30-dars. URG‘U VA UNING AHAMIYATI (davomi)
Gapdagi so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi gap urg‘usi hisoblanadi.
32-dars. YOZUVLAR TARIXI
O‘zbek xalqi o‘z tarixi davomida oromiy, kushon, sug‘d, o‘rxun- enasoy kabi yozuvlardan foydalanib kelgan. VIII asrdan 1929-yilgacha arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek yozuvidan foydalanilgan. 1930–1940-yillar oralig‘ida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvi amalda bo‘lgan. Undan so‘ng kirill yozuviga o‘tilgan. 1993-yil xalqimiz lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini qabul qildi.
34-dars. LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSI
SMS qisqartmasi inglizcha short – “qisqa”, messeje – “xabar” va servise – “xizmat” so‘zlaridan olingan bo‘lib, qisqa xabarlar xizmati degan ma’noni anglatadi.
1993-yil 2-sentabrda respublikamizning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya (axborot almashish) tizimiga kirishini jadallash tirish maqsadida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilindi.
1995-yil 24-avgustda ushbu yozuvning imlo (to‘g‘ri yozish) qoidalari qabul qilindi. Harfl arning ma’lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harfl ar birikmasidan iborat.
37-dars. AYRIM UNLILAR IMLOSI.
A VA o UNLILARINING TALAFFUZI VA IMLOSI
A tovushi zamon, hamon, baho, jahongir kabi so‘zlarda o kabi aytiladi, ammo a yoziladi. O tovushi Pomir, okean, konsert singari so‘zlarda a, tonna, orden kabi so‘zlar o‘ aytilsa-da, o yoziladi. Termos, tormoz, direktor kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini i ga moyil aytilsa ham, o yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |