Ona tili va adabiyot fanidan


Bayonni tahlil qilish, tuzatish va baholash


Download 1.44 Mb.
bet125/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Bayonni tahlil qilish, tuzatish va baholash.

112


O‘qituvchi o`quvchilar yozgan bayonlarni o`qib, o`rganib, baholaydi, sinfda tahlil qiladi. O‘qituvchi bu ishlarni puxta uyushtirish bilan bayonni muvaffaqiyatli yozilishiga erishadi.
Ilg`or o`qituvchilar yozma ish – bayonni tanlangan matnni o`quvchi tomonidan qanchalik o`zlashtirilgani va bayon etilganiga rejani maqsadga muvofiqligi va reja asosida izchillikda, savodli, grammatika qoidalariga mos ravishda yozilishiga e’tibor beradilar.
V-IX sinflarda o`quvchilar yozgan bayonni tekshirishda aniqlangan xatolar belgilar bilan ko`rsatib qo`yiladi: orfografik xato harfni tagiga bir to`g`ri chiziq (-), ortiqcha yozilgan harf tagiga ikki to`g`ri (=) chiziq, so`z xato yozilgan yoki jumlada sintaktik aloqa buzilgan bo`lsa, bir uzun to`g`ri (_____) chiziq, uslubiy xatoga yo`l
qo`yilgan bo`lsa tagiga ( ) to`lqinli chiziq chiziladi. Bir yoki bir necha jumlada uslubiy xatolar bo`lsa, daftarni hoshiyasiga qo`sh (||) tik chiziq ishorasi qo`yiladi; jumlalar orasida aloqa bo`lmay fikr tushunarsiz bo`lsa, daftarni hoshiyasiga bir tik (|) chiziq ishorasi va savol alomati (?) qo`yiladi. Yangi fikr yangi yo`ldan boshlanmagan bo`lsa, jumladagi birinchi so`z oldidan yangi yo`ldan boshlash ishorasi (Z) qo`yiladi.
Bu ishoralarni o`qituvchi ham, o`quvchilar ham xotirada saqlashlari lozim. Chunki o`quvchilar bu ishoralar yordamida o`z xatolarini bilib oladilar va tuzatadilar. Yozma ishlarni, jumladan, bayonni tekshirishda kim qayerda, qanday xatolarga yo`l qo`yganligini aniqlash, xatolarni xillarga bo`lib ularni tuzatish yo`llarini o`quvchilarga ko`rsatish maktab tajribasida sinalgan usul hisoblanadi. Tahlil jarayonida eng yaxshi yozilgan ishlarning ayrim o`rinlarni namuna sifatida o`qib eshittirish ham pedagogik va psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega bo`lgan usulllardandir. Yozma ishi namuna qilib ko`rsatilgan o`quvchi ma’naviy tomonning mukofotlanganligini chuqur his qiladi, boshqa o`quvchilarda esa yozma ishga jiddiy munosabatda bo`lish mas’uliyati ortadi.
O`quvchilar yozma ishiga, jumladan, yozgan bayoniga qo`yilgan baho orqali ular o`z xatolarini tushunadilar, kelajakda shunday kamchilikka yo`l qo`ymaslikka harakat qiladilar.
O`qituvchi yozma ishlarni tekshirganda oldin ularni ijobiy tomonini umumiy baholaydi, chunki yozma ishga umumiy baho berish o‘quvchida ko`pchilik oldida javobgarlik tuyg`usini tarbiyalaydi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling