Ona tili va adabiyot fanidan 2-kurs sirtqilar uchun 4-semestr yakuniy savollari
Download 445.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Sirtqi Test-2023 (2)
qo‘shiqlarni zavq bilan kuylardi.
D)Germaniyadan otam uchun antiqa qo‘lsoat olib keldim. 92. Ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan uyushiq vositali to‘ldiruvchilar qatnashgan gapni aniqlang. A)Harom yo farzandga, yo davlatga urar. B)U o‘zining kelgani haqida na Qurbon otaga, na Siddiqjonga xabar qildi. C)Berdiboy dam tandir, dam o‘choq quradi. D)Nonushtadan so‘ng men onam, otam va opam bilan xayrlashib yo‘lga tushdim. 93. Bilimdonlikning sir-u asrori g‘ayrat hamda matonat bilan o‘qish va o‘rganishdadir. Ushbu gapdagi yordamchi so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A)Gapda faqat bog‘lovchilar ishtirok etgan. B)Gapda 2ta ko‘makchi ishtirok etgan. C)Gapda ko‘makchi va bog‘lovchilar ishtirok etgan. D)Gapda 2ta vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan. 94. Qaysi gapda achinish mazmunini bildirgan modal so‘z ishtirok etgan? A)Afsuski, besh qo‘l barobar emas. B)Masalan, o‘zbeklar va qozoqlar tarjimonsiz ham bir-birlarini tushuna oladi. C)Balki, ustoz Oybekdek to‘lib, yozajaksan yangi bir doston. D)Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimizdir, albatta. 95. Qaysi javobda faqat vazifadosh ko‘makchilar berilgan? A)to‘g‘risida, qarshi, qadar, kabi, ost B)sababli, sari, bo‘ylab, qarab, uchun C)keyin, sayin, boshida, maqsadida, uzra D)ko‘ra, deb, avval, boshqa, ilgari 96. Qaysi gapda ayiruv-chegaralov yuklamalari qatnashgan? A)Nuqtadan bir qush uchar, go‘yoki behush uchar. B)Bu yer mol o‘tlaydigan, bolalar chillak o‘ynaydigan yer-da! C)Axir, bu muqaddas dargohda ko‘plab buyuk kishilar ishlab ketganlar. D)Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos. 97. Qaysi javobdagi gaplarda qatnashgan ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirib bo‘ladi? 1) Sardor akasining qahramonliklarini faxr bilan gapirib berdi. 2) Salima va Dildora telefon orqali gaplashishdi. 3) Bu sovg‘alarni atayin onam uchun oldim. 4) Hunarmandchilikning sir-u asrorini chidam va matonat bilan o‘rganish kerak. A) 3, 4 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1, 4 98. Qaysi javobda sof zidlov bog‘lovchisi ishtirok etgan? A)Nega endi natijalarga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi? B)Yosh Farhodning fikri quyosh kabi yorug‘, lekin ko‘ngildagi ravshanlik undan ham ortiq. C)Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab chiqdim-da, erta turgach eski maktab sari jo‘nadim. D)Biz o‘sha o‘yinlarda faqat jismonan emas, balki ma’naviy jihatdan ham chiniqar ekanmiz. 99. Qaysi javobda ayiruv bog‘lovchisi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lashga xizmat qilmagan? A)Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinardi, ba’zan itning akillashi eshitilardi. B)Nuri goh sevinib, goh ma’yus holda o‘ylar girdobiga botardi. C)Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangraydi, dam hind qo‘shiqlari ijro etiladi. D)Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi, Yoki so‘kildimi suvsar telpaging? 100. Qaysi javobda ko‘makchi vazifasida qo‘llana oladigan fe’l turkumiga mansub so‘zlar keltirilgan? A) avval, boshlab B) bo‘ylab, qarab C) o‘zga, muvofiq D) doir, uchun 1. Hozirgi oʻzbek tilida soʻzlik xususiyatini yoʻqotib, bir soʻz tarkibidagi ma`noli qism sanaluvchi til birligini koʻrsating. A.butunlay B.evoh C.taqir-tuqur D.kungaboqar 2. Ey oʻquvchi! Shuni aniq bilginki, jamiyat sen kabi insonlarga muhtojdir. Insoniyat faqat sen kabilarning obdon oʻylab amalga oshiradigan pishiq, puxta ishlari tufayli yuksaladi. Gapda mustaqil lugʻaviy ma`no anglatmaydigan soʻzlar soni qancha? A. 5 ta B. 8 ta C. 9 ta D. 7 ta 3. Toʻrt narsani berdi menga oqillarcha oʻylamoq: Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu she`riy parchada soʻz yasovchi qoʻshimchalar vositasida qaysi soʻz turkumlarga oid soʻzlar yasalgan? A.Ot, ravish, fe`l B. Ot, sifat C.ot, sifat, fe`l D. sifat, fe`l 4. Qaysi ravish tarkibida soʻz yasovchi va lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha boʻla oladigan tovushlar mavjud? l) piyoda; 2) tezda; 3)zimdan; 4) banogoh; 5) arang; 6) butunlay; 7) bazoʻr; 8) deyarli; 9) ozmuncha; 10)sal; ll)talay; 12)xiyla. A)l,2,3, 5,6,7, 8,9,10,11,12 B)1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12 C)1,2,3,5,6,7,8,9,10,11 D) 1,2, 3, 5, 6, 7, 8, 9,12 5. Qadriyat atamasi keng boʻlib, voqelikdagi hodisalarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu gapdagi yasama soʻzlar qaysi turkumga mansubligi toʻliq koʻrsatilgan. A) ot, sifat, fe’l B) ot, fe’l S) ot, olmosh, sifat D) sifat, fe’l 6. Qaysi qoʻshimcha oʻzak ifodalagan narsaning yoʻqligi yoki me’yordan kam ekanligini bildiradi. A) - siz B) – roq S) – gina D) – imtir 7. Odamlar baravariga qarsak chalishar, Alimardonning raqibini olqishlashardi.Ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama soʻzlar mavjud? A) ot, fel B) ravish, fe'l C) ravish, ot, fe'l D) ot, ot, fe'l 8.Ravish yasovchi qoʻshimcha omonimligi asosida soʻz omonimligi vujudga kelgan javobni toping. A) terma B) hozircha C) tonnalab D) yigitcha 9.Ravishning ma`no jihatdan uch turi ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Bular piyoda asta-sekin Oʻrdaga bordilar. B) Qarasa,uzoqdan bir hoʻkiz uni toʻxtovsiz chaqirib kelyapti. C) Keyin sal hushimni yigʻib qarasam,oyoqlarim oʻzidan-oʻzi yurib ketyapti. D) Hoʻkiz kechqurun qorni ochib,charchab kelsa,unga bir bogʻ quruq poyani tashlab qoʻyar ekan. 10.Bilurmisan, ayt, menga, knyaz, Movut koʻzli anov xonim kim, Turur ispan elchisi birlan? Oneginga qarar u birdan. (A.S.Pushkin) Berilgan she`riy parchada mustaqil lugʻaviy ma`noga ega boʻlmagan nechta soʻz qoʻllangan? A) 6 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta 11.Kamtar boʻl,barchani etgil bhramand, Sening ham martabang boʻlgʻusi baland. Urugʻ aralashib avval tuproqqa, Soʻngra boʻy choʻzadi osmon-falakka. (A.Jomiy) She`rdagi soʻzlarning nechtasi ravish turkumig oid? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5ta 12.Qaysi qatordagi soʻz yasovchi va lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar oʻzaro shakldosh boʻla oladi? A) qoraydi—oʻqiy boshladi B) bilim—ilmim C) kesa-suvsa D) suvsiz—borasiz 13.Bugungi tez oʻzgaruvchan zamonamizda soʻnggi texnologiyalarni oʻzlashtira oladigan yoshlarimiz,avvalo,oʻzlarini har qachongidan koʻra dadilroq his etmoqdalar. Ushbu gapda nechta ravish ishtirok etgan? A) 3 ta B) 2 ta C) 1ta D) 4 ta 14.Bu yerdan chiqqan sof buloq suvi naq buyrak kasalining tayyor davosi edi. Ushbu gapda qaysi soʻz turkumi qoʻllanmagan? A) ravish B) sifat C) olmosh D) yuklama 15. Sen boʻlmasang soʻzlarning, Bagʻri ming tilim boʻlar, Onajon, ona tilim, Mening shohona tilim. (Barot Yarash) Ushbu she`riy parchada soʻz yasovchi qoʻshimchalar necha oʻrinda ishtirok etgan? A) 4 B)1 C) 2 D) 3 16. Qaysi javobda quyida keltirilgan gapdagi yasama soʻzlar yuzasidan xato hukm bidirilgan? Tarixni oʻrganishdan asosiy maqsad-milly oʻzligimizni chuqurroq anglash. A) fe`ldan ot yasalgan B) olmoshdan ot yasalgan C) otdan sifat yasalgan D) otdan fe`l yasalgan 17. Odamlar baravariga qarsak chalishar, Alimardonning raqibini olqishlashardi. Ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama soʻzlar mavjud? A) ot, fel B) ravish, fe'l C) ravish, ot, fe'l D) ot, ot, fe'l 18.Yasama ravish ishtirok etgan gapni koʻrsating. A)Keyin sal hushimni yigʻib qarasam, oyoqlarim goʻyo oʻzidan oʻzi yurib ketyapti. B)Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi manda. C)Bu ishga vijdonan yondashdi. D)Archa hamisha koʻm-koʻk. 19. Uch soʻz turkumi doirasida omonim boʻladigan qoʻshimchalar toping . A) a, gi, i, ik ,iq B) on,ki, k, kor ,iq S) don, gi ,ik, a, on D) gi, a, ik ,iq ,don Download 445.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling