14-mavzu:Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish metodikasi Fan o’qituvchisi: Sharipova M.B Reja: - 1Ertak va hikoya janrining o`xshash va farqli jihatlari
- 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hikoya va ertak janridagi asarlar bilan tanishtirish
- 3.Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish
- 4.Hikoya qilishni o’rgatish.
- 5.Hikoyalar turlari va ularning izchilligi.
- 6.Ijodiy hikoya qilishga o`rgatish
Tayanch tushunchalar va iboralar: - badiiy adabiyot,kichik janrlar,hikoya, ertak, maktabgacha ta’lim muassasasi,ijodiy hikoya, matn va mazmun.
Hikoya qilish metodikasi - Bolalarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar: ekskursiya, sayr, mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash. Hikoya qilayotganda tevarak-atrof- dagi buyum, voqea-hodisalarning nomini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini, xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, voqea- larning vaqti va joyini ko'rsatishga o'rgatish. Topishmoqlar o'ylab topishga undash.
- Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishni davom ettirish.
- Bolalarni manzarali suratlar bo'yicha maxsus hikoyalar to'qishga o'rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, surat¬dagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga. o'z hikoyalarida tasviriy so'z va iboralardan foydalanishga o'rgatishni davom ettirish. Bolalar mustaqil hikoya tuzayotganlarida og'zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.
hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egallashlari lozim: - 1. Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.
- 2. Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni qayta hikoya qilib berish.
- 3. Ko'rib turgan narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar, kiyimlar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
- 4. Voqeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
- 5. Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |