Ona tili va adabiyot fanidan
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
2-keys. 8-sing‘ ona tili darsligigi misol o‘quvchilar o‘rtasida bahsmunozaralarga sabab bo‘ldi. 84-mashqda berilgan so‘z birikmalari berilgan bo‘lib, ularni birlashtirib so‘z birikmalari zanjiri hosil qilish so‘ralgan.
Namuna: Yangi va qiziqarli asar; xalqimizning urg‘-odatlari va an’analari. 173
Darslikda yana shunday qoida berilgan: Ikki va undan ortiq so‘z birikmasi bir so‘z birikmasiga(?) birlashsa, so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi: o‘zbek tiliQo‘zbek adabiyoti q o‘zbek tili va adabiyoti; o‘zbek xalqiQqozoq xalqiQturkman xalqiqo‘zbek, qozoq va turkman xalqlari. So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi mumkin. Bunda bir so‘z birikmasi tarkibidagi hokim so‘z ikkinchi birikma tarkibida tobe mavqeda bo‘la oladi. Mazkur qoidani o‘quvchilarga tushuntirish mushkul. Aslida 84-mashqda berilgan misollarga tayangan holda quyidagicha qoida tuzilsa, o‘qituvchi va o‘quvchi uchun tushunarli bo‘lar edi: Bir tobe so‘zning ikki va undan ortiq hokim so‘zga tobelanishi yoki bir hokim so‘zga ikki va undan ortiq tobe so‘zning birikishi natijasida so‘z birikmasi zanjiri hosil bo‘ladi. Siz mutaxassis sig‘atida ushbu muammoli vaziyatga qanday echim topgan bo‘lar edingiz? G‘ikrlaringizni asoslang. 3-keys. 8-sing‘ o‘quvchilari Nazira va Dono lirik qahramon masalasi ustida bahslashib qolishdi. – She’riy asarlar shoirning oniy kechinmalari va hissiyotlari mahsuli sig‘atida qaraladi. Shunday ekan, she’rning lirik qahramoni shoirning o‘zi, – dedi Nazira. – Shoir har doim ham o‘z kayg‘iyatlari va hissiyotlarini ig‘odalayvermaydi. U birovlarning dardi, quvonch va tashvishi, kechinmalarini ham she’rga solishi mumkin, – dedi Dono. Siz o‘qituvchi sig‘atida qaysi ilmiy manbalarga tayangan holda ushbu muammoni hal etib berasiz? 4-keys. Badiiy asarda asosan ijodkor o‘z dunyosini badiiy shaklda bayon qiladi. Bunday qarash qaysi adabiyotshunoslik metodi doirasida o‘rganiladi. Badiiy asar bilan muallig‘ orasini bog‘laydigan parallel tushunchalarni ilmiy-nazariy jihatdan izohlang. Muammoni misollar bilan tushuntiring. 5-keys: Ushbu topshiriqda aniq bir hikoya matni tanlanadi. Asarning muallig‘i, yozilgan davri ko‘rsatilmaydi. Tinglovchi muallig‘ni hikoyaning uslubiga qarab aniqlashi lozim bo‘ladi. 174
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling