Ona tili ta’limida rivojlangan davlatlar tajribasi va ularning dars jarayoniga tatbiqi Mashg‘ulotning maqsadi


-topshiriq. Quyidagi Yaponiyada ona tili ta’lim tizimi haqida o‘qing va bu maqola asosida 5 ta savol tayyorlang


Download 0.74 Mb.
bet3/3
Sana14.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1461453
1   2   3
Bog'liq
3-laboratoriya 3-kurs metodika

2-topshiriq. Quyidagi Yaponiyada ona tili ta’lim tizimi haqida o‘qing va bu maqola asosida 5 ta savol tayyorlang.
Yaponiyada ona tili ta’lim tizimi: Yaponiya ta’lim tizimida “iqtidorli o‘quvchi” tushunchasi yo‘q. Chunki har bir o‘quvchi alohida iqtidor sohibidir. Ilg‘or mamlakatlar ichida Yaponiya ona tili ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishi bilan yetakchi o‘rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha: maktabgacha ta’lim , boshlang‘ich maktab , kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o‘quv yurtlari. Boshlang‘ich maktabda o‘qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni o‘z xulqining yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o‘rgatishadi. Bunda, albatta, ona tilining o‘rni beqiyos. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etadi. Ayniqsa, o‘z tilida tanqidiy fikrlashni o‘rganib ulg‘aygan bola kelajakda buyuk ishlar qilishga qodir bo‘la oladi. Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o‘qituvchining maoshi davlat rahbarlari orasida ham yuqori bo‘lgan yagona davlat hisoblanadi. Majburiy ta’lim muhiti. Ta’limning bu pog‘onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Badiiy adabiyotlar bilan ham ta’minlanadi. Maktab kutubxonalaridan foydalanishga keng imkoniyat yaratib beriladi. E’tiborli jihati shundaki, maktab kutubxonalarida chet tilidagi adabiyotlardan umuman foydalanilmaydi. Ammo dunyo tillaridagi foydali adabiyotlarning tarjimalari topilishiga shubha yo‘q. Chunki bunga davlatning o‘zi aralashadi, ya’ni maktab kutubxonalari uchun kitoblar tarjimasini o‘z zimmasiga oladi. Natijada o‘z tilida ilm egallagan yoshlar chet tilidagi kitoblarni o‘qib ilm o‘rgangan yoshlardan anchayin salohiyatli bo‘lib yetishib chiqadi. Ona tilining va unga tarjima qilinadigan asarlarning naqadar ahamiyatli ekanini shu yerdan bilsak bo‘ladi. Yuqori o‘rta maktab 10-11-12-sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo‘limlari mavjud. Yuqori bosqich o‘rta maktablarda butun o‘quv jarayonida o‘quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O‘quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o‘z xohishlariga ko‘ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi. Universitetlariga yuqori va o‘rta maktabning yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o‘quvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 bosqichga bo‘linadi: 1-bosqich turar joyda o‘tkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkaziladi. Universitetga qabul qilish uchun yapon tilini bilish majburiyati yapon xalqining ona tiliga bo‘lgan e’tibori naqadar yuksak ekanining yaqqol namunasi bo‘la oladi. Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy bog‘liqdir. 25 Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va mas’uliyati, ayniqsa, kattadir. Ular farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar bo‘lib o‘sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o‘zlarini ma’sul deb hisoblaydi. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko‘plab metodik qo‘llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko‘plab pedagogik maslahatlar berib boriladi va bularning barchasi ona tilida, ya’ni yapon tilida amalga oshiriladi. Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo‘lib, parta ustida kitob javoni, yoritgich, soat, qalam, qog‘oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek kerak bo‘lib qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha o‘rnatilgan. Yaponiya o‘rta maktablarining saviyasi AQSH o‘rta maktablari saviyasidan bir muncha yuqori turadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg‘unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o‘rgansa arziydigan jihatlari ko‘p. E’tiborli yana bir tomoni – Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay jahondagi AQSH, Fransiya, Olmoniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg‘or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o‘zlashtirilgan.

  1. Yaponiya ta’lim tizimida “iqtidorli o‘quvchi” tushunchasi nima sababdan yo‘q?

  2. Universitutga qanday o‘quvchilar qabul qilinadi?

  3. Yaponiya o‘rta maktablari qaysi davlat maktablaridan savia jihatdan ustun bo‘ladi?

  4. Yaponiyada faqat milliy an`analar bilan cheklanb qolmasdan qaysi davlatlar tajribasi ham o‘rganilgan?

  5. Yaponiya ta`limida ibrat olsa arzirli qanday jihatlar bor?



3-topshiriq. Quyida berilgan maqolani o‘qing, agar O‘zbekistonda umumiy o‘rta maxsus ta’limida boshlang‘ich ta’limda barcha fanlar va ona tili o‘rgatilishi yo‘lga qo‘yilsa (boshqa hech qanday chet tili qo‘shilmagan holda), ya’ni o‘quvchilar 4 yil davomida faqat o‘z ona tillarini o‘rganishsa, yaqin 5 yil ichida buning qanday foyda va kamchiliklari bo‘lishi mumkinligi haqida 10 ta tahminingizni yozing.
Ona tilidagi ta’limga o‘tgandan so‘ng muvaffaqiyatga erishayotgan ba’zi davlatlar:
Nepal
Nepalda 123 dan ortiq til mavjud, ammo nepal tili maktablarda ishlatiladigan asosiy til hisoblanadi. Talabalarning 54 foizi uyda nepal tilidan boshqa tilda gaplashadi. Ko‘p yillar davomida Ta’lim bo‘yicha Milliy Kompaniya-Nepal (NCE Nepal) ona tilini o‘rganishni, ayniqsa, yosh bolalik davridanoq o‘rganishni qo‘llab-quvvatladi. 2015-yilda Nepalning yangi Konstitutsiyasi har bir Nepal vatandoshiga ona tilida ta’lim olish huquqini berdi. NCE Nepal butun mamlakat bo‘ylab maktablarda ona tili siyosatini himoya qilishda davom etdi.
Boliviya
Ta’lim olish huquqi uchun Boliviya kompaniyasi (CBDE) inklyuziv ta’lim amaliyotini, ayniqsa, Boliviya aholisining 60 foizini tashkil etuvchi mahalliy aholi uchun himoya qiladi. 2010-yilda Boliviya “Milliy ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi, unga ko‘ra har bir boladan sinfda asosiy til bo‘lgan ispan tilidan tashqari mahalliy til va madaniyatni ham o‘rganishi talab qilinadi. Bu bolalarga umumiy muloqot usulini saqlab, o‘zlarining va boshqalarning madaniy o‘ziga xosliklarini qabul qilishlariga imkon beradi.
Madagaskar
2016-yil sentabr oyida Madagaskarning Analavori kommunasidagi maktab oʻz ona tili boʻlgan malagasi tilida yozilgan Taʼlim boʻyicha Global Hamkorlik (GPE)dan 54 ta darslik oldi. 18 Bitta maktab kichik boshlanishdir, ammo GPEning maqsadi har ikki o‘quvchidan bittasi uchun yetarli darsliklarni yetkazib berishdir. 2015-yilda bu nisbat 30 o‘quvchiga bitta darslik to‘g‘ri keldi. Darsliklar bolalarga 3-sinfgacha ona tilini o‘rganishga, so‘ngra 4-sinfda mamlakatning ikkinchi rasmiy tili bo‘lgan fransuz tilini o‘rganishga imkon beradi.
Zambiya
2014-yilda 35,2 million dollarlik GPE grantining bir qismi birinchidan to‘rtinchi sinfgacha bo‘lgan bolalar ilmi o‘z ona tili luvale tilida o‘rganishlari uchun Zambiyaning Chavuma tumaniga yo‘naltirildi. Chavumadagi ota-onalar va buvilar dasturni quchoq ochib, avlodlar o’rtasidagi rishtalarni mustahkamlash istiqbolidan hayajon bilan kutib olishdi. 2014-yildan beri Zambiya hukumati boshlang’ich maktablarda matematika, o‘qish va yozish bo‘yicha yuqori test ballarini qayd etdi.
birinchidan, oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta'lim berayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan fan mazmunini yetkazish va ta'lim olayotgan talabalarni o‘zlashtirish hamda ularning bilimini to‘g‘ri baholash tizimi talab darajasida emas;
o‘quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish borasida ta'lim dasturlari mazmuni va ularni yangilab borish sur'atlari bugungi kunda izchil rivojlanayotgan iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablariga to‘laqonli javob bermaydi;
ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning o‘z ustida doimiy ishlamaganligi, bilimi, pedagogik ko‘nikmasi va mahoratining pastligi, innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanmaganligi bitiruvchilarni buyurtmachi (ish beruvchi) talabiga javob bermasligiga olib keldi;
respublikada oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilishni rejalashtirishning maqbul mexanizmlari ishlab chiqilmaganligi natijasida mehnat bozori va ta'lim xizmatlari bozori o‘rtasida nomutanosiblik kelib chiqishiga asos bo‘ldi;
uchinchidan, oliy ta'lim va o‘rta maxsus muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmaganligi, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarning tizimli o‘rganilmaganligi sohada ilm-fan yo‘nalishlarining rivojlanmaganligiga olib keldi;
to‘rtinchidan, oliy va o‘rta maxsus ta'limining ijtimoiy mavqei va nufuzi, xodimlari mehnatini rag‘batlantirish tizimi past darajada bo‘lganligi aksariyat holatlarda sohada ko‘plab muammolarning saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda;
markazlashgan holda oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari rahbar kadrlarini tayinlash, ularning tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash tartiblari ta'lim muassasalari boshqaruvini samarali tashkil etish va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning jadal sur'atlarda ijrosini ta'minlashda muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda;
beshinchidan, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalaridagi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnika va texnologiyalari boshqaruvi, o‘quv-jarayonini tashkil etish, dasturiy vositalarni ta'lim mazmuniga singdirish masalalari talab darajasida emas;
oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv laboratoriyalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'lim yo‘nalishlarining dasturlari talablariga muvofiq ravishda ta'minlanmagan.

4-topshiriq. Quyidagi maqolani o‘qing va u haqidagi fikrlaringizni intellektual xaritada qisqacha ifodalang. Intellektual xarita ssilkasi: https://coggle.it/login (coggle.it da qanday ishlash haqidagi instruksiyalarni YouTube sahifasida ko‘rsatilgan video orqali o‘rganib oling). https://www.youtube.com/watch?v=QBg0Bz5ZG-0 ) Yaratilgan intellectual xaritalar ssilkasini telegram guruhiga yuboring.


https://files.eric.ed.gov/fulltext/EJ1178270.pdf

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling