2.DIKTANT O`QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI TEKSHIRISHNING ENG ISHONCHLI VA QULAY TA’LIM VOSITASI
EKANLIGI. DIKTANT TURLARI VA ULARNING O`TKAZISH USULLARI
Ta’lim tizimida diktantlarni xizmati benihoya kattadir. Diktantlarni maktablarda o`quvchilarga imlo va punktuatsiya o‘qitishdagi katta xizmati shundaki, diktant yozish jarayonida yozuv orqali o`quvchilarni aqliy faoliyati rivojlanadi. O‘quvchi o‘qituvchi aytib turgan jumlalarni yoki so`zlarni yozadimi, yoki fikrini erkin yozadimi, baribir u ongli ravishda og`zaki nutqni yozma shaklga ko`chiradi. Dastlab, so`zlovchini nutqini tinglovchi mazmun jihatdan idrok qiladi. So`zlovchidan nutqini yozuvga ko`chirish jarayoni boshlanganda esa, o`quvchi gapdagi so‘zlarni tovush tarkibi va gaplarni ohangiga e’tibor beradi, tovush va harflarni o‘zaro qiyoslaydi ohangni ma’lum tinish belgilari bilan ko`rsatishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |