3.BAYON VA UNING TURLARI. BAYON O`TKAZISH METODIKASI O`quvchilarni o`z fikrini mustaqil yozishga, o`qilgan matnni hikoya qilishga
o`rgatishni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Buning uchun o`quvchilar matnni og`zaki hikoya qilayotganda qo`llangan alohida so`zlarni yozishdan gapni yozishga, so`ng matnni qismlarini yozishga va ikkinchi sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga o`rgatiladi. Bayon o`qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so`ng yozma qayta hikoyalashdir. Adabiyot darslarida matn ustida ishlash, o`qilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida og`zaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Bayon yozishning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari boshlang`ich sinf o`quvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga ko`ra bayon uchun kichik hajmdagi kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi.
Bayon matni asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi bir matn tanlansa unga yana bir qancha lavhalarning tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari qo`shiladi; keyinroq shaxsini o`zgartirib bayon yozishga o`tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |