Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet59/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

4-amaliy mashg`ulot
Nutq tovushlarining tasnifi. Unli tovushlar.
Dars maqsadi: Talabalarga nutq tovushining tasnifini, shuningdеk unli tovushlar tasnifi haqida tushuncha hosil qilish.
IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI:
1. Nutq tovushlarining tasnifiy bеlgilarini aytib bеradi.
2. Unli tovushlarning tasnifiy bеlgilarini izohlaydi.
3. Unli tovushlarni uch tomonlama tasnif qiladi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Nutq tovushlarining tasnifiy bеlgilarini bajaradi.
2. Unli tovushlarining tasnifini qiladi.
3. Unli tovushlarning tavsifini qiladi.
Takrorlash va mavzuni o`zlashtirilganini tekshirish uchun savollar:
1.Vokalizm nima?
2.O’zbek adabiy tili vokalizmi qaysi fonemalarni o’z ichiga oladi?
3.Unli fonemalar undoshlardan qanday farqlanadi?
4.Unli fonemalar tasnifi nimalarga asoslanadi?
5.Lablarning ishtirokiga ko’ra unlilarning turlari?
6.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko’ra unlilarning turlari?
7.Tilning gorizontal harakatiga ko’ra unlilarning turlari?
8.Tasnifga asos bo’lgan qaysi belgilar fonologik xarakterda?
9.qaysi belgi o’z holicha fonologik xususiyatga ega emas?
10.O’zbek tilshunosligida hozirgi o’zbek adabiy tili vokalizmiga oid qanday masalalar munozarali bo’lib qolmoqda?
11.Unli fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari qanday farqlanadi? Ularning har biri alohida fonema deb qaraladimi?


Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:


1. Nutq tovushlarining balandligi nima bilan ta’minlanadi?
A) un paychalarining ko‘p tebranishi bilan B) un paychalarining kuchli tebranishi bilan C) un paychalarining past tebranishi bilan D) un paychalarining kam tebranishi bilan
2. Bir xil tovushlarning turlicha joylashuvidan hosil bo‘lgan so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) kitob, maktub, maktab B) suvrat, tasvir, tasavvur, musavvir C) uchqur, chuqur, urchuq D) ahbob, habib, muhib.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling