Ona tili va adabiyot 1
Download 216.68 Kb.
|
ONA TILI INGLIZ TILI. 31.07.22
Registan Qoratosh +998930662700 Ona tili va adabiyot 1. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan jamlovchi son qatnashgan? A)Shundan keyin uchalasi o‘rmonda do‘stona yashay boshladi. B)Ishchilardan ikkitasini uzoq viloyatga ish safariga jo‘nating. C)Ularning ikkovi bilan ham alohida-alohida gaplashib qo‘yaman. D)Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig’adigan yigit bo’libdi 2. “Tilak” , “Tong edi”, “Totli damlar” singari she’riy asarlar qaysi ijodkorning qalamiga mansub? A) Shuhrat B) Mirtemir C) A.Muxtor D) H.Olimjon 3. ". . . ning zulmini iqror etish haqiqatan ham taajjubka loyiq edi. . . . ning Turkiston xonlig‘ining eng zolim va mustabid sanalg‘an beklarining biri va uning o‘z qaramog‘ida bo‘lg‘an Toshkand aholisig‘a qilg‘an zulmlari Farg‘onaga doston. . . "O‘tkan kunlar" romanidan olingan ushbu parchada fikr yuritilgan Toshkent aholisini o‘z istibdodidan to‘ydirgan zolim bek nomi qaysi javobda keltirilgan? A) Xudoyorxon B) Normuhammad qushbegi C) Musulmonqul D) Azizbek 4. Qaysi javobda ko‘makchi vazifasida qo‘llana oladigan fe’l turkumiga mansub so‘zlar keltirilgan? A) avval, boshlab B) bo‘ylab, qarab C) o‘zga, muvofiq D) doir, uchun 5. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan? A)Men bu mehmonni kuzatib borayotirman. B)Ular allaqachon bir qarorga kelgan edilar. C)Bir vaqt qarasam, yig‘layapman, hech o‘zimni bosolmayman. D)Agar mening gapimni tushungan bo‘lsang, yur men bilan, ketdik. 6. Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang. A) U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, sira to‘xtamas edi. B) Do‘stlari uning asl niyatini darrov fahmladilar. C) Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltirishi mumkin. D) Kitob bilan do‘stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi. 7. Qaysi gapda 2 o‘rinda buyruq-istak maylidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan? A) "Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay", -dedi zavqi oshib. B) Akangni chaqir, bugungi ishi uchun javob bersin. C) Yomg‘ir tezroq tinsa edi, qishloqqa qiynalmay yetib olardik. D) "O‘rningdan tura qol, do‘stim, tashqariga chiqaylik”, - dedi u. 8. "Zarbulmasal"dagi qaysi masalda "Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar", deganlaridek, o‘zbilarmon obrazning ham ayanchli, ham kulgili holga tushishi ko‘rsatib berilgan? A) "Toshbaqa bilan Chayon" B) "Tuya bilan bo‘taloq" C) "Maymun bilan Najjor" D) "Kabutar bilan Zog‘” 9. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Bolalar uning bo‘shangligini bilib, baravar tortishishdan sira qolmasdi. B) Manzilga yetkach sen bilan alohida gaplashaman. C) Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz. D) Ular xozir, o‘smirlik chog‘idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi. 10. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A) Tez orada "Sohibqiron" sahna yuzini ko‘radi. B) Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim. C) Negadir ishtaham qochib ketdi. D) Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashadi. 11. Bahor. . . Bu kun olam uyg‘onmoqda. Ana, yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabiqiqirlab bosh ko‘tarmoqda. Quyosh olam uzra iliq nurlarini taratmoqda. Ushbu parcha qaysi uslubga xos? A) ilmiy uslub B) badiiy uslub C) rasmiy uslub D) so‘zlashuv uslubi 12. Qaysi ijodkorning dastlabki to‘plami "Tuyg‘ular" deb nomlanadi? A) Oybek B) Saida Zunnunova C) Hamid Olimjon D) Zulfiya 13. Ergash gapi tarkibida qo‘shma ot ishtirok etgan ega ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang. A) Shu ma’lumki, dengiz toshbaqalarining oyoqlari eshkak vazifasini o‘taydi. B) Shu narsa aniqki, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. C) Kimki g‘azalni chiroyli o‘qisa, u mana shu tillaqosh bilan taqdirlanadi. D) Shundan ehtiyot bo‘lingki, qoraqurt zahri odam uchun juda xavflidir. 14. Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan shakldosh yasama so‘zlar sanaladi? 1) bo‘sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza; 5) kechik; 6) chopmoq A) 1, 5 B) 1, 2, 5 C) 3, 4, 6 D) 2, 3, 4, 5 15. Qaysi qatorda Abayning faqat she’rlari berilgan? A) "Ilm o‘rgan", "O‘lan", "Mas’ud", "Nasihatlar" B) "Iskandar", "Mas’ud", "Azim rivoyati", "Nasihatlar" C) "Iskandar", "Sho‘rlik qozog‘im", "Azim rivoyati", "Qadrdon so‘qmoqlar" D) "Sho‘rlik qozog‘im", "Boy bolasi bilan kambag‘al bolasi", "Ilm o‘rgan", "O‘lan" 16. Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug‘mish” dostoniga oid emas? A) Doston qahramoni dinini o‘zgartirish haqidagi amaldorlarning taklifini rad etib, o‘z dinidan, e’tiqodidan kechmasligini aytadi. B) Buvraxon avval oshiq va ma’shuqani mudhish jazoga mahkum etadi, keyinroq Azbarxo‘ja xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib, ularni afv etadi. C) Otasi oshiq yigitga lashkarlar ichidan qirq yigitni ayirib beradi, qirq xachirga zar ortib beradi va uni oq fotiha bilan Zangar yurtiga kuzatadi. D) Doston qahramoni bir kosa suv va bir non evaziga buloqni egallab yotgan ajdahoni o‘ldirish shartini ado etadi. 17. Sovuqdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan cho‘pon uzoqdan miltiqning ovozini eshitdi. Ushbu gapda qatnashgan taqlid so‘z tarkibidagi undoshlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Til oldi undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan. B) Chuqur til orqa undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan. C) Jarangli undoshlar ishtirok etgan. D) Jarangsiz lab undoshi ishtirok etgan. 18. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan? A) shtan-ga, ko‘r-di-ngiz, ton-gi B) de-ngiz, jon-ga, kon-gress C) yen-gil-di, ber-din-giz, kon-gress D) tu-ngi, ya-ngi, si-ngli 19. Qaysi gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan? A) Har doim o‘z sevgan ishi bilan mashg‘ul bo‘lish insonning nodir baxtidir. B) Ilm qalbni hamisha yoritadi, insonni yuksaklikka ko‘taradi. C) Taassurotlar qanchalik tez va shiddat bilan aytib berilsa, ular shunchalik yuzaki va bir lahzalik bo‘lib chiqadi. D) Kitoblar - keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir. 20. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning har birida bittadan qo‘shimcha bor? A) Tantanada o‘nlab yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi. // U ba’zan oylab qorasini ko’rsatmas edi. B) Bu topshiriqni qanday bajargani esidan chiqmaydi. // Onaxon shu xabarni aytgani kelgan edi C)Biz mustaqil O‘zbekiston farzandimiz. // Bizning maktabimiz yaqinda ta’mirlandi. D) Ko’zingizni yashnatadi bu bog’lar. // Chin inson birovga yaxshilik ko’zlar. 21. Qaysi qatorda Pirimqul Qodirovning qissalari berilgan? A) "Erk", "Dunyoning ishlari" B) "Najot", "Meros" C) "Qora ko‘zlar", "Avlodlar dovoni" D) "Yayra institutga kirmoqchi", "Diyonat" Download 216.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling