Ona tili va adabiyot fanidan
UYUSHIQ KESIM VA QO‘SHMA GAPLARNI O‘RGANISHDA E’TIBOR QARATISH KERAK BO‘LGAN JIHATLAR
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
3.UYUSHIQ KESIM VA QO‘SHMA GAPLARNI O‘RGANISHDA E’TIBOR QARATISH KERAK BO‘LGAN JIHATLAR
Qo‘shma gaplarni uyushiq kesimli sodda gaplardan, sodda va qo‘shma gaplar orasidagi uyushgan gaplardan farqlash lozim. Uyushiq kesimli sodda gaplar egasi bitta, bitta umumiy [Pm] ga ega bo‘lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topgan gaplardir. Misollar: 1.Jamshid o‘qir, yozar va chizar edi. 2.Do‘kondorlar do‘konlarini ochib, mudrab o‘tirishardi. 3.Qushlar tinimsiz chug„urlashar va charx urishar edi. Uyushgan gaplar esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga, shuningdek, bitta umumiy [Pm] li birdan ortiq kesimga ega bo‘lgan gaplardir. Misollar: Bahor kelar, dala ishlari qizib ketar edi. 2.Jamshid o‘qir, Jahongir yozar, Isroil esa chizar edi. 3. Do‘kondorlar savdoga chorlab, attorlar esa mollarini maqtab o‘tirishardi. Qo‘shma gaplar esa har biri o‘z [Pm] ga ega bo‘lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topadi. 1.Jamshid o‘qirdi, Jahongir yozardi, Isroil esa chizardi. Formal-funksional yondashuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli gaplar qo‘shma gap sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda shaxs-son, zamon, tasdiq- inkor, modallik/mayl (kesimlik) ma’nolari birdan ortiq ifodalanadi. Bu esa semantik nuqtai nazardan ularning har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi. Ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning bir murakkab butunlikni tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy va intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi. Qo‘shma gapni tashkil etayotgan sodda gaplar ohang jihatidan mutlaq tugallikka ega bo‘lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy yakunlangan bo‘ladi. Bu nisbiylik mustaqil sodda gaplardagi tugallanganlikdan farqlanadi. Qo‘shma gap tarkibida birikayotgan bir sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Natijada yangi modal ma’no vujudga keladi. Uzluksiz ta’lim bo‘g‘inlarida mavzuni yoritishda qator muammolarning mavjudligi bu fikrni isbotlaydi. Ularning ayrimlarini sanab o‘tamiz: 95 Ma’lumki, mustaqillikdan so‘ng o‘zbek tili gap qurilishi tilimizning milliy tabiatidan kelib chiqib tadqiq etildi va mavzu doirasida bir muncha o ‘zgarishlar yuzaga keldi. Yaqinga qadar qo‘shma gap sifatida qaralib kelingan Bahor kelib, kunlar isidi tipidagi gaplar ravishdoshning kesim bo‘lib kela olmasligi isbotlangach hol kengaygan birikmali sodda gap deb yuritila boshlandi. Maktab darsliklarida fanning so‘nggi yutuqlariga tayanib bu tipdagi gaplar sodda gap ekanligi qoidalashtirildi. Biroq maktab 8-9-sinf darsliklarida ham, akademik litseylar uchun yaratilgan 3-kurs darsligida ham bunday gaplarni ba’zan qo‘shma, ba’zan sodda gaplarga kiritish hollari uchrab turibdi. Qo‘shma gap turlarini nomlash mavzu mohiyatni tushuntirishda muhim rol o‘ynaydi. Maktabda qo‘shma gap turlari “Bog„langan qo‘shma gap”, “Ergashgan qo‘shma gap”, “Bog‘lovchisiz qo‘shma gap” degan nomlar bilan berilgan. O‘quvchida tabiiy ravishda savol tug„iladi: faqat birinchi turdagi qo‘shma gap qismlari bog„langan, boshqa turlari bog‘lanmaganmi? “Bog‘langan” so‘zi o‘quvchini chalg„itadi. Litsey darsligida ularga nisbatan “Teng tarkibli qo‘shma gaplar” terminining ishlatilishi mavzu mohiyatini oson tushunishga yordam beradi. Qo‘shma gapga qoida berilganda “qismlari ma’no, ohang va grammatik jihatdan bog‘langan” deb ta’riflanadi. “Bog‘lovchisiz qo‘shma gap” termini o‘quvchida qoida bilan tasnif o‘rtasida chalkashlikni keltirib chiqaradi. Litsey darsliklarida “Ohang yordamida birikkan qo‘shma gap” terminining ishlatilishi maqsadga muvofiq. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling