Ona tili ta`limini ijodiy tashkil etishning prinsiplari. Ta’lim metodlari tasnifl. T a ’lim metodlari tasnifiga oid asosiy qarashlar


Download 26.46 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi26.46 Kb.
#1576506
1   2   3
Bog'liq
4-maruza (2)

Ma’ruza. Ma’ruza umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining yuqori sinflarida, litsey va kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarida foydalaniladigan ta ’lim metodi bo‘lib, unda o‘zaro ta ’sir o ‘qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim dalillar, asosiy g ‘oya va bog‘lanishlarni yozib olishlari shaklida amal qiladi. Ma’ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o'quv materiali hajmiga k o ‘ra belgilanadi.
M a ’ruza ja ra y o n id a o ‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o ‘qituvchi o ‘z nutqini k o ‘rgazma qurol, darslikda berilgan dalillar,
muammo va topshiriqlar bilan uyg'unlashtiradi. Ma’ruza jarayonida ko‘rgazma quroldagi dalillarni tahlil etishga bolalar diqqatini tortish, 0‘qituvchi aytgan qoida, ta ’rif, aniqliklarni darslik materiallariga chog‘ishtirish yo‘llari bilan b o la la r faolligi oshiriladi. Shuningdek, o ‘quv materialiga oid istilohlarga izoh berish, ayrim o ‘rinlarda o‘quvchilarning o ‘zlariga xulosa chiqarishni taklif etish
talabalarning o ‘quv-biluv faolligining samaradorligini ta ’minlaydi.
Suhbat. Suhbat o‘qituvchi va o'quvchining o‘zaro ta ’siri dialog shaklida amal qiladigan ta ’lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga mos, atroflicha o'ylangan, bir-biriga bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda
javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi(lar) faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo‘ladi: evristik suhbat; noevristik suhbat. Evristik suhbat o‘quvchilarning tafakkuriga mo‘ljallangan metod bo‘lib, unda o‘zaro ta ’sir o‘qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal
qiladi. Evristik suhbat juda uzoq tarixga ega bo‘lib, undan
qadimgi Gretsiyada Sokrat mohirona foydalangan. U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda ≪izlanish suhbati≫ ham deb yuritiladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud: ijodiy yo‘l bilan o ‘quv materialini o ‘rganish;
o ‘zlashtirishning individual xarakter kasb etishi. Bu metodning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, ma’ruza, hikoya, vaqtni tejash nuqtai nazaridan eng samarador
metodlar sanalsa, vaqtni ko‘p olishi evristik suhbatning kamchiligidir.
E v ristik suhbatning o ‘ziga xos tashkiliy qurilishi mavjud. Buni ≪K o ‘chirma gap≫ mavzusi misolidaoydinlashtiramiz: — darsning mavzusi, maqsadini e’lon qilish (Bolalar,hozir siz darak, so‘roq, buyruq gaplarning ta ’rifmi aytib
berdingiz. Bugun ≪Ko‘chirma gap≫ni o ‘rganamiz. Agar mening savollarimni diqqat bilan tinglab, javob qaytara olsangiz, bugungi mavzuni mustaqil o‘rganasiz);— kuzatish uchun dalillar (0 ‘qituvchi bolalarga quyidagi
savollar bilan murojaat qiladi: Bugun qanday gapni o‘rganamiz? 0 ‘rtog‘ingizning men bergan savolga javobini yozing).
Doskaga o‘quvchilardan biri ≪Bugun ko‘chirma gapni o ‘rganamiz≫ jumlasini yozadi. 0 ‘qituvchi ≪ k a tta bo‘lganda kim bo'lmoqchisiz?≫ savolini o‘rtaga tashlaydi.
≪Katta b o ‘lganda o ‘qituvchi bo‘laman≫ gapi doskagayoziladi. Kuzatish uchun nutqdan quyidagi gaplar tanlab olinadi:
— Biz bugun ko'chirma gapni o'rganamiz (dedi Odil).
— Katta bo'lganda o‘qituvchi bo'laman (dedi Anvar).
Mustaqil xulosalar chiqarish uchun savollar: Kimlarning gapi o ‘zgarishsiz islilatiladi, daftarlarga (doskaga) yoziladi?
Qanday gapga ko'chirma gap deyiladi?
— Odil va Anvarning g aplari o ‘zgarishsiz yozildi.
0 ‘zgarishsiz ishlatilgan gaplarga ko'chirma gap deyiladi.
— 0 ‘qituvchi o‘quvchilar chiqargan xulosani to ‘ldiradi,
k o ‘chirma va muallif gaplarining farqlarini, ularning o'rinlari, ishlatiladigan tinish belgilarini izohlaydi. Doskaga yozilgan gaplarni quyidagi shaklga keltiradi:
≪Bugun ko‘chirma gapni o‘rganamiz≫, — dedi Odil.
≪Katta bo‘lganda o‘qituvchi boiaman≫ — dedi Anvar.
Chiqarilgan xulosalarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘li bilan bilimlar mustahkamlanadi.
Noevristik suhbat o‘quvchilarning xotirasiga, binobarin,qayta esga tushirish faoliyatiga mo‘ljallab o ‘tkaziladi.
0 ‘tkazish maqsadiga ko‘ra noevristik suhbatning quyidagi turlari mavjud.
Yakunlash suhbati — bunday suhbatda mashg‘ulotda qilingan ishlar b o 'y ich a umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.
Mustahkamlash suhbati — yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o ‘tkaziladi, so‘ngra yangi mavzu bo‘yicha intellektual va amaliy topshiriqlar bajariladi.
Takrorlash suhbati — ikki yoki undan ortiq mavzu b o ‘yicha o ‘tkaziladi. Takrorlash yo‘li bilan malakalar takomillashtiriladi.
Umumlashtiruvchi suhbat — katta bo‘lim o ‘tilgandan so‘ng, o‘quv yili boshida, oxirida tashkil etiladi.
Kirish suhbati — yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘tkaziladi.
Nazorat suhbati — bilimlarni sinab ko‘rish maqsadida tashkil etiladi.
Bilimlarni o g ‘zaki bayon etish metodlari, evristik suhbatini hisobga olmaganda, asosan, xotiraga, binobarin, o‘quvchilarning qayta eslash faoliyatiga mo‘ljallab tashkil etiladi. Hikoya, tasvir, ma’ruza, suhbat metodlarining zaif
tomoni ham ana shunda. Ularning bu zaif tomonlarini b a rta ra f etish, o‘quvchilarni ta ’lim jarayonining faol subyektiga aylantirish uchun quyidagi rag‘batlantiruvchimetodlardan foydalaniladi.
1. Qiziqarli o‘quv holatlari yaratish o‘quvchilarda turli his-hayajon uyg‘otadi.
2. Badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy asarlardan olingan dalillarni keltirish, ularni tahlil etish ham ta ’lim jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshiradi.
3. Ma’ruza, hikoya, tasvir, suhbat jarayonida analogiya metodidan foydalanish.
4. Fan tarixiga sayohat ham bolalarning o ‘quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirish vositasi sanaladi. O`zbek tilid an utyug, karandash kabi so ‘zlarning rus tiliga o‘tgan≫ligi, tomosha (tomdan oshib qarash), kengash (katta osh) so‘zlarining ma’nosini izohlash 0‘quvchilar faolligini oshiradi.
5. Kundalik turmushda ishtirok etish yo‘li bilan hosil qilingan tajriba va ilmiy bilimlarni o‘zaro taqqoslash ham bolalarda o‘quv-biluv faoliyatiga havasni oshiradi. Shundayqilib, bilimlarni og'zaki bayon qilish metodlari bilan
rag‘batlantiruvchi metodlardan parallel foydalanish o‘quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshiradi.
Ko‘rgazmali metodlar. Ko‘rgazmalilik didaktikada eng asosiy prinsip bo'lib, uning yordamida ko‘ruv uquvi va tafakkur o ‘zaro uyg‘unlashtiriladi. Ko‘rgazmali metodlarning quyidagi turlari mavjud.
Ilyustratsiya metodi — bilimlarni og‘zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga bolalar diqqatini tortish.
Demonstratsiya metodi — kinoapparat, videokamera, video, kompyuter kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor eshittirishlaridan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish etish.
Tabiiy ko'rgazmalar — narsalarning o ‘zi, predmetla r , tu rli jo n iv o r la rn in g m u ly a jla rin i k o ‘r s a tis h .
K o‘rgazmali metodlar eshitish va k o ‘rish uquvlarini o 'z a r o u yg‘u n la sh tirish v o sita si h iso b la n a d i. Shu tu f a y li u la rd a n b ilim la rn i o g ‘z a k i b a y o n q ilish m e to d la r i b ilan p a ra lle l fo y d a la n ish t a ’lim n in g samaradorligini oshiradi.
Muammoli-izlanish tipidagi metodlar o‘quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo‘nalgan ta ’lim usullaridir. Bu metodlar asosida o‘quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o‘qituvchi va o‘quvchilaming o‘zaro ta’siri
quyidagicha umumiy ko‘rimshga ega bo‘ladi.

Download 26.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling