Ona tili va adabiyot 1
Yo’q demang, aka. Biz ham tushunadigan odammiz. Xafa qilmaymiz
Download 216.68 Kb.
|
ONA TILI INGLIZ TILI. 31.07.22
22. Yo’q demang, aka. Biz ham tushunadigan odammiz. Xafa qilmaymiz, - Alimardonning o’ylanib turganini o’zicha tushundi.
Ushbu gapda ajratib ko’rsatilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to’g’ri hukmni aniqlang. A) I shaxs ko’plik shakli I shaxs birlik ma’nosida B) I shaxs ko’plik shakli II shaxs birlik ma’nosida C) I shaxs ko’plik shakli II shaxs ko’plik ma’nosida D) I shaxs ko’plik shakli III shaxs birlik ma’nosida 23. Qaysi qatorda berilgan antroponimlar tug’ilgan kun ma’nosi bilan bog’liq tushunchani ifodalaydi? A) Xoldor, Anor, Qoravoy B) Baxtiyor, Umid, Go’zal C) O’roqvoy, Teshavoy D) Odina, Jumavoy 24. A. Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarining uchinchi qismi nima haqida? A) Qarolar falsafasi haqida B) Turli foydali kuzatishlar va misollar haqida C) Yaxshi fe’l xosiyati, yomon xislat kasofati haqida D) Adolat haqida 25. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. A) hasis, musoboqa, maxsulot B) xasis, mahsulot, tomosha C) jarrox, jangovor, toifa D) toyifa, musobaqa, jarrox 26. Ravish holi uyushib kelgan bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang. A) U bolakayni sevintirish, uning kayfiyatini ko‘tarish uchun shunday qilgan edi, lekin onasi buni o‘zgacha tushundi. B) To‘satdan daraxtlarning biri qattiq va vahimali silkindi, yomg‘irdek duv to‘kilgan olmalar uning boshiga, yelkasiga tushdi. C) Nizomjon yig‘ilib qolgan gaplarini entikib, shoshilib gapirardi, Dildor bo‘lsa beparvogina uning gaplariga quloq solib borardi. D) Kunbotar tomondan ko‘tarilgan bulutni shamol haydab keldi-da, shatir-shutir qilib jala quya boshladi. 27. Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. . . misralari orqali sog‘inch iskanjasidagi tuyg‘ularini ifoda etgan ijodkor kim? A) Bobur B) Nodira C) Uvaysiy D) Furqat 28. Xalq dostonlaridan birida: “O‘laman, deb mard qavlidan toyama, Yo‘qchilik jo‘mardning ko‘zin o‘yama, Oqsuvdan yilqingni o‘zim haydadim, Qo‘lingdan kelganin qilgin, ayama”, - deya dorga hukm qilinganda ham mardlikni qo‘ldan bermagan, yolg‘on gapirishni o‘ziga ep ko‘rmagan qahramon kim? A) Qorajon B) Mohiboy C) Ravshan D) Kuntug’mish 29. Qaysi javobda Shuhratning dostonlari berilgan? A) "Nido", "Orzu chashmasi", B) "Jamila", "Raymonda" C) "Shinelli yillar", "Mashrab" D) "Farzand", "So‘lmas chechaklar" 30. U avval-avval rasmlar chizdi. Rassom bo‘lmoqchi bo‘ldi. Qator-qator rasmlar chizdi. Rasmlarni ko‘rgazmaga qo‘ydi. . . U ajoyib animalist - jonivorlar tasvirini yaratuvchi rassom bo‘ldi. Ammo "baxt qushi"ni tabiatshunos olimlikdan, adiblikdan topdi. . . Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) A.Dode B) Jek London C) Ernest Seton-Tompson D) J. Rodari Download 216.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling