Ishni bajarish uchun namuna
Amaliy mashg‘ulotda tahlil qilish uchun mo‘ljallangan maqolalar ro‘yxati tinglovchilarga bir necha kun oldin tavsiya etiladi. Tinglovchilar mashg‘ulot o‘tkaziladigan sanaga qadar quyidagi maqolalarni topib, o‘qib kelishlari lozim:
Maqsad: So‘z turkumlari, ularning grammatik kategoriyalarini o‘qitish muammolari hamda ularni bartaraf etish usullarini tahlil qilish. Joriy dastur va darsliklarda so‘z turkumlarining berilish tartibini muhokama qilish. Shuningdek, grammatik kategoriyalar va ayrim til hodisalarining ular mansub bo‘lgan so‘z turkumi doirasiga kiritilmaganligi natijasida amaliyotda yuzaga kelgan muammolar, ularning echimlarini topish.
Metod: Og‘zaki bayon qilish, taqdimot, suhbat, ijodiy topshiriqlar ishlab chiqish, bahs-munozara.
Shakl: Savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, jamoa bilan katta guruhda ishlash.
Vosita: tarqatma materiallar, A–4 formatdagi qog‘oz, marker, skotch va boshqalar.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish. Baholash: Rag‘batlantirish. Mazkur mavzu o‘quv-uslubiy majmuaning “Modulni o‘qitishda interfaol metodlar” bo‘lmida tavsiya etilgan metod va usullardan biri yordamida o‘tilishi
mumkin. Bunda quyidagi rejadan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |