ONA
TILI VA ADABIYOT
76. Turli ma’noviy guruhga oid sifatlar bilan ifodalangan uyushiq aniqlovchilar qatnashgan egasi ma’lum gapni aniqlang.
A) Shahrimizga ko‘rk bag'ishlab turgan baland, oppoq binolarni rosa maqtashdi.
B) Tog‘ etaklaridagi nafis va xushbo‘y giyohlardan terib olish kerak.
C) Serchang, sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borardi.
D) U menga oppoq va dumboq qo‘lchalarini cho‘zardi.
77. Quyidagi gaplarning nechtasida egalik qo‘shimchalari qo'shilishi natijasida so'zlar imlosida tovush almashish hodisasi kuzatilgan ?
1)Buningiz institutni bitiradi-ya, kelajagi haqida ham bir o‘ylab kо'ring, hadeb erkalatmasdan.
2)Qalb qiynog'i og'ir bo'ladi, ko'nglingizni ezib qo‘yadi, shuning uchun pushaymon bo‘ladigan ishlarga yo‘l qo‘ymang. 3)Ikkala qiz ham og‘zini ochmay jim o‘tirishar,
bunisi ham, unisi ham miq etmasdi. 4)Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, to‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini undirar.
A)bittasi B)ikkitasi C)uchtasi D)to’rttasi
78. Quyidagi so’zlarning nechtasining ma`noli qismlari asos +shakl yasovchi+so`z yasovchi+so`z yasovchi tartibida joylashgan? qisqartma , maqtanchoqlik , qo’llanma, o’zicha, terimchilik,
A)bittasi B)ikkitasi C)uchtasi D)to’rttasi
79. Qismlari o`zaro kelishiklar yoki ko`makchilar bilan bog`langan otli birikmalarni aniqlang.
1) o’rik danak 2) rivojlangan mamlakat;
3) O`zbekiston haqida; 4) o`z uyim; 5) iliq munosabat;
6) onam uchun sovg’a ; 7)mehmonlar
ichkarida
A) 1,3,4,6,7 B)1,2,3,4,5,6,7 C)4,6 D)1,4,6
80. Tarkibida ikki nuqta tushirib qoldirilgan sodda gapni aniqlang.
A) Orzum shul o`chmasin yongan chirog`ing.
B) Hamon dilim g`ash rahbarimiz nega shundoq yig`ilishda noto`g`ri ma`lumot berdi?
C) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ilikka jimgina cho`kdi.
D) Aytilgan so`z otilgan o`q.
81. Quyidagi gaplarning nechtasi «K, – m, – k ». qolipidagi ko’chirma gap hisoblanadi ?
1) Abu Rayhon Beruniy aytadi Yaxshi xulq yaxshilikning alomatidir ;
2) Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan deydi Mahmud Koshg‘ariy
baxt va davlat ketadi ;
3) Kamgaplik deydi Hamid Olimjon donolik yo‘lining boshlanishidir ;
4) So‘z – qolip, fikr – uning ichiga quyilgan g‘isht deb yozadi Abdulla Qodiriy ;
5) Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati deb yozadiAbdulla
Avloniy yoshlarning
yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir ;
A)bittasi B)ikkitasi C)uchtasi D)to’rttasi
82. Qaysi qatorda uslubiy nomoslik mavjud ?
A)uch kundan oldin ketmoq B)qarg’a sayraydi C)shomda oy bo’zardi D)otasini suyadi
83. Qaysi qatorda sifatlanmish sifat turkumidan yasalgan?
A)Noo’rin so’zlarni qo’yaylik,do’stlar. B)Suvning tinig’i shu yerda ekan-ku.
C)Abadiy yoshlikka qo’l uzatsam , ilgimga aso tutdi D)Sifatli xizmatning nimasi yomon ?
84. 1.Shogirdlar mavzularni yaxshi o’zlashtirishga harakat qilyaptilar .
1.Shogirdlar, mavzuni yaxshi o’zlashtirishga harakat qilinglar .
Ushbu gaplar haqida berilgan to’g’ri hukmlarni belgilang .
1)Birinchi gapda ega va kesim shaxs-sonda mos ; 2)Ikkinchi
gapda ega qatnashmagan ;
3)Ikkita gapda ham bosh kelishikdagi so’z bir xil sintaktik vazifa bajargan ;
4)Birinchi gap ikkinchi gapdan gapning ifoda maqsadiga ko’ra farq qiladi ;
5)Ikkinchi gap birinchi gapdan eganing ishtiroki ko’ra farq qiladi;
A)bittasi B)ikkitasi C)uchtasi D)to’rttasi
85.O’rnimdan turib uy eshigini ochsam, o’g’lim bilan o’rtog’i sovuqdan qulog’i ,burni qizarib kirib keldi. Quyidagi gapda bir tovushdan iborat qo’shimcha ta’sirida nechta so’zda fonetik hodisa yuz bergan ?
A) 8 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
86. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) O‘g‘il bolalar ariqlarni tozaladilar qizlar esa hovlini supurdilar.
B) Onam qo‘y go‘shtini o‘z yog‘iga qovurib berdilar.
C) Sap sariq qovunlarning xushbo‘y hidi anqib turardi.
D) Shoh a’yonlarini chaqirib keltirdi.
87. Qaysi qatorda ︵ __ ︿ qolipidagi so’z aniqlovchi vazifasini bajargan.
A)Eslatma! Hamma farosatli bo’lib testini ishlasin.
B)Qo’llanma hozirgi yoshlarga foyda berishi uchun yaratilgan .
C)Qovurma go’shtni aytmaysizmi, naq og’izda erib ketadi.
D)Qaynatma sho’rva juda ham shirin chiqibdi
88. Uslubiy xoslangan so’zlar qatorini toping .
A)binobarin,xullas B)fido bo’lmoq , kulmoq
C)tenglama, daftar D)arz,osmon
89. Qora ayg’irning chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da , dabdurustdan Komilaga
yuzlandi .
Ushbu gapda qatnashgan aniqlanmish(lar)ga hokim bo’lgan so’z(lar) qaysi gap