5-mavzu. Matn turlari va tahlil strategiyalari.
Badiiy adabiyotni o‘qitishning maqsadi, vazifalari. Ta’lim bosqichlarida adabiyotning o‘quv fani sifatida o‘rganish xususiyatlari. Tahlil turlari. Tahlilchilar ishtirokiga ko‘ra didaktik tahlil turlari. Adabiy ta’limda asarlar yahlit, obrazlar bo‘yicha tahlil qilinishi. Tilshunoslikda tahlillar va ularning turlari. Morfologik, leksik, sintaktik hamda punktuatsion tahlillar.
6-mavzu. Morfologiya bo‘limini o‘qitishdagi nazariy va metodik muammolar, ularni hal etish yo‘llari
So‘z turkumlari, ularning grammatik kategoriyalarini o‘qitish. So‘z turkumlarini o‘qitishning samarali usul va metodlari. Joriy dastur va darsliklarda So‘z turkumlarining berilish tartibi, grammatik kategoriyalar va ayrim til xodisalarini o‘qitishda yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimlari.
7-mavzu. Sintaksis hamda punktuatsiya bo‘limini o‘qitish muammolari va yechimlari
Sintaksis bo‘limini o‘qitishda morfologiya va leksika bilan bog‘lab o‘rgatish usullari. Sodda va qo‘shma gaplarni farqlash. Uyushiq kesimlar hamda birikmali hol ishtirok etgan sodda gaplar va qo‘shma gaplarni o‘rganishda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar.
Tinish belgilari va ularni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari. Tinish belgilarini ishlatish bilan bog‘liq xatolarni bartaraf etish yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |