Ona tili va adabiyot 30 ta


Download 33.95 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi33.95 Kb.
#1177335
Bog'liq
2. Ona tili


ONA TILI VA ADABIYOT 30 ta

61. Buyrug’ingiz so’zida tovush o’zgarishlarining qaysi turi mavjud?


A) tovush tushishi va orttirilishi
B) tovush ortishi va almashishi
S) tovush tushishi va almashishi
D)tovush tushishi ,ortishi va almashishi

62. Unlilarning talaffuziga doir to’g’ri hukmlarni toping.


1.ayrim so’zlarda a harfi o kabi aytiladi
2.o harfi ayrim so’zlarda a kabi talaffuz qilinadi
3.o harfi ba’zan o’ kabi aytiladi
4.u harfi ba’zan i ga monand aytiladi
A)1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2
63. Qaysi qatorda narsani boshqa biror narsaga nisbatlash, o’xshatish, qiyoslashni bildiruvchi qo’shma otlar berilgan?
A)karnaygul,qo’ziqorin,bodomqovoq B)sheryurak,qirg’iyko’z,devqomat
S)oybolta, otquloq,qo’ziqorin
D)barchasida berilgan

64. Quyidagi gapda nechta ot bor?


Qo’qqisdan osmonni qora bulut qopladi-da , chelak-chelak suv quydi.
A) 4 B) 3 C) 5 D) 2

65. Shavkatli tariximizni zamonaviy, mahobatli tarixiy ishlar bilan boyitishga harakat qiling. Gapda nechta yasama so’z bor?


A) 3 B) 4 C) 5 D) 6

66. Narsa oti yasovchi va sifat yasovchi qo’shimchalar shakldoshligi qaysi javobda yuz bergan?


A)qishlik- yoshlik B)qo’zichoq-maqtanchoq C)sachratqi-tutatqi D)chizg’ich-yulg’ich

67. Paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud gapni toping.


A)Adl teraklar qishloqning husniga husn qo’shmoqda. B)Yaxshiga yondash, yomondan qoch.
C)Asl maqsadingizni ayting.
D)Amringizga muvofiq keldim.

68. Qaysi gapda ravishning ma’no jihatdan ikkita turi bor?


A)Ko’chada hamon yomg’ir chelaklab quyar edi. B)Allamahalgacha farg’onalik chorvadorlar o’tovida gurunglashib o’tirdik.
C)U kamtarona tabassum bilan sekin qarab qo’ydi. D)Norozilik bilan to’ng’illab zo’rg’a o’rnimizdan turishga majbur bo’ldik.

69. Qaysi gapda kishilik olmoshiga ta’kid ma’nosi yuklangan?


A)Sizlarga doimo baxt yor bo’lsin
B)Anavi kungi yosh mehmonni senga maqtayman. C)Rostini aytsam, o’zim ham unchalik yomon bola emasman.
D)Biz o’zimiz vatan tuprog’ini ko’z qorachig’iday asraymiz

70. Qanday sifatlar tuzilishiga ko’ra sodda sifat hisoblanadi?


A)qo’shimha qo’shish usuli bilan yasalgan sifatlar. B)tub va yasama sifatlar
S)tub sifatlar
D)tub va qo’shimchalar qo’shish usuli bilan yasalgan sifatlar

71. Mo’tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi.


Gapdagi ismlar qaysi gap bo’lagi bo’lib kelgan?
A)ega, to’ldiruvchi, hol, hol, kesim.
B)ega, to’ldiruvchi, hol, kesim.
C)ega, to’ldiruvchi D)ega, to’ldiruvchi, hol

72. Qo’shtirnoq notog’ri qo’yilgan javobni belgilang. A)”Kachal polvon” spektakli


B)”Cho’lpon” nomidagi kinoteatr
C)”Bahor” qahvaxonasi D)”Gulxan” jurnali

73. Yo’nalish ma’nosini bildiruvchi ko’makchilarni toping.


A)sababli, tufayli B)tomon, qarab, sari, bo’ylab C)haqida, to’g’risida D)kabi, singari

74. Qaysi gapdagi ko’makchi o’zidan oldingi so’z bilan birgalikda o’rin holi vazifasida kelgan?


A) Uni bizning maktabimizga tajriba uchun olib kelishgandi.
B)Yana ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishimizni talab qiladilar.
C)Otasidan bir kun olib pul, Kitob do’kon tomon soldi yo’l. Ketayotsa yo’lida o’g’lon, Uchrab qoldi muzqaymoq do’kon.
D)Ekinlar soat sayin gurkirab o’smoqda.

75. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarini toping. A)nahotki, hatto, -chi B)g’irt, -u, -yu, -da


C)-mi, -gina , -girt D)-oq, -yoq, -da, -a

76. Balki modal so’zi yana qanday vazifani bajarishi mumkin?


A)gumon olmoshi B)bog’lovchi
C)ko’makchi D)yuklama

77. Birlashgan daryo bo’lur, tarqalgan irmoq bo’lur. Ega qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?


A)ot bilan B)son bilan C)fe’l bilan D)ravish bilan

78. Jarda, anhorni to’ldirib oqqan suv yo’lida , tegirmonning chirillashi ham bahor nash’asiga yana bir go’zallik qo’shganday. Qaysi gap bo’lagi ajratilgan? A)hol B)to’ldiruvchi C)ega D)aniqlovchi


79. Qo’shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi. Gapda nechta qo’shimcha bor?


A) 5 B) 6 C) 7 D) 8

80 Olg’a so’zi ravishning qaysi ma’no turiga mansub? A)o’rin ravishi B) holat ravishi


C) payt ravishi D) ravish holi

81. Qaysi asarni yozishdan muallifning asl niyati-turli sabablar jamuljam bo’lib yuzaga kelgan murakkab vaziyatga tushib qolgan odamlar va hayvonlarning nozik kechinmalarini siz-u bizga yuqtirishdir? A)”Qorako’z majnun”


B)”Hurishni eplolmagan kuchukch”
C)”Yovvoyi yo’rg’a”
D)”Do’nan”
82. Nuqtalar o’rniga mos javobni qo’ying.
“Yulduzli tunlar” romanidan berilgan parchada butun xatti-harakatidan nihoyatda murakkab odam ekanligi sezilib turgan ……………..ni kerak paytda rag’batlantirib, boshqa payt jilovidan tortib turishi Bobur mirzoning hukmronlik iste’dodi ham tug’ma ekanidan darak beradi.
A)Ali Do’stbek B)Qosimbek
C)Ahmad Tanbal D)Uzun Hasan

83. Shuhratning tarjimayi holini to’ldiring.


“ …”dagi hayotni men yaxshi bilaman, ular men bilan bo’lgan,menga uchragan kishilarning hayoti.Men bu hayotning atrofidamas , naq ichida bo’lganman.Bu mavzuda biron narsa yaratmasam ko’nglim o’rniga tushmas edi ”.
A)”Jannat qidirganlar” B)”Oltin zanglamas” S)”Shinelli yillar” D)”Mashrab”

84. Sh.Xolmirzayev qaysi asarida sho’ro davrida qoralanib kelgan “bosmachilik harakati”ga ham yangicha yondashishga urindi?


A)”Qil ko’prik” romani B)”Qora kamar” pyesasi C)”Olabo’ji” romani D)”Ziyofat” pyesasi

85. ”Qo’shiqlarim sizga”, “Yurak va aql”, “Charog’bon” to’plamlari muallifi kim?


A)Zulfiya B)E.Vohidov C)S.Zunnunova D)M.Shayxzoda

86. M.Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” dramasida Jaloliddinga xanjar urmoqchi bo’lgan xoin kim edi?


A)Yaroqbek B)Amir Badriddin C)devona chol D)Elbors pahlavon
87. Do’st tanlashda adashmaslik kerakligi Ezopning qaysi masaliga xos tushuncha hisoblanadi?
A)”Kiyik va tokzor” B)”Bo’ri bilan laylak” C)”Yovvoyi echkilar va cho’pon” D)”Eshak bilan baqalar”
88. Lorkaning “Eng qayg’uli shodlik” to’plamini o’zbek tiliga o’girgan ijodkor nomini toping. A)Sh.Rahmon B)O.Matjon
C)H.Xudoyberdiyeva D)O.Sulaymon

89. Rabindranath Thakurning qaysi asarida soqov qiz kechmishlari bayon etilgan?


A)”Shubxa” B)”Oqshom qo’shiqlari”
C)”Donishmand Roja” D)”Suratlar va qo’shiqlar”

90. O.Matjonning “Eng so’nggi xazina” she’rida millatning o’zligini tayin etadigan eng so’nggi va bebaho xazina nima deb aytilgan?


A) til B) g’urur C) mehr D) yosh avlod



Download 33.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling