Ona tili va adabiyot fanidan


Shaxsning ijodiy-motivatsiyaga yo‘nalganligi


Download 1.44 Mb.
bet107/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Shaxsning ijodiy-motivatsiyaga yo‘nalganligi. Bu- qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o‘z kamolotiga intilish va boshqalar;

102

  1. Kreativlik. Bu xayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o‘zicha mushohada yuritish, refleksiya;




  1. Kasbiy faoliyatni baholash. Bu-ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;




  1. O‘qituvchining individual qobiliyati. Bu-ijodiy faoliyat sur’ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat’iyatlik, o‘ziga ishonch; mas’uliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar.

Yuqoridagi fikrlarimizni xulosa qiladigan bo‘lsak, innovatsion ta’limni tashkil etish pedagogning innovatsion faoliyati va ta’lim sohasidaga innovatsion jarayonlar bilan bog‘liq.




  1. O‘zbekiston Respublikasida innovatsion infratuzilmani shakllantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bu turli xil innovatsion markazlarni, texnologik parklarni, biznes inkubator va boshqa shu xildagi tuzilmalarni ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etish va rivojlantirishdan iboratdir. Aynan, shu kabi tuzilmalar faoliyati orqali ilm-fan yutuqlarini keng ko‘lamda amaliyotga tadbiq etish mumkin bo‘ladi.

2. Ta’lim muassasasida innovatsion ta’lim jarayonini tashkil etishda “Innovatsion muhit” shakllangan bo‘lishi kerak, ya’ni pedagogik jamoda umuman ta’lim muassasida ijodiy, samimiy do‘stona sharoit, unda pedagog-o‘qituvchi o‘zini erkin xis qila olishi va jamoda ichki intilish (motivatsiya) moddiy-ma’naviy qiziqish yuqori darajada bo‘lish kerak.




  1. Pedagogning innovatsion faoliyati rivojlanishida akmeologik yondashuv, kreativ yondashuv va refleksiv yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.




  1. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: kasbiy faoliyatning ongli tahlili, me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv, kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik, dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.

Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi.Ular quyidagilardir.


Dono xalqimiz ta’kidlaganidek, ta’lim olishning erta-kechi bo‘lmaydi, shuni alohida ta’kidlash joizki, bolaning mustaqil fikrlashi, ma’lum bir qarorga kelishi, keyinchalik ham shakllanishi mumkin. O‘z ustida ishlagan o‘quvchi buning ustidan chiqadi. Buning uchun ota-onalar va yuqori sinf texnologiya fani o‘qituvchilari ko‘proq ishlashlari kerak. Binobarin, o‘quvchilarda mehnat ta’limining oshishida ota-onalarning ham o‘rni bor. O‘z farzandining kelajagini o‘ylagan har qanday ota-ona farzandining mehnat qilishga va kasb tanlashga o‘rgatadi. Uning kelajakda qanday inson bo‘lishi albatta qiziqtiradi. Fan o‘qituvchisi esa unga yanada chiroyli “ishlov” berishi lozim.
O‘quvchi, aslida, fikrlay olmaydigan bo‘lmaydi, e’tiborsizlik oqibatida ular o‘z fikrlarini mustaqil ayta olmay qolishadi yoki qo‘rqishadi, hattoki, nutqini ham oson bayon etmay qolishi ham mukin. Bu holatlarda o‘quvchilarning kreativ

103


fikrlashlarini tuzatish mumkin. Bunda o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan individual ishlashlariga to‘g‘ri keladi.
Odatda o‘quvchi ikki yo‘nalishda xatoliklar qiladi: birinchidan, fikrini aytmaydi, ikkinchida, fikrini aytolmaydi. Aytaylik, 8-sinf o‘quvchisining erkin fikrlashi sust yoki fikrlari chalkash. Bunda o‘qituvchi yoki ota-onalar (aslida har ikkisi ham) o‘quvchi bilan alohida shug‘ullanishi kerak.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling