14-mavzu: Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish metodikasi


Masalan, maktabga tayyorlov guruhi bolalariga o'z guruh xonalarini tasvirlash uchun taxminan quyidagi rejani taklif etish mumkin


Download 1.38 Mb.
bet3/11
Sana10.03.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1258091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
14-mavzu

Masalan, maktabga tayyorlov guruhi bolalariga o'z guruh xonalarini tasvirlash uchun taxminan quyidagi rejani taklif etish mumkin:

  • 1. Xonani kim toza saqlaydi?
  • 2. Sen xonani yigMshtirishda (tozalashda) qanday yordam berasan?
  • 2 yoshli bolalar guruhi bilan dastlabki mashg'ulotlarda, agar bola rejadan chetlashsa, uning nutqini bo'lmasdan, oxirigacha tinglab turish lozim. Ammo asta-sekin hikoyaning to'liq yoki izchil emasligini aytib, boshqa bolalarni javobni to'ldirishga jalb qilishi kerak.
  • 3 yoshli bolalarning hikoyasiga dastur talablarini (ularning maqsadga qaratilganligi va izchilligiga) qo'yadi. Shuning uchun bolalarni hikoya rejasiga amal qilishga o'rgatish kerak. Ayniqsa, bu rasm asosida hikoya qilish va o'z tajribalaridan hikoya tuzishga taalluqlidir.

Bolalarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan usullar

  • Rejani jamoa bo'lib muhokama qilish usuli.
  • Reja asosida hikoya tuzish va uning mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo'lib muhokama qilish tavsiya etiladi. Bu usuldan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida reja asosida hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bolalarga shunday yo'llanma beradi: ,.Biz qanday qilib jo'ja boqqanimizni gapirib bering. Jo'jalar qayerdan paydo bo'ladi? Ularni qanday parvarish qildingiz? Jo'jalar katta bo‘lganda, ular qanday bo'lishdi?"

Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli.

  • Bu usul o'ziga xos bo’lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida tarbiyachi va bolalar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, tarbiyachi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.

Ayrim mashg'ulotlarda hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg'ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo'lib, hikoyalar to'liq va chuqur mazmunga ega bo'ladi, ko'p bolalardan so'rash imko- niyati vujudga keladi.
Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo'yicha tasvirlash mumkin. Masalan, bolalar ushbu rasmlarni qism bo'yicha tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk bolalari bilan", „Echki bolalari bilan", „Sigir buzog'i bilan", „Qishki o'yinlar" va hokazolar.
Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling