Mavzu bo‘yicha masalalar “Hissadorlar yangi rahbarni tanlaydilar”


Download 17.45 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi17.45 Kb.
#1777838
Bog'liq
keys stadi


MAVZU BO‘YICHA MASALALAR
“Hissadorlar yangi rahbarni tanlaydilar”

So‘nggi yilda bundan avval ham ishlari uncha yaxshi bo‘lmagan
“Kompleks” yopiq turdagi hissadorlik jamiyatining ishlari yomonlashdi. Talab
kamaydi, mahsulot iste’molchilari to‘lovlarni to‘lashga shoshmadilar. To‘lasalar
ham asosan barter qilardilar, natijada ushbu jamiyatning ham debitorlik ham
kreditorlik qarzlari ko‘payib ketdi, ishlovchilar esa to‘rt oylab maosh olmadilar.
Bosh direktor Antonov N.I. ning fikricha, buning sababi, davlatdagi
umumiqtisodiy inqiroz, respublikada ishlab chiqarish siyosatining yo‘qligi va u
takliflarni rad etganligidadir. Direktorlar kengashi boshqaruvchini almashtirish
muammosini echishga to‘g‘ri keldi. Hissadorlarning navbatdagi yig‘ini bahslar
ostida o‘tdi va unda bundan avval “Kompleks” ning rahbariyatini tanqid ostiga
olgan va olti oy davomida korxonaning ishini yaxshilashga va oyliklarni vaqtida
to‘lashga va’da bergan Sashin K.A. yangi direktor etib tayinlandi. Sashin deyarli
bir ovozdan tayinlandi. YAngi rahbar ishini shundan boshladiki, o‘zini
tayinlanganidan so‘ng uch kunga, u tanlovdagi bosh raqibi bo‘lgan bosh muhandis
Izmaylov A.P. ga har qanday hujjatlarni taqdim qilishni taqiqladi.
Ertasi kuni har narsadan iqtisod qilish bahonasida uning xizmat mashinasini
olib qo‘ydi va 50-60 km oralig‘ida joylashgan bo‘linmalar ishini nazorat qilish
imkoniyatidan mahrum qildi. Bularning hammasi, bosh muhandis o‘z ishini eplay
olmasligi va bosh direktordan hayfsan olib, mukofot pulidan mahrum bo‘lishiga
olib keldi.
Yangi direktor bilan ikki oy davom etgan og‘ir ishdan so‘ng Izmaylov
ishdan bo‘shashiga to‘g‘ri keldi. Tanlov bo‘lganiga yarim yildan ortiq vaqt o‘tdi,
lekin hissadorlik jamiyatidagi ahvol yaxshilanish o‘rniga yomonlashdi. Oyliklar
ham kechiktirildi, byudjet oldidagi qarzlar ham ko‘paydi, nafaqa fondi oldidagi
qarzlar ham ko‘paydi va “Kompleks” bankrot yoqasiga kelib qolish ehtimoli bor.
Rahbar Antonov A.Sh. ning qiziqishlarini himoya qiluvchi 1-guruhga
topshiriq
:
Siz bilasizki, hissadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yomonligining
asosiy sababi bu Sizning mahsulotingizning iste’molchilarining ancha katta
debitorlik qarzlari borligidir, lekin Siz bundan chiqib ketish yo‘llarini
ko‘rmayapsiz, chunki oluvchilar bilan o‘rnatilgan aloqalarni yo‘qotishni va
bozorning yangi segmentiga chiqa olmaysiz. SHuningdek, oylikning sistematik
ravishda kechikishi ishchilarning ko‘pini Sizga qarshi qilib qo‘yganini tushunasiz.
Vaziyatni hal etish uchun savollar:

  1. Siz qaysidir yo‘l bilan direktor o‘rnida qolishiga harakat qilasiz yoki
    hammasini kengash qaroriga topshirib qo‘yasizmi?

  2. Og‘ir moliyaviy ahvolning yaxshildash uchun nima qilish mumkin?

  3. Balki o‘zingizni yordamchilaringizni yig‘ilishda bitta jamoa bo‘lib chiqish
    va ular bilan javobgarlikning taqsimlab olish kerakdir?

  4. Siz ishchilar va hissadorlar oldidagi javobgarlikni nimada ko‘rasiz?


Yangi rahbar Sashin K.P. ning himoya qiluvchi 2-guruhga topshiriq:
Siz korxonaning ishlab chiqarishdagi va moliyaviy ahvolini yaxshi bilasiz,
lekin nima qilish to‘g‘risidagi aniq ma’lumot dasturingiz yo‘q va Siz o‘zgarishlar
kiritishda kimga suyanishni bilmaysiz.
Vaziyatni hal etish uchun savollar:

  1. Keyingi olti oy ichida qiladigan ishlaringiz dasturini ishlab chiqing.

  2. Jamoadagi ijtimoiy-ruhiy ahvolni yaxshilash uchun va shu maqsadni ko‘zlovchi boshqalarni jalb qilish uchun nimalar qilish kerak?


MAVZU BO‘YICHA MASALALAR

1-masala
Ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanadigan kompaniya xar biriga bir
qancha mikdorda pul to‘lab ikkita kvartiraga ega bo‘ldi. So‘ng bu kvartiralar
sotildi. Bir kvartiradan kompaniya 14 % daromad oldi, ikkinchisidan 11 %
yo‘qotdi. Ikkala kvartiraning sotuvidan so‘ng kompaniya 515 ming sh.p.b. ga ega bo‘ldi.
Savol: Har bir kvartiraning sotib olish va sotish bahosi qancha?


2- masala
Korxona menejeri o‘zining ish vaqtini yarmisini kabinetida o‘tkazdi.
So‘ngra korxonani ko‘zdan kechirish uchun ketgan vaqtning yarmisi qolguncha
korxonani ko‘zdan kechirdi.
Savol: Menejer o‘z ish vaqtining qancha qismini korxonani ko‘zdan kechirish uchun sarfladi?

KEYS STADI

1-masala.

Sut sotuvchi mahsulotni ikkita etkazib beruvchidan qabul qiladi. Har ikkisi
ham miqdoran bir xil, lekin sifati 2 xil sut olib kelishdi. Shuning uchun ham
sutning narxlari har xil, qimmat sut 1 litri 1 sh.p.b., arzoni esa 2 litri uchun
shuncha. Shunda sotuvchi ikki sutni ham aralashtirib 3 litrini 2 sh.p.b. dan sotishga
qaror qildi. Barcha sut sotib bo‘linganidan so‘ng sotuvchi pulni sanasa 50 sh.p.b. etmadi.Agar sutni aralashtirmasdan sotganida bu pul qancha chiqardi?
Savol: sotuvchi aralashmani sotayotganda har bir sutdan kancha yo‘kotdi va
qancha yutdi?
2-masala.
Korxona rahbari xodimlaridan biriga inflyatsiya munosabati bilan oylik
maosh oshirilishi uchun ikki variantni tavsiya etdi.
1-variant: hozirga damdan boshlab yiliga 1200 sh.p.b. bo‘lgan maosh yil
bo‘yi o‘zgarmaydi. Keyingi yildan boshlab maosh 200 sh.p.b. oshib boradi.
2-variant: shu damdan boshlab 1200 sh.p.b.dagi yillik maosh o‘zgarmaydi.
Xar yarim yillikning oxirida esa yillik maoshga 50 sh.p.b. teng mikdorda
qo‘shimcha pul qo‘shiladi. Savol: variantlardan qaysi biri xodim uchun qo‘layroq?
Download 17.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling