Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet3/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Xususiy tilshunoslik – alohida, ayrim til haqidagi fan; jumladan, o‘zbek tilshunosligi - o‘zbek tili haqidagi fan, qozoq tilshunosligi - qozoq tili haqidagi fan, rus tilshunosligi – rus tili haqidagi fan va h.k.
O‘z-o‘zidan ayonki, har bir xususiy tilshunoslik ma’lum bir konkret tilga xos bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Nazariy tilshunoslik til haqidagi nazariyani o‘rgansa, amaliy tilshunoslik lingvistik bilimlarni amalda qo‘llash bilan shug‘ullanadi.
2-masala bayoni
Til ijtimoiy hodisa sifatida
Til kishilarning o‘zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo‘lgan ehtiyoj natijasida paydo bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Til paydo bo‘lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo‘lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy
hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog‘liq. Til bo‘lmasa, jamiyatning bo‘lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo‘lshi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shadi. Shu munosabat bilan o‘tgan asrning 80-90-yillaridagi o‘zbek tilining ahvolini eslash o‘rinlidir. Bu davrda o‘zbek tilining faoliyat ko‘rsatish doirasi juda torayib, uning yo‘q bo‘lib ketish xavfi paydo bo‘ldi.
Ana shunda jamiyatimizning ilg‘ or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg‘urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989 yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi Qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu Qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biridir.
Til tafakkur bilan, kishining fikrlash faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Har qanday fikr til materiallari asosida shakllanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling