Ona tili umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun loyiha ishi
Download 1.72 Mb.
|
Bo\'ronova Sitorabonu Ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parashyutdan sakrash‘‘o`yini
Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining, oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining, sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi.
‘‘Parashyutdan sakrash‘‘o`yini Ushbu o`yinni yangi mavzuni mustahkamlash, takrorlash mustahkamlash darslarida qo`llash mumkin. "Parashyutdan sakrash" o`yini uchun magnitli doska, qalin qog`ozdan yasalgan parashyutlar va topshiriqqa muvofiq gap yoki so`zlar yozilgan qog`ozlar kerak bo`ladi. Berilgan topshiriqqa muvofiq so`zlarning javobi parashyutlarning pastki qismiga yoziladi. Parashyutlar soni varaqlar soniga teng bo`ladi. “Sifatning ma’noviy guruhlari” mavzusini o`tishda yoki ma’noviy guruhlar o`rganib bo`lingach, takrorlash va mustahkamlash darslarida parashyutdan sakrash o`yinini quyidagicha tashkil etish mumkin. Doskaning yuqori qismiga parashyutlar, parashyutlarning ostki qismiga sifatning ma’noviy guruhlari nomi yozib qo`yiladi. Doskaning pastki qismiga esa sifat ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan varaqlar yopishtiriladi. Bu o`yinda ishtirok etuvchi o`quvchilar sifatning ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`ozni o`sha so`z mansub bo`lgan guruh nomi yozilgan parashyut to`g`risiga yoki pastiga qo`yishlari kerak. O`yin aksincha tashkil etilishi mumkin, ya’ni sifat ma’noviy guruhi nomi yozilgan parashyutni, shu guruhga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`oz oldiga yopishtirilishi ham mumkin. Qolgan o`quvchilar javoblar to`g`riligini kuzatib borishadi. Agar o`quvchi parashyutlar to`g`risiga, shu parashyutga tegishli bo`lgan so`zlar yozilgan qog`ozni to`g`ri joylashtira olsa, parashyutdan sakragan hisoblanadi va o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi. Bu o`yin juda qiziqarli bo`lib, o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishini va faolligini oshiradi. O`yinga xos kerakli jihozlarni va ularning to`g`ri bajarilish holatini chizmada quyidagicha ko`rsatish mumkin.
‘‘Parashyutdan sakrash o`yini‘‘ni ‘‘Fe’lning ma’noviy guruhlari‘‘, ‘‘Otlarning ma’noviy guruhlari‘‘, Yuklamalar mavzularini o`rganishda ham qo`llash mumkin. ‘‘Zanjir o‘yini‘‘
Sifat turkumiga oid so‘zlar: 1-guruh 2-guruh achchiq qattiq qaynoq qora aqlli ilmli insonparvar rahmdil lobar raso oq qiziq Quyida keltirilgan she’r parchasini so‘z turkumi jihatidan guruhlarga ajrating. MATMUSANING QISHLOG'I Donishqishloq degan joy Bordir bizning tomonda. O'sha qishloq ahlidek Dono xalq yo'q jahonda. Jo'yak tortib tomiga, Makka ekkan o'shalar. Kalishini perronga Yechib ketgan o'shalar. Yuz qop ganchni bir yo'la Suvga qorgan u yerlik. Echkini sartaroshga Olib borgan u yerlik. Ko'rib minoralarni O'sha yerlik ulutlar Degan: «Bular teskari Turib qolgan quduqlar». Tomdan boshlab uy qurmoq Bo'lib tikkan havoza, Devori yo'q hovliga O'rnatgan ham darvoza; Oyga chiqmoq yo'li bor, Juda oson degan ham, Temir yo'lni ko'tarsa, Tayyor narvon degan ham; Mashinasi bor turib Minib yurgan xachirga, Xizmat qilgan «Volga»si Eshakka yem tashirga; 5 - dars
Bu mavzuda oʻrganamiz Mavzu: Yordamchi so‘z turkumlari Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling