Ona tili va adabiyot fanidan


Ta’lim menejerining kreativ tafakkuri –


Download 1.44 Mb.
bet105/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Ta’lim menejerining kreativ tafakkuri –

  1. Aqlning peshqadamligi




  1. Tezlikda qaror qabul qilish

  2. Qarorlarni qabul qilishdan cho‘chimaslik




  1. Ish vazifasi va sohasiga sodiqlik

  2. Tafakkurning egiluvchanligi




  1. Noan’anaviyligi

  2. Nostandart qarorlar va yechimlar qabul qilishdan cho‘chimaslik




  1. Istiqbolni ko‘rish




  1. Prognoz qila olish kabi xususiyatlarning maqsadli tarbiyalanishi va shakllantirishiga bog‘liq pedagogik jarayondir

Kreativlikni tarbiyalash mezonlari


  1. O‘z tafakkurini original yechimlar topish va ularni targ‘ib qilishga chaqirish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqishga o‘zini majburlash;




  1. Boshqa insonlar siz to‘g‘ringizda noto‘g‘ri tushunchaga borishidan cho‘chimaslik;

101


  1. Keng mushohada etish, an’anaviy bo‘lmagan usullardan foydalanish, o‘z tafakkur tarzi, milliy mentalitet va stereotiplar qobig‘idan chiqib ketishga urinish;




  1. Agar birinchi tajribasi muvaffaqiyatsiz bo‘lsa ham, o‘z tajribalaridan voz kechmaslik, noan’anaviy usullarda fikrlashni davom ettirish, masala yechimining boshqa variantlarini topish, boshqa yo‘llarni qidirishda davom etish;




  1. Diskussiya va bahs uchun doimo ochiq bo‘lish, bahsni o‘zingizga qaratilganligiga ishonmaslik, bahsni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘z fikrlaringizni bahs jarayonida nazorat qilib borish;




  1. Anglashilarsiz va tushunarsiz narsa va hodisalarning mohiyatini anglashga harakat qilish zarur.

Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi.


“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar, Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar.




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling