreativ ta’lim egallaydi. U barcha boshqa turlarni birlashtiradi, ularni murakkablashtiradi, juda muhim va ijobiy xususiyatlariga ega menejerni kasbiy jihatdan shakllantiradi. Download 176.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling