Ona tili umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun loyiha ishi


Download 1.72 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1542406
  1   2   3   4
Bog'liq
Bo\'ronova Sitorabonu Ona tili



ONA TILI

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining


6-sinflari uchun loyiha ishi
Tuzuvchi: Bo‘ronova Sitorabonu
Shartli belgilar:
yozma mashqni bajaring;
o’qing;
audiomatnni tinglang;
gapiring;
savollarga javob bering;
qoida bilan tanishing;
qiziqarli;
uyga vazifa.
Nega bunday deyiladi?
1-dars


Bu mavzuda oʻrganamiz



Fonetika imlo – qoidalari va unga doir mashq va topshiriq


Uning nomlanish tarixi

haqida nimalarni bilasiz?



Fonetika (yunoncha: phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar

Tush
Dush ko‘rsаm, оnаm chirоq ko‘tаrib yurgаnmish. Yuzini аniq gormаsmishmаn-u, аmmо golidаgi chirоq hirа nur sоchib turgаnmish. «Ko‘zinggа qаrа, bоlаm, chuqur bоr», dermish nuqul. Qаrаsаm, chuqur yo‘q. Uyg‘оnsаm, оnаm hаm yo‘q... Bа’zаn ish bilаn, bа’zаn mаjlislаr bilаn, gоhidа ulfаtchilik bilаn uygа kesh qаytаrdim. Bir kuni Nаmаngаndаn mehmоnlаr kelib qоlishdi. Uygа bоrishgа ko‘nmаy, o‘zimni restоrаngа sudrаshdi. Yarim kechаgаchа qоlib ketdim. Uygа qаytgаnimdа kаyfim bоr edi. Dаrvоzаni оnаm оchdi. Sоvuqdа mushtdekkinа bo‘lib dildirаb turibdi. – Chu vаqtgachа uхlаmаdingizmi! – dedim zаrdа qilib. – Eshik оchishgа sizdаn bоshqа оdаm yo‘qmi? Оnаm mа’yus jilmаydi: – Uyqu qаttа, bоlаm? O‘-o‘tiribmаn. Ertаsigа tahririyatdа nаvbаtchilik cho‘zilib ketdi. Qаrаsаm, yanа оnаmning chirоg‘i yoniq. – Negа uхlаmаdingiz? Оnаm yanа mа’yus jilmаydi:


Pilаsаn-ku, jоn bоlаm, kаmuyqu bo‘lib qоlgаnmаn. Men nоtоn, оnаmning kаmuyqu bo‘lib qоlgаnigа, yarim kechаgаchа yurаmаnmi, tоngоtаr qаytаmаnmi, оnаmnig chirоg‘i muttаsil lipillаb turishgа хo‘p ko‘nikkаn ekаnmаn. Qаysi kuni ishdаn keyin mоskvаlik mehmоnlаrni аerоpоrtgа kuzаtib qo‘yadigаn bo‘ldim. Sаmоlyot kechikib uchdi. Yarim kechаdа uygа qаytsаm... hаmmа yoq jimjit. Hаmmа o‘z оrоmi bilаn... Тushimdа оnаm chirоq ko‘tаrib yurgаnmish.
1- Mashq. Matnda keltirilgan so‘zlar tarkibidagi xato qo‘llangan undoshlarinig juftini toping va asosda o‘zgargan ma’nolarni izohlashga harakat qiling.
Tush – Dush – yuvunmoq
Ko‘r – go‘r – qabr
Qo‘l – g‘o‘l – ma’nosiz
Xira – hira – ma’nosiz
Kech – gech – ma’nosiz
Shu – chu – undov so‘z
Bil – pil – ma’nosiz
Nodon – noton – ma’nosiz
Fonetika va imlo bo‘yicha topshiriq:
a) Tezkor time.Ikkita jamoadan bittadan ishtirokchi chiqadi 30 soniya keltirilgan so‘z bilan tanishtiriladi so‘z kamida 10 ta yoki 15 ta harfdan iborat bo‘ladi. Doska ikkiga bo‘linib alifbo harflari yozib chiqiladi va 30 soniya vaqt belgilanib o‘sha so‘z doskadagi harflar orqali raqamlarda aks etadi.So‘ng ishtirokchilar raqamlar orqali so‘zni to‘g‘ri shakllantirganligi tekshiriladi.Shu tariqa o‘yin davom etadi.
Namuna so‘zlar :
1.Mexanizatsiyalashtirilgan 6.Leksikologiya
2.Huquqshunoslik 7.Sotsiolingivistika
3.Elektronik 8.Dialektologiya
4.Qiziquvchanlik 9.Etnosotsiolingivistika
5.Shafqatsizlarcha 10.Kakografiy
b ) Mozayka-bunda o‘quvchilarda unli va undosh harflar bilan bog‘liq ko‘nikmalar shakllantirilgandan keyin,takrorlash mashq sifatida nazariy bilimlari tekshiriladi.
Hayvonlar surati orqasiga ma’lum bir so‘zlar yoziladi va surat parchalab tashlanadi o‘quvchchilar shu so‘zlarni yig‘ish natijasida suratlar tiklanadi.

2-dars


Bu mavzuda oʻrganamiz

Mavzu: Fonetika – talaffuz


2-Topshiriq.
Fonetika-talaffuz bo‘yicha topshiriqlar:
a ) lug‘at bilan ishlash ‘‘Eslab qolaman’’
Bu topshiriqda 2 – guruhga ajratilgan o‘quvchilarga lug‘at beriladi, 3 daqiqa vaqt beriladi so‘zlar bilan tanishib bo‘lgach, ikkala guruh a’zolari 2 daqiqa vaqt davomida eslab qolgan so‘zlarni doskaga yozishadi. Ko‘p va bexato yozgan guruh g‘olib bo‘ladi.
hamyurt
handalak
haqoratomuz
haqqoniyat
haqqush
haqtalab
Haqtaolo
Harkim
xontaxta
xosiyat
xoxolamoq
xudosi
xufiyona
xunasa
xunob
xurofot
xurram
xursand

b ) Hikoyani eslab qol: bu topshiriqda 6 ta ishtirokchi qatnashadi. Qolgan ishtirokchilar ularni baholashda ishtirok etishadi. 4 ta ishtirokchiga quloqlariga maxsus quloqchinlar taqiladi va birinchi ishtirokchi ikkinchi ishtirokchiga hikoyani o‘qib eshitdiradi. Shu tariqa o‘yin davom etib, ikkinchi ishtirokchi uchinchi ishtirochiga hikoyaning xotirasida saqlab qolgan qismni aytib beradi.O‘qituvhi tomonidan ularning talaffuzi nazorat qilib boriladi va oxirida talaffuzi buzilgan so‘zlar ustida ishlanadi. Bu topshiriq o‘quvhchilarning tinglab tushunish qobilyatini ham rivojlantiradi.





3-dars


Bu mavzuda oʻrganamiz

Mavzu: Leksikologiya



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling