Katta guruh dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bayon etilgan: - Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.
- Narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar. kiyim- kechaklar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar haqida hikoyalar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni tuzish.
- Rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish.
- Xotiradan o'z shaxsiy tajribasida kuzatgan voqea va hodisalarni, narsalarni, bog'chada va uyda nimalar qilganini, guruhda va uyda bo'lib o'tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish.
- Ta’limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: ,,Qo'- g'irchoq, o'yinchoqni top", „Qo'g'irchoq, menda qanaqa gul bor“, „Qo'g'irchoq, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?", ,,Qo'- g‘irchoq, qo'limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top- chi?“ va boshqalar.
- Ijodiy hikoya qilishga, tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'qish, berilgan 3 — 4 so‘z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga o'rgatish.
- Hikoya namunasini berish usuli.
- Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo'lib, tarbiyachi bolalarga narsa-buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam benivchi ta'limiy usul bo'lib hisoblanadi.
Bolalarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan usullar - Hikoya rejasini berish usuli.
- Hikoya rejasi 2 — 3 asosiy savoldan iborat bo'lib, fikrning ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi. Namuna usulidan foydalanib hikoya qilib berish bilan bog'liq 2 — 3 mashg'ulotdan keyin hikoyani reja asosida so'zlab berishga o'rgatish mustaqil, yetakchi usullardan biri bo'lib qoladi. Bolalar hikoyasi xilma-xil bo'lishi uchun tarbiyachi oldindan asosiy va qo'shimcha reja tayyorlab qo'yishi kerak. Bir mashg'ulot jarayonida savollarni almashtirish (yangilash) bolalar diqqatini faollashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |