Ona tili va adabiyot fanidan
LUG‘AT TUZISH PRINSPLARI VA METODIKASINI ISHLAB CHIQISH
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
LUG‘AT TUZISH PRINSPLARI VA METODIKASINI ISHLAB CHIQISH
Leksikografiya (leksika va grafiya) — 1) lugʻatlar tuzish, amaliy lugʻatchilik. Amaliy lugʻatchilik lugʻatlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: oʻz va oʻzga tillarni oʻrganish; ona tilini tavsiflash va meʼyorlashtirish (izohli, imlo va boshqa turdagi lugʻatlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni taʼminlash (ikki va koʻp tilli lugʻatlar, soʻzlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy oʻrganish (etimologik, tarixiy lugʻatlar) va boshqalar. Leksikografiya - lugʻat tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, maxsus yoki chet tilga mansub) soʻzning qanday maʼno anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo boʻlgan. Dastlabki tuzilgan lugʻatlar umumlashgan, universal xususiyatga ega boʻlgan (lugʻatlarning turli shakllari, koʻrinishlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan).tilshunoslikning lugʻat-chilik nazariyasiga oid sohasi, lugʻatshunoslik; lugʻat 71 turlari va ularni tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Nazariy leksikografiya bir qancha muammolarni qamrab oladi: lugʻatlarning umumiy tipologiyasini va yangi turdagi lugʻatlarni ishlab chiqish; lugʻat makrostrukturasini ishlab chiqish (soʻzlarni tanlab olish, soʻz va lugʻat maqolalarini joylashtirish tartibi, omonimlarni belgilash, lugʻat tarkibiga havola materiallarni kiritish); lugʻat mikrostrukturasini, yaʼni har bir lugʻat maqolasini ishlab chiqish (soʻzga grammatik va fonetik izoh berish, soʻz maʼnolarini ajratish va tasniflash, dalil sifatidagi illyustratsiyalar turlari, taʼriflash turlari, belgilar tizimi, etimologiyasi haqidagi maʼlumotlar) va boshqa leksikografi- ya tilshunoslikning barcha boʻlimlari, ayniqsa, leksikologiya bilan oʻzaro bogʻliq. Leksikografiya ham amaliy, ham nazariy soha sifatida leksikologiya, uslubshunos- lik, fonetikaga hamda til tarixi, tilning grammatik qurilishi haqidagi taʼlimotga suyangan holda ish koʻradi. Zamonaviy leksikografiya muayyan davr jamiyatidagi bilimlar majmuini aks ettiruvchi lugʻatlarning muhim ijtimoiy vazifasini alohida qayd etadi. Leksikografiya lugʻatlar tipologiyasini ishlab chiqadi. Shu jihatdan bir tilli leksikografiya (izohli va boshqa lugʻatlar), ikki tilli leksikografiya (tarjima lugʻatlar), oʻquv leksikografiyasi (til oʻrganishga maxsuslashgan lugʻatlar), ilmiy-texnik leksikografiya (terminologik
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” 5 jildli bo‘lib, 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tilining ushbu izohli lug‘ati keng xronologik doirada o‘zbek tilining butun so‘z boyligini emas, balki hozirgi zamon o‘zbek tilining keng iste’moldagi so‘z boyligini to‘plash va tavsiflashni o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi. Chunki o‘zbek tili XX asrning 2-yarmida, xususan, keyingi o‘z yilda yangi- yangi so‘zlar so‘z shakllari va ifoda vositalari bilan boyidi shu bilan birga, sifat jihatidan ham ancha o‘zgardi. Shunday qilib, lug‘atning asosiy vazifasi hozirgi o‘zbek adabiy tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash bilan birga uning meyorlarini belgilash va barqarorlashtirishdan iboratdir. Ayni zamonda u nutq madaniyatining yuksalishiga ham xizmat qiladi. O‘zbek tilining ushbu izohli lug‘atini tuzishga kirishishdan oldin katta tayyorgarlik ishlari olib borildi. Badiiy adabiyot namunalariga tayanib, lug‘atning leksik asosi-lug‘at kartotekasi fondini to‘ldirish va boyitishga alohida e’tibor berildi. Chunki tilning boyligi va meyorlari, avvalo, so‘z ustalarining asarlarida aks etadi, sayqal topadi. Natijada kartoteka fondida Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Hamza Hakimzoda Niyoziydan boshlab to shu kungacha bo‘lgan o‘zbek yozuvchilari asarlaridan hamda o‘zbek tilida nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnikaviy, diniy- falsafiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklardan, vaqtli matbuot va qisman boshqa tillardan o‘zbekchaga qilingan tarjimalardan olingan uch millionga yaqin misol-kartochka to‘plandi. Lug‘at ustida ishlaganda har bir so‘zning amaliy jihatlariga, amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi. Har bir so‘zning o‘quvchi shaxsining dunyoni bilish va o‘zlashtirishdagi, uning nutqiy faoliyatidagi muayyan bir xizmatlari bo‘lishini ta’minlash shart. 72 O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan so‘zlarning umumiy miqdori va hajmi belgilangan bo‘lishi, buning uchun lug‘atgacha minimumdan tegishli so‘zlarning alfavitli sistema ishlab chiqilishi ish muvaffaqiyatini ta’minlaydigan dastlabki omillardir. O‘quvchilar uzviylik va uzluksizlik prinsplari asosida sinonimlar lug‘ati, antonimlar lug‘ati, o‘zbek tilining izohli lug‘ati bilan tanishtirilib borilishi kerak. Tilshunoslikning, ona tilining turli bo‘limlarini o‘rganishda, adabiyot fanida bu ishning o‘ziga xos imkoniyatlaridan foydalanish o‘rinli bo‘ladi. Bu jarayondagi eng muhim bosqich esa so‘z ma’nolarini o‘zlashtirish bilan aloqador. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling