Ona tili va adabiyot fanidan


DARS MASHG‘ULOTLARINI TANQIDIY FIKRLAYDIGAN METODLAR ORQALI TASHKIL ETISH


Download 1.44 Mb.
bet110/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

2.DARS MASHG‘ULOTLARINI TANQIDIY FIKRLAYDIGAN METODLAR ORQALI TASHKIL ETISH
Ushbu tanqidiy mushohada usulining tub ma`nosi va mohiyati o`quvchilarni nafaqat tinglash hamda fikrlashga undaydigan, balki bunga qo`shimcha
ravishda o`rganilayotgan mavzuning mohiyati haqida boshqa birovlar bilan faol va ijodiy fikr almashinishdan iborat bo`ladi. Shuning uchun ham darslarni tashkil etish jarayonida shunga kata ahamiyat berish lozimki, o`quvchilarni
104

mashg`ulotlarning mazmun-mohiyati bo`yicha atroflicha va chuqur fikrlashga undash, o`zaro fikr almashinishga chaqirish va qiziqtirish samarali natijaga olib keladi. Darsni buy o`nalishda tashkil etish o`quvchilar o`zlashtirish darajasining ham keskin o`zgarishiga sabab bo`lishi mumkin. Chunki bu jarayonning bunday to`laqonli ravishda tashkil qilishi darsning zerikarli o`tilishiga barham berib, o`qituvchi bilan o`quvchilarning faol fikr almashishiga , munozara qilishga va bevosita muloqatga olib keladi. Shuni yodda tutish lozimki, biz har doim o`quvchilarga u yoki buy o`nalishlarda samarali, tanqidiy fikr yuritishko`nikmalarini shakllantirishga yo`naltirilgan ta`lim berishimiz lozim bo`ladi. Buni tanqidiy nuqtayi nazardan mushohada qilish deb aytsak, uning o`zi nima ekanligini quyidagicha aniqlab olishimiz kerakbo`ladi.


1.tanqidiy mushohada yuritish- bu qandaydir fkrlar ketma ketligi va majmuasi pirovard natijasidir. Bu biron bir shaxs birorta narsa haqida fikr yuritganda, uning fikrlarini o`zgalar tomonidan boshqa yo`naltirishlarda, chuqurlashgan holda tanqidiy nuqtai nazardan ko`rib chiqishdir. Demak, bu yangi hamda boshqacha noan`anaviy fikrlar, ma`lumotlar orqali atroflicha mushohada va munozara qilish usulidir.


    1. Tanqidiy mushohada faol jarayonlar turiga mansub bo`lib, o`rganuvchining bilim olish jarayonidaatayn yoki tasodifiy ravishda yuzaga keladi va uning o`rganayotgan ma`lumotlar to`plamini ijobiy ravishda o`zgartirishga , moslashtirishga, kengaytirishga yoki ma`lum bir keraksiz va muhim bo`lmagan qismining o`zgartirishiga yoki yo`qotilishiga olib kelishi mumkin.




  1. Tanqidiy mushohada jarayoni quyidagi mazmundagi savollar berilganda yoki muammolar o`rtaga tashlanganda yuzaga kelishi mumkin.

1)Men ushbu bilimlarni qanday qilib amaliyotda ishlata olaman?


2)Bu ma`lumotlar men uchun kerakmi, yoki yo`qmi?

3)Bu ma`lumotlar yoki mavzu haqida shaxsan men qanday fikrdaman?



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling